Талабаларнинг ижара харажатларининг қанча қисми давлат томонидан қоплаб берилиши маълум бўлди

Президент фармонига кўра, 2021 йил 1 майдан бошлаб:

✅ ётоқхона билан қамраб олинмаган ва ўзига, шу жумладан ота-онаси (қонуний вакиллари)га тегишли бўлмаган уйда ижара ҳуқуқи асосида яшайдиган давлат олий таълим муассасалари талабаларининг 60 фоизига улар томонидан тўланадиган ойлик ижара тўловининг 50 фоизи Давлат бюджети ҳисобидан қоплаб берилади.

✅ Бунда ижара тўловининг қоплаб бериладиган қисми:

➖ Тошкент шаҳрида – базавий ҳисоблаш миқдорининг 1 бараваридан (245 минг сўм);

➖ қолган ҳудудларда – базавий ҳисоблаш миқдорининг 0,5 бараваридан (122 минг 500 сўм) ошмаслиги керак.

✅ Ижара тўловининг қоплаб бериладиган қисми биринчи навбатда эҳтиёжманд оила фарзандлари, ўрнак кўрсатган ва фаол талабалар учун қўлланилади.


👉 @xushnudbek 👈

417 comments

Show 100 more comments
Bu pullar menimcha talabalarga yetib kelmaydi,tepada yoʻq boʻlib ketadi axr bizda xaqiqat shunaqaku
Online davridayam beriladimi bu pul
Shohro'z Muhiddinov | ¹⁹¹³
Maydan deyaptiku
Документни Майдан тайёрласез пулли июнга тулаберишадми😡
Nega bu qonun ertaroq chiqmadi o'qish tugashiga 2-3 oy qolganda nima foydasi bor buni?
Ehtiyojmant talabalarga yotoqxona berilganku navbatsiz ular kvartirada turmaydiku
Xushnud aka profesional o'rta talimga yo'qmi yordam ular ham kontrak to'lab o'qishayapdiku
Nargiza Sadatova
Uy egasiga shartnoma desaiz bor deydi boshqa kvartira top deydi shu bn puli kerakmas deb voz kechasiz u kimnidur choʻntagiga borib tushadi yana kimdur foydalanadi egasiga qiynalganga yetib kemaydi
Make a Wish
Assalomu alaykum barchaga.
Iltimos Xushnudbek akani telegram kontaktini bilsalariz tashlab yuborizlar iltimos.Juda zarur edi.
Ijara shartnoma tuzish osonmasku uyni egasi konmedi kondirish uchun osha 245 mini ushanga berish kere nima ozgaradi
JAVOXIR G'ANIYEV
✪♚ℱᎯᎽℤЅℋᎯᏦℋ ᏉℰℒℐᏦℐᎽ‿✶
Ока узиз кганмисиз шартнома
Endi qilaman lekin qiyin ish emasku kvartirachi nalòk tòlashni xoxlamaydi deyabti hamma (arzimagan pul qo'shib bersa hamma ko'nadi) bu ijara shartnoma òzi zòr narsa qonuniy bo'ladi sizni chiqarvorishka yoki kvartira narxini ko'tarvolishiga kvartira egasini haqqi bo'maydi
Sanjar Xurramov
Shapkasi bor deng😁
Тугрисида ётоххонага документ килганман барибир зодогон ва таниши борлар туради
SUMMANI SAL KO"PAYTIRISH KK EDI
JAVOXIR G'ANIYEV
Shukur qililar XURMATLI TALABALAAAR 😏 raxmat denglar bu ijara shartnoma degan narsa notariusga borib 1 soatta xal qiladgan narsa qiyiiiin narsamas
Assalomu alaykum. Ma‘lumot bering shu haqida. 1 ta odamga soliq nechi pul bo‘ladi uy egasiga. Talabadan va uy egasidan nima ta‘lab qilinadi?
Yana bitta korrupsiya richagining paydo bo'lishiga olib keladi, faol talabalarni aniqlash sistemalari qanday ishlashligini yaxshi bilamiz )) Shundoq ham oliy talimni top 3 korrupsiya o'choqlariga kirgizishdi. Shu pullarni yangi yotoqxonalar qurishga sarflashsa yaxshiroq bo'lardi menimcha... Yana kim bilsin.
Balkim kelajak saylovlar oldidan "ochko" ishlash uchun ekanmi ?))) Yana kim bilsin )))
Bu narsalarni turgan bitgani koorupsiyku Universitetdagilarga mazza ekanda.Oddiy bir misol prizidentimiz yangi qaror chiqardi 30 yoshgachaga sertifikat olib kredet puli berishlarini ammo sertifikatni shundoq bermayapti pora so'rayapti nomiga bu narsalarni hammasi qog'ozda bor amalda yoq
Talabalarni asosiysi online oqiyaptiyu
Yanna usha tanish bilish boshlanarkanda
eh qachon haqiqat bularkana
hoʻkiz tugʻganda shekili😂😂😂😂
Undan kora hammani stipendiyasiya quwb berw keredi
Ijarga turganlarni hammasiga berishi kerak ehtiyojman oilalarni talabalar yotoqxonasiga joylangan
Show next 100 comments