Ҳозиргина Кун.уз сайтида ёзувчи ва шоирларнинг Муҳаммад Юсуф ҳақидаги хотираларини ўқиб, мана бу шеър ҳам ёдимга тушиб кетди.

Дўппи киймай қўйди одамлар,

Бир шоир, бир носирдан бошқа.
Сочлар силлиқ,
Силлиқ қадамлар,
У оғирлик қиляпти бошга…
Рост дўппилар,
Ёлғон дўппилар,
Киноларда қолғон дўппилар.
Чуст дўппилар,
Анжон дўппилар,
Мунчоқдек Марғилон дўппилар…

Дўппи киймай қўйди одамлар,
Бир шоир, бир носирдан ўзга,
Мен ҳам сизга бердим саволлар,
Шляпамни бостириб кўзга.

Дўппи киймай қўйди одамлар,
Кўнгил эса кўрмоқ тусайди.
Маданият гуллаган дамлар,
Каллага эътибор сусайди.

Дўппи киймай қўйди одамлар,
На уйда ва на кўчада.
Миртемирлар, Ғафур Ғуломлар
Ечган дўппи қолди токчада…

Бу қандайин кўргулик савдо,
Дўппи киймай қўйди халойиқ.
Бошга лойиқ дўппи йўқдир ё —
Бош қолмади дўппига лойиқ.

Муҳаммад Юсуф


👉 @xushnudbek 👈

47 comments

Show 21 more comments
Shahnoza
Xushnudbekka qanday yozsa bo'ladi lichkalariga
Dilfuza Rahimova
Muhamnmad Yusuf she'rlari kirib birmagan xonadon bólmasa kerak deb óylayman. Uning har satridan olov chaqnab turadi. Uning ijodi bizning haqiqiy MA'NAVIYATIMIZ hisobladi
Muhammad Yusufni she'rlari juda ajoyib. Xalqni ichidagi gaplarni olib chiqadi
Sherni oxirgi misralari Zur yozilganda☺️☺️
Иномжон Халилов
Энг кучли шоир эдилар
Шоиримизнинг охиратлари обод бўлсин
Samarqandga borsam men agar
Uluģbekni kòrib qaytaman
U qon yiģlab turar xar safar
Men dardimni kimga aytaman
Bòģzimda bòy yetgan bòz bolam
Mergan bolam lochinkòz bolam
Bòģzimga tiģ urgan òz bolam
Men dardimni kimga aytaman
Sezmay qoldim òshanda choģim
Yulduzlarda ekan nigohim
Bilmadim ne edi gunohim
Men dardimni kimga aytaman
Tanam muzlab goh tosh qotaman
Men shoh emas axir otaman
G'òrimda xam òylab yotaman
Men dardimni kimga aytaman
Samarqandga borsam men agar
Uluģbekni kòrmay qaytmayman...(oxirgi ikki jumla yodimdan kòtarilibdi,sizlarga xam ilindim)
Salimov Sayyodjon .....
Assalomu aleykum Xushnudbek aka. Uzr mavzudan tashqari fanlar majmuasi bo‘yicha savol bor edi l.n sizga qanday yetkazishni bilmay yurgandim. Davlat qabul komissiyasi bergan ma‘lumotga ko‘ra O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishiga fanlar ketma ketligi Ona tili va adabiyoti va chet tili etib belgilanibdi. Xuddi shu tartib O‘zbek filologiyasiga ham taalluqli
L n bizga ma‘lumki undan oldingi yillar O‘zbek tili yo‘nalishiga (ya‘ni pedagogika institutlarining O‘zbek tili yo‘nalishiga) Ona tili va adabiyoti va Tarix bloklari bor edi. Nima uchun test bo‘lishiga ozgina qolganda Tarix chet tiliga o‘zgarib keskin burilish bo‘ldi. Shu bloklar bo‘yicha tayyorlanib yurgan abiturientlar ahvoli nima kechadi endi shu yo‘nalishga topshira olmaydimi. Iltimos shu masalaga oydinlik kiritib bering.
@QAHHAROVA @JAMILA @
Мухаммад Юсуф Кам яшаганлар, аммо колдирган сатрлари бутун асрларни ларзага солажак
Muhammad Yusuf !
Bu shoirni tanimagan o'zbek,
ijodini suymagan kitobxon bo'lmasa kerak.
Ushbu kichik ijodimni
O'zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf ning 68 yilligiga bag'ishladim.

Adabiyot nima,
She'riyat nima,
Shoir kim?...
Men bularni bilmay turib o'qiganim,
tanimay turib topganim,
she'riyati ruhiyatimga singanim,
she'r borasida gap ketganda birinchi yodimga tushadiganim,
xalq dardini ijodida ko'rgan xalqchilim,
jayronlarga kuyganim,
kapalakni suyganim,
insoniylik tuyganim,
Shoirim–Muhammad Yusuf !

O'z dardiga o'ralgan dunyodan dardi bilan g'olib bo'lganim,
Asl shoir o'lmasligini isbot qilganim,
Ulardek shoir bor-ki,
shoir nomimdan faxr tuyganim,
Shoirim–Muhammad Yusuf !

Siymoyingizga termulib turib har safar yashashingiz kerak edi deyman,
Mitti ijodimga sizdan bitta so'z bo'lsada fikr eshitganimda edi deyman (dashnom bo'lsa ham)..!

Muhammad Yusuf siymosiga qarab

Birdan sizni yodimga oldim
Gap ketganda she'r borasida.
Ulug' shoir Muhammad Yusuf
Ko'rdim sizni xalq orasida...

Boqiy yashash yo'li bor ekan,–
"Asl shoir aslo o'lmaydi".
Ular faqat qalbga ko'milar,–
Yaxshilarning qabri bo'lmaydi.

Toshkent arxitektura-qurilish instituti Qurilishni boshqarish fakulteti 3-bosqich 36-19 guruh talabasi O'g'abek Sharipov.

@taqi_uz
👍👍
Muhhamad Yusuf yodlanmaganiga hafa bòlgan edim,hayriyatki nazaringizdan chetda qoldirmabsiz!!!
Qodiriyni sotib shoir bo‘lganlar...
Qodiriyni kim sotganini blaslarku, to‘g‘rimi?
Bosh qolmadi doʻppiga loyiq.......
Eng ta'sirli joyi
Jumayeva
Qulog'ingga bir gap aytaymi,Kechagi yoshligim ertakmi endi.... Bu satrlar Yangi yil she'ridan.Shu va boshqa ijodlari biz uchun qadrli.
Meroslarini o'rganaylik YOSHLAR !
Хушнудбек каналида ҳам реклама кўпайиб кетди
Show next 5 comments