Талабалик даврининг қадрига етиш ҳақида

Бугун “Humo Arena” мажмуасида бўлиб ўтган Наврўз шодиёналарида қатнашдим. Тадбирнинг ўзи ҳақида гапириб ўтирмайман, ТВда кўрган бўлсангиз керак. Ҳозир бошқа нарса айтмоқчиман.

Байрам концерт дастури вақтида кўпчилик рақсга ҳам тушди, ўйнаганларнинг аксарияти – деярли барчаси талаба-ёшлар эди.

Масалан, бизнинг секторимизда Ўзбекистон давлат санъат ва маданият институти талабалари ўтирган экан (балки бошқа секторларда ҳам шу ОТМ талабалари бўлишгандир, аниқ билмадим) – роса маза қилиб рақс тушишди. Уларнинг соҳаси шу, ашула ва рақс ўша талабаларнинг ҳаётига ҳам айланади келгусида, дерсиз. Лекин бизни пайтимизда Юридик институтдан борган талабалар ҳам роса чангини чиқариб ўйнардик. Айтмоқчиманки, байрам тадбирларида рақс тушиш қайси ОТМда ўқиётгани ёки соҳасига кўп ҳам боғлиқмас, талаба халқи борки, қони қайноқ, шўх-шодон ва ўйинқароқ бўлади.

Бу бир ҳисобдан тўғри ҳам. Фақат ўқиш, ўқиш, ўқиш демасдан (ўзи, ўқияптими ҳозирги талабалар?!), маданий ҳордиқ чиқаришни ҳам билиш керак. Айниқса шунақа тадбирларда турли комплекслардан қутилиб, “одамлар нима дейди, танишларим ТВда кўриб қолишса, кулади-ку” демасдан, газига босиш керак. Талабалик пайти бўлмаса, яна қачон ўйнайсиз? Ҳозир ўзингизни эркин қўймасангиз, орадан 5-10 йиллар ўтгач, худди мен кабиларга ўхшаб, ўзингиздан жиддий қиёфа ясаволиб, номига қарсак чалишдан уёғига ўтолмай қоласиз.

Асли тагини суриштирсангиз, ҳамма Наврўз ва Мустақиллик байрамларида, ёшлар иштирокидаги тадбирларда, ёзги оромгоҳларда ўртани бермай тушган рақсларимизнинг видеоси чиқиб кетса, ҳозирги ТикТокчилар уни олдида ҳолва бўлиб қолади 🤦‍♂️ Шунчаки биз талабалик давримизни, ўйинқароқ ёшлигимизни унутдик холос, ўшанчун кўзимизга бугунги ёш авлод балонинг ўқидай кўринадиган бўлиб қолди.

Ҳурматли талабалар, ёшлар! Шаблонлардан қочинг, комплексларни синдиринг, стереотипларни парчаланг, эркинликка интилинг. Фақат биргина мантиқий одоб-ахлоқ меъёрини унутиб қўймасангиз бўлди, бошқа жиҳатларда ўзингизни сира чекламанг.

Ийманиб яшама, хаёл пинжида... (с)

P.S.: қуйидаги расм бугун ЎзА томонидан эълон қилинган 20 йиллик Наврўз байрамига оид архив суратлардан олинди. 2010 йилдаги ушбу расмнинг асосий планида Юридик институт талабалари – Фотима ва Зуҳра. Биз ўша йили битирувчи курс эдик, тахминан шу атрофда ўтирган бўлишимиз керак. Балки, пастдаги майдонда курсдошларимиз билан рақс тушиб ётгандирмиз ўша пайт, ким билсин 😃

ЎзАдаги бошқа архив фотолар бу ерда: https://uza.uz/uz/collection/1692

Барчага яна бир бор Наврўз муборак бўлсин!


