Imtihonlarimiz Ijodiy bo‘lganligi yaxshi bo‘ldi. Ammo lekin biroq har yaxshini bir yomoni bor deganlariday mandatjon judayam kechikadigan bo‘b qoldi. Sabab ham topib bera olishmasa kerak. 5 ta OTM bo‘lmasa. Natijalarni tekshirishmasa. Bilmadim nimani buncha hisoblashar ekan. O‘tgan yili buyruq kemagan holatda noyabrgacha o‘qidik. Judayam achinarli holat. Buyruq kelavermagach institut o‘zi chiqarib qo‘yishdi mandatjonni. Ehhhh shunaqa gaplar. Ijodiy imtihon natijalari siri qachon fosh bo‘larkin-a. Biznikilarni qo‘chqorlari rosa semirib ketdi. Mandat chiqishi bilan tanishuv darslariga ulanib ketilsa qo‘chqor ham yonlariga qoladi shekilli 😂. OTM ga aytsak DTM ga yubordik deydi. "Dardingni kimga ochib sochishingni bilmaysan-a, aqalli birontang qiz bola bo‘maysanlarmiy-a 😂". Haaaa mayli talaba bo‘lganlarni tabriklayman. Kelgusidagi barcha ishlaringga omad va zafarlar tilab qolaman Qashqadaryodan Fazliddin
Kegin Toshkent davlat agrar universtetini Samarqandda filiali ochilayotganini etgandiz kanalizda qabul qachon boshlanadi shu haqida malumot etvorasizmi
👨🎓Zafar_001👨⚖
Salom xushnutbek aka men TDSHUga superkontraktga ariza yozdim bugun manga ozlari telefon qilishadimi mani toplagan balim 75.1 nechi barobar toliman 10 barobarmi nechi million boladi stipendiyasiz hisoblasa
161 bal bn. Yiqildim foydasi bumadi suruliw yu kurib ciqdim
🇺🇿🇺🇿
ASSALOMU ALAYKUM . XUSHNUD AKA G'OYIBONA USTOZIM DESAM HAM BO'LADI.Nasib etsa men ham sizdek bo'lmoqchiman. Bu yilgi test sinovlarining o"tkazilishida xato ko'p bo'ldi aslida. Meni o'ylantirgani bloklarga berilgan ballar. Nega 3.1.2.1 emas. Uchinchi blok yo'q to'g'ri . Lekin buning uchun har ikkala blokka ham 3 baldan berilishi nimaga kerak edi. Ballarni ko'tarish uchunmi. Bu yil Abituriyentlar soni juda ko'p bo'ldi lekin ozchiligi talaba bo'la oldi.Men ham shular qatorida. Bugungi "Buyuk surilish"haqida menga foydasi bo'lmadi. Lekin qiziq Grant oshini qilib berib bo'ganlar qanday ahvolga tusharkan bu dahshatku. Hammaga men Grantman deb maqtanib oshlar qilib bersang-u,kontrakt bo'lib qolsang g"irt yolg'onchi bo'lib qolasanku.Ruhiy tomondan ham yaxshigina zarba bo'ladi bu. Shunda bir savol tug'iladi nega shu imtiyozlilar uchun alohida o'rin ajratilmaydi
Assalomu aleykum! Men bu yil Sirdaryo davlat universitetini Filologiya va tillarni o'qitish: O'zbek tili (sirtqi) yo'nalishini 1 kursini tamomladim. Namangan viloyatidan bo'lganligim sababli Namangan davlat universitetining Boshlang'ich ta'lim sport tarbiyaviy ish (sirtqi) yo'nalishiga o'qishni ko'chirish uchun transfer.edu.uz sayti orqali ariza berganman. Arizam qabul qilindi, ammo haligacha natijasini bilolmayapman. Rad javobi berilishi ham mumkinmi, iltimos shunga aniqlik kiritishda yordam bersangiz, yoki fikr bildirsangiz. Rahmat!