Талабаларнинг ижара харажатларининг қанча қисми давлат томонидан қоплаб берилиши маълум бўлди

Президент фармонига кўра, 2021 йил 1 майдан бошлаб:

✅ ётоқхона билан қамраб олинмаган ва ўзига, шу жумладан ота-онаси (қонуний вакиллари)га тегишли бўлмаган уйда ижара ҳуқуқи асосида яшайдиган давлат олий таълим муассасалари талабаларининг 60 фоизига улар томонидан тўланадиган ойлик ижара тўловининг 50 фоизи Давлат бюджети ҳисобидан қоплаб берилади.

✅ Бунда ижара тўловининг қоплаб бериладиган қисми:

➖ Тошкент шаҳрида – базавий ҳисоблаш миқдорининг 1 бараваридан (245 минг сўм);

➖ қолган ҳудудларда – базавий ҳисоблаш миқдорининг 0,5 бараваридан (122 минг 500 сўм) ошмаслиги керак.

✅ Ижара тўловининг қоплаб бериладиган қисми биринчи навбатда эҳтиёжманд оила фарзандлари, ўрнак кўрсатган ва фаол талабалар учун қўлланилади.


👉 @xushnudbek 👈

417 comments

Show 100 more comments
Make a Wish
Jahongir
Карор чикараман деб когоз билан печатни сиёхини исроф килишибди.
Nimaga unaqa deysiz hamma rejadagi ishlar asta-sekinlik bilan bo'lsa ham bo'layapdi-yu.
www Telegram
Мухлиса Омонова
Boshqalarni bilmadim yaqinda dekanatga yordamga chiqandim bizni universitetda chin yetim boquvchisini (bitasini bolsa ham) yo'qotganlarni bazasi shakllantirilayotgan ekan shu bo'yicha
Make a Wish
Barbir talabasizku
OTM talabasi bilan Texnikum talabasini farqi bormi?
Assalomu alaykum! Xushnudbek aka! Bu berilayotgan yordam hammaga emasmi bu qarordan keyin. Ya'ni, demoqchi bo'lganim, ehtiyojmand oila farzandiga, namuna ko'rsatgan deyilgan, oddiy universitet talabasi ololmaydimi endi bu yordamni, tashkilotchi yo ehtiyojmand bo'lmasak?
J.T.M.
Endi talabalar koʻchada qolishi koʻproq boʻladi chunki ijara shartnomaga koʻpchilik odam kiritilsa soliq boshqa kommunal toʻlovlar koʻpayadi va ijara berishi qiyinlashadi
Make a Wish
Elbek
OTM talabasi bilan Texnikum talabasini farqi bormi?
Faqat oliy ta'limga ekan bu 🤦‍♂️🤦‍♂️
www Telegram
Мухлиса Омонова
Boshqalarni bilmadim yaqinda dekanatga yordamga chiqandim bizni universitetda chin yetim boquvchisini (bitasini bolsa ham) yo'qotganlarni bazasi shakllantirilayotgan ekan shu bo'yicha
Кўпни кўнглини олиб бўлмайди деб бекорга айтилмаган шундай бўлса хам райхбарят эътибор қилгани яхши 👍
💮💮💮💮
Shartnoma asosida turadi gan studentlar ga deyilgan, buni qanday tushunish kk, meni farzandim ham 500 mingdan turadi, lekin kvartira egasi bn shartnoma tuzilmsgan
Qachongacha to'lab berilarkan aka
Jahongir
Make a Wish
Nimaga unaqa deysiz hamma rejadagi ishlar asta-sekinlik bilan bo'lsa ham bo'layapdi-yu.
Ака мен иш юрмаяпти деган манода ёзмадим!Шунчаки кулгили бу сумма
Ozlaricha Amerika yaratmoqchi lekin hech oxshamayapti !
Stipendiyani kamaytirish haqida qaror chiqayotganda ham shunga o'xshash gap bo'lgan edi

alohida qobiliyat va iqtidor egasi bo‘lgan, jamoat ishlarida faol, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga Jamg‘arma hisobiga qo‘shimcha ravishda 50 foizgacha miqdorda rag‘batlantirish. Deyilgan edi qani osha jamg'arma ???
Meni qiziqtirayotgani hujjat rasmiylashtirishda shartnoma so'ralsa agar, bilamizku, Toshkentda deyarli hech qaysi talaba shartnoma bilan yashamasligini. Uy egalari ham shartnoma qilib berishmaydi. Shartnoma qilib bergan taqdirdayam ular qo'ygan narxni bitta talabaning cho'ntagi ko'tarmaydiku. Bir nechta talabaga shartnoma qilib berishmaydiku axir
Show next 100 comments