👉 @xushnudbek 👈

305 comments

Show 100 more comments
Барча нарсани уз вактида кадрига етиш керак. Уйнаб кулиб колилар 4 йил утиб кетади бир зумда.
Menga talaba bulib raqsga tushish nasib qilmayaptida hech shu yildan umidim katta lekin agar olloh nasib qilgan bulsa shunaqa raqsga tushardimki Parizodani hijolat qilib tashlardim🤗
Нилуфар Салимова
Boliqulova Nodira
Menga talaba bulib raqsga tushish nasib qilmayaptida hech shu yildan umidim katta lekin agar olloh nasib qilgan bulsa shunaqa raqsga tushardimki Parizodani hijolat qilib tashlardim🤗
Иншоолох бу йил ниятингизга оллохим етказсин. Тепадагиларга фикрим Хушнудбекнинг фикрига кушиламан. Хар кимнинг оллох берган акли бор. Кимдир раксга тушиб кайфиятини кутаради, кимдир жим утириб узига енергия олади. Ликиллаб уйнаш шарт эмас деган каммент эса Ю. Усмонованинг концертидаги "гап" га ухшаб кетибди😀
Гавхар Ту́ракуловна
Фикрингизга қўшиламан биз ҳам талабалик давримизда байрамларда роса ўйнардик .Бу давр қайтарилмас ҳаётингизнинг энг гуллаган даври хисобланади қадрига етиш керак.
Qaerda u gapdada uzi raqsga tushishga yuqman likkillash u yoqda tursin lekin talaba bulsam likkillamay uynayman😍😍😍😍
Umidjon BOYNAZAROV
👌👌👌👌
Shokir Ro‘zmetovich
Orqadagi yigitlar rosa kansert ko‘ribdida
OLTINOY HALIMOVA
Haqiqattan ham talabalik eng eng zur davr 👍👍
Talabalik davri zo'r. Hamma talabalarga alangalik salomlar. UWED STUDENTlariga ham.
Assalom-alekum Xushnudbek aka. Men Farg'ona Davlat Universitetining Chet tillari fakultetida kechki ta'limda o'qiman. Bizning darslarimiz haftasiga 5 kun, ikki para va har bir paraning davomiyligi atigi 60 daqiqa. Men o'tgan yili pandemiya arafasida qo'shni Qirg'izistonning O'sh shahridan o'qishimni shu oliygohga ko'chirgandim. Vatanga qaytganimdan avvaliga hursand bo'ldim. Chunki oilam bag'rida bo'laman va o'z oliygohim yaxshiroq bilim beradi deb o'ylagandim. Ustozlardan hafa emasman. Oliygohdan noroziman. Chunki Navro'z bayrami arafasida 19-mart Juma kuni yurtimizning barcha hududida ish kuni deb aytilgandi. Lekin amaldachi? O'sha kuni Far.D.U. ga bordim va dars bo'lmasligi aytildi. Sababi esa kulguli: "Biz "Kechki"lar uylariga kech qolmasdan borishlari uchun Juma kungi darsni oldik". Jahlim chiqdi. Chunki men kontrakt to'layapman. Eng alam qiladigani Dushanba kungi dars ham yo'q, "Dam olish kuni". Kimni haqqi bor bizni bilim olishdan mahrum qilishga? Prezidentimiz yoshlarga, ta'limga e'tiborni shu zaylda ifoda etyaptimi? Aynan o'sha kunlari menga kerak bo'ladigan maxsus fanlar bor edi. Mana maktablarda o'qitish sifati nega past. Kalendarni bayramga to'ldiramiz, agar bayram kalendar bo'yicha dam olish kunida bo'lsa, ish kuniga ko'chiramiz, maqsad-dam olish.
Kechirasiz, dardimmi darturxon qilib yubordim. Sizdan bir iltimosim bor edi:
