❗️Овозли чатимиз бошланди!
Давлат тест маркази директори ўринбосари Сардор Ражабов (
@radjabovs) билан тест жараёнларига бағишланган овозли чатимизни бошладик.
Қуйидаги ҳавола орқали тинглашингиз мумкин:
📲 https://t.me/xushnudbek?voicechat(Телеграм версияси эски бўлса уланмаслиги мумкин, дастурни янгилашингиз сўраймиз)
Do'stim Xasanboyev Shukrullo 2016-yili Akademik litseyni bitirgan edi. Oilasi "Temir daftar"da turadi. DTM testlari haqidagi qaysidir reklamada "Temir daftar"da turuvchilar to'lov qilmaydi deyishgan edi.
Uning qayd varaqasida ham "To'lov qilinmagan" degan joyi ham yo'q edi. Undan tashqari yuklab olinadigan kvitansiya ham yo'q edi.
Yana bir muammo shuki, o'rta-maxsusni bitirgan yili degan joyida u bitirgan 2016-yil emas, balki 2020 hamda 2021gina bor edi. Shuning uchun 2020-yilni belgilagan edi. Baribir ham kvitansiya chiqmagan.
Ana endi hozir to'lov amalga oshirilmagani tufayli abituriyent ruxsatnomasi chiqmayapti. Tizimