This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Viloyat hokimi olimpiadasi"ning 2-turi Urganch tumanida oʻtkazildi!

Ikkinchi mavsum o‘tkazilayotgan
olimpiadaning ikkinchi turi 3-may kuni Urganch tumanida matematika (5-6 sinf va 7-8 sinf) va kimyo (7-8 sinf) fanlaridan o‘tkazildi. Viloyatimizning 305 nafar iqtidorli oʻquvchilari g‘oliblik uchun murosasiz kurash olib borishdi.

💰G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.

Umumiy natijalar bilan ➡️ ushbu ⬅️ havola orqali tanishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, ushbu olimpiada Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov qo‘llovi bilan tashkil etilgan bo‘lib, birinchi mavsum g‘oliblari shaxsan viloyat hokimi tomonidan qimmatbaho sovg‘a - noutbuklar bilan taqdirlandi.

Keyingi tur 17-may kuni Yangibozor tumanida matematika va biologiya fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

8 comments

Allahım, her hayırlı işte bana yardım et 🤲
Assalomu alaykum Yangibozor tumani qaysi maktabda bo'ladi
Fizikadan qachon bolishini aytolmaysizmi
Виолоятда катнашиш учун тумандан утиши керакми биз чекка кишлокданмиз мактабдан сурасам бизни хабаримиз йук дейди илтимос тушинтирибарингла
RA'NO
Assalom aleykum 9-sinflar nega yoq?
XURSHIDA Jumaniyozova
++
Qashqadaryoda ham o'tkaziyla
Aziza Matyakubova
Urganch shaharda o'tkazsa bo'lmaydimi