Iltimos, Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligidan bir yoki bir nechta vakili bilan suhbatlashib kechki ta'limda o'qiyotgan talabalarga ham e'tibor berishlarini so'rasangiz. Chunki, yaqinda bizning viloyatga Prezidentimiz bahonasida Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim vaziri keldi va Far.D.U. ga bir kirib o'tdi. Biz o'yladik: "Biz qo'shni davlatdan o'qishimizni ko'chirdik. Bizga qandaydir motivatsiya berish uchun oldimizga kirar". Afsuski, bizni oldimizga kirish tugul, bir eslab qo'ymadilar. Hozirgi fikrim shunday: Agar shu ketishda o'qishni tamomlasak, xalqqa foyda keltiradigan, yurt ravnaqiga hissa qo'shadigan kardlar bo'lmaymiz. Shunchaki, qo'lida diplomi bor inson bo'lamiz holos...
Xushnudbek aka, yana bir iltimos, shu mavzuda ham kanalingizda o'z fikrlaringizni joylasangiz.
P.S. Biz qo'shni davlatda bir semstr o'qiganimiz uchun o'z oligohimizda qo'shimcha bir semstr ko'proq o'qir ekanmiz. Shunga ham munosabat bildirsangiz, iltimos...
Katta raxmat, kanalingizni doimiy kuzatuvchilaridanman. Kanal qaysidir ma'noda xalqqa davlat tomonidan chiqarilgan qonunlarni odamiy tilga tarjima qilib bermoqda...
Kanalga omad, hech qachon bunday hayrli ishlardan charchamanglar...
Kirib kelgan yangilanish ramzi hisoblagan "Navro'z" bayrami bilan chin qalbimdan sizni va barcha yurtdoslarimizni tabriklayman!!!
Talabalik davrida o‘ynamsdan qachon o‘ynash kerak. Juda to‘g‘ri gap aytdiz Hushnid aka. Biz o‘ynagan raqslarni Tik tokchilar ko‘rganda deb🤣🤣. Kim qaerda tahsil olgan bilmadimu, lekin paxta davrilarda o‘ynagan raqslarimiz🤣. Yaqinda bitta kanaldan biz o‘qigan oliy o‘quv yurtini talabalarini raqsini gapirib chiqibdi, bu gapirganlar talabalik gashtini surmagan insonlar shekilli. Rossa kuldik kursdoshlar bilan. Biz o‘qigan davrda yaxshiyam telefonlarda kamera bo‘lmagan ekan bo‘lmasam ahvolimiz chatoq bo‘larkan deb🤣🤣🤣
Nigora XS
Ассалому алайкум.Ўқитувчи сифатида айтаманки,байрам арафасида ўқувчиларнинг билим олиш иштиёқи сусайиб,байрам кайфиятида бўлишади.Таътилдан кейин эса илм олишга зулукдек ёпишиб кетишади.Шунининг учун ўз вақтида дам ҳам олиб туриш керак.
OYBEKOVICH
Men buuu fikrizga 100% qarshiman nimaga biladizmi kelajagimiz kimni qulida uylab kuring XUSHNUDBEK aka
Mana buni fikrlash deydi
Albatta fikrizga 100% qoshilaman.
Inson albatta madaniy hordiq olsa yetuklikka intiladi har bir lahzadan har bir nafasdan foydalana bilish kerak 😀😀👍
Boburshox
Assalomu alaykum bu kanalni 2019 yildan beri doimiy kuzatib boraman ,asaosan o'z fikrlaringizni bemalol ochiq oddiy aytishingiz kanalga bo'lgan qiziqishimni oshirgan .Fikrlaringiz men uchun qizziq .Xuddi bugungiday
Sirtqi oʻqiydiganlaga qiyin onlayn oʻqish hammani joniga tegdi oʻzi bir yilda 2marta oʻqiymiz shu ham onlayn Xushnudbek aka sizdan iltimos bizni ananaviy talimga oʻtkazishga harakat qiling biz ham biroz boʻlsada talabalarlikni his qilaylik
Assalomu aleykum Xushnudbek Hudayberdiyev iltimon qanalinginzda kantrak tolagan talabalarga daromad solig'i olinmasligi xaqida malumotlarni bering iloji bolsa
Bizi tushnadiganlar ham bor ekanku😂😂
YOSHLIGIMNI ESLATIB YUBORDI 😂😂😂
Show next 49 comments