Талабаларнинг ижара харажатларининг қанча қисми давлат томонидан қоплаб берилиши маълум бўлди

Президент фармонига кўра, 2021 йил 1 майдан бошлаб:

✅ ётоқхона билан қамраб олинмаган ва ўзига, шу жумладан ота-онаси (қонуний вакиллари)га тегишли бўлмаган уйда ижара ҳуқуқи асосида яшайдиган давлат олий таълим муассасалари талабаларининг 60 фоизига улар томонидан тўланадиган ойлик ижара тўловининг 50 фоизи Давлат бюджети ҳисобидан қоплаб берилади.

✅ Бунда ижара тўловининг қоплаб бериладиган қисми:

➖ Тошкент шаҳрида – базавий ҳисоблаш миқдорининг 1 бараваридан (245 минг сўм);

➖ қолган ҳудудларда – базавий ҳисоблаш миқдорининг 0,5 бараваридан (122 минг 500 сўм) ошмаслиги керак.

✅ Ижара тўловининг қоплаб бериладиган қисми биринчи навбатда эҳтиёжманд оила фарзандлари, ўрнак кўрсатган ва фаол талабалар учун қўлланилади.


👉 @xushnudbek 👈

417 comments

Show 100 more comments
Men ham qòshilaman... Korrupsiya avjiga chiqishi aniq.
Малика Гиёсовна
Яхши.
Buni olish uchun ijara shartnoma qilinadi 245 ming beradigan puli chiqib boladi
Яна хар доимгидак пули бор,машинаси бор==>кам таминланганларга тўлаб берилади 😁😁😁😁
Talaba, talaba hammayoq dabdala,cho'ntakda tanga,qolmadi fanga,245 ming uchun hammayoq tanish bilish,kimdir soxta kasal,kimdir soxta ijarada, men esa hayron, yeganim makaron
Хумоюн
Buni olish uchun ijara shartnoma qilinadi 245 ming beradigan puli chiqib boladi
Ijara wartnomaga unaqa kotta pul ketmaydi biz wundoq ham qilib yawaganmiz uzogi 40ming ketadi davlat xizmaltlarida qilingan keyin soliqda qogoz qiberadi oyiga 25ming sum ijaraga quygan odam davlatga soliq tulaydi unaqa kotta summaga bormaydi faqat buni qilgan bn extiyojmand oila farzandlari un deyapti bu yogi chatoq
Bu ishni endi amalda qoʻllash kerak oğizda emas, lekin bu juda yaxshi yangilik biz talabalar uchun, talabalar uchun yotoqxonalarni kópaytirish kerak shunda talabalar uchun osonroq boʻladi
olish tartibi haqida ham malumot berib uting
Bektemirova 44-18
Oilali turmush o‘rt‘og‘i ham talaba yosh oilalarga ham to‘lab beriladimi?
Bektemirova 44-18
Iltimos kimdir bilsa javob beriylar!!
Bergandan kiyin oʻshani 200 mingdan qilsa ham hammaga birdek berishi kerak. Agar yana oʻsha korrupsiya shunga aqli yetmayaptimikan tepadagilarni. Hammaga birdek beriladigan boʻlsa oʻshanda kuyin pulni yeyolmaydi ular boʻlmasa eee
Namozova Ra'noxon
Toshkentliklarni shoxi bormi Samarqandni ijara narxi Toshkentdan 2 baravar qimmat nimaga shu taraflari xisobga olinmaydi
Шахзод Атауллаев
O'lma eshagim arpa yeysan
🖤꧁☆Jᥲvᥣonbᥱk☆꧂🖤
Nega aynan 60 % talabaga 40 % talabaga nmaga tolab berilmiydi
Yana konstutsiyada hamma teng xuquqli deb yozib qoyilgan bu yana qanaqa qaror
Men hukumatga ishonmayman hammasi safsata qogozbozlikdan boshqa narsa emas biz oilada 4 ta kantraktmiz tasavur qililar 4 ta lekin davlatdan 1 som olishga urinmaymiz chunki berishmaydi ishonch yoqolgan davlat amaldorlariga saylov yaqin gazini qoshing janobi oliylari
Show next 59 comments