21-yanvar kuni oʻtkazilgan olimpiada gʻoliblarini taqdirlash uchun barcha narsa tayyor.
Reja boʻyicha shu hafta yuqori sinf oʻquvchilari uchun “HOKIM KUBOGI” oʻtkazilishi kerak edi. Shu musobaqa doirasida taqdirlashni reja qilgan edik. Sababi hozirgi boshlangʻich sinf oʻquvchilarimiz kelasi yillarda “Hokim olimpiadasi”da qatnashishni boshlaydi.
Shuning uchun ozgina sabr qiling, nasib qilsa “Hokim kubogi” doirasida (viloyat rahbarlari ishtirokida) taqdirlash marosimida qatnashasiz. Bu haqida albatta kamida 2 kun oldin kanalimizda va sms xabarnoma orqali ma’lumot beramiz.
Katta ehtimol bilan 4-fevral kungi olimpiada gʻoliblarini ham qoʻshib, birgalikda taqdirlaymiz. Havotir olishga sabab yoʻq. Shunday ekan, oldimizdagi olimpiadada gʻolib boʻlishga harakat qiling😉
Izoh: “Hokim kubogi” sanasi ham tez orada e’lon qilinadi.
1 comment
FERUZA MAXSUDOVNA
Bu safar 4 -sinflar ham hokim kubogiga boradima iltimos 4 largadam etinglar