Талабаларнинг ижара харажатларининг қанча қисми давлат томонидан қоплаб берилиши маълум бўлди

Президент фармонига кўра, 2021 йил 1 майдан бошлаб:

✅ ётоқхона билан қамраб олинмаган ва ўзига, шу жумладан ота-онаси (қонуний вакиллари)га тегишли бўлмаган уйда ижара ҳуқуқи асосида яшайдиган давлат олий таълим муассасалари талабаларининг 60 фоизига улар томонидан тўланадиган ойлик ижара тўловининг 50 фоизи Давлат бюджети ҳисобидан қоплаб берилади.

✅ Бунда ижара тўловининг қоплаб бериладиган қисми:

➖ Тошкент шаҳрида – базавий ҳисоблаш миқдорининг 1 бараваридан (245 минг сўм);

➖ қолган ҳудудларда – базавий ҳисоблаш миқдорининг 0,5 бараваридан (122 минг 500 сўм) ошмаслиги керак.

✅ Ижара тўловининг қоплаб бериладиган қисми биринчи навбатда эҳтиёжманд оила фарзандлари, ўрнак кўрсатган ва фаол талабалар учун қўлланилади.


👉 @xushnudbek 👈

417 comments

Show 100 more comments
Zulxumor Salimovna
Qaror ijrosiga aytilgan kun kelmadi hali,kimdir yotgan joyidan turib harakat qilib ko'rdimi o'zi? Harakat qilmay Kim nimaga erishgan ekan shu paytgacha. Uyizga kelib xech narsa qilmasiz ham shunga pul kerak dib cho'ntagizga solib ketishmaydiku. Pul kimga kerakmas,pul hidiga turomaydigan odam ham olgisi keladi xech nima qilmasdan bunaqa pullarni, sizlar aytotgan o'sha ehtiyojmand bo'lmasa ham oladiganlar harakat qiladi,uyoq buyoqqa yuguradi shuni olish uchun,yotvolib nohaqlikdan nolimasdan faqat.
Sumayya Baxtiyorova
Assalomu aleykum oilali talabalar ham nazarda tutilganmi
Zulxumor Salimovna
Manam 4 yil o'qidim ijarada yashab,sizdan pul oladigan o'sha odamlayam solig'ini to'lasin daromad ko'ryabdiku axir. Har tomoni hisobga olingan,soliq to'lashga qurbi yetmagan odam poytaxtdan uy olomaydi.
Ma'rufbek
Yana mantiqsizlik u korsatilgan shartlardagi talabalar o'zi yotoqxonalardan joy olishsa birinchilardan bolib yana bu nimasi bowqacha shartlar bn berish kk edi
Abbosbek
Bu yerda ham qog'ozbozlik ekanda undan kura tulamaymiz tanish bilish qisak buldi deb quyaversa ham bulardi. Qaysi kivartira quyadigan odam biz bilan shartnoma qiladi hech biri boy odam kivartira quymaumydi soliqni eshitsa umuman ham quymaydi. Kiyin hamma joyda faollarga debdi bizda hamma imtiyozlar faqat harbiyga birganar uchun bor 35 foizlik ham boshqasi ham umed qilgandik bu ham bulmagan narsa bulib chiqdi. Ha maylida bilagimizdagi kuchimizga va bilimimizga tayanamiz boshqadan yordam kutmang.
MUROD
Assalomu alaykum! Xushnudbek aka siz bilan bog'lanishni iloji bormi?
Iloji yoq menimcha. Bratanni vaqti yoq. Men ham yozgandim. Atvet yoq
Assalomu aleykum bu qonun O'zbekistonni emas,Chet davlatdegi OTM larning O'zbekistondagi filiallariga xam tegishlimi?Misol uchun YOEJU, Inha va boshqa shunga o'xshash Yotoqxonasi yo'q OTM larni nazarda tutayabman
Buyam tanish bilishchilik qilib talabalarga berilmasada qòshib yozish orqali lahanglar tomonidan òzlashtiriladi.
1-2oycha oldin bir oilada 2 va undan ortiq kontraktda òqiydigan talabalarni ròyxat qilib ketishdi lekin hechqanday ish bajarilgani yòq
99% talaba shartnomasiz kvartirada turadi bularnikini kim tòlab beradi
Zulxumor Salimovna
Daromad ko'rayotgan har bir narsa uchun soliq to'lanishi shart.
Bobur Hayitov
Hayolni bo‘lmay o‘qishni davom ettiraylik xurmatli talabalar, etibor bermaylik...Oz qoldi ta'tilgach😉
Zulxumor Salimovna
Daromad ko'rayotgan har bir narsa uchun soliq to'lanishi shart.
Davlat soliqlarida haqiqat bulishi kerak lekin budjetdan xalqga beriladigan pulda hecham haqiqat yuq bunga hech km qaramediyu
Bobur Hayitov
Kvartira egasi bn shartnoma qilgunimizcha ta'til ham keladi...Qo‘yinglar yana kv narxlari oshib ketmasin...
Poytaxtdan 490 ming sõmga ijaraga uy olib bõlarkanmi? Uylarning narhi shunchalik arzon bõlganida talabalar buni muammo darajasiga olib chiqmagan bõlardi.
122 ming bòldi bu yòlda kelguncha yòqolib ketti oxirida yana nima deb qòyibdi ehtiyojmandlarga birinchi tòlab beriladi, hozir kimda ehtiyoj yòq deysiz, 1000 ta hujjat, kvartira shartnomasi, 10 hujjat kopiyasi, mahalladan spravka, òqiydi degan spravka, xullas dadamni pullari kòpaysin
Show next 91 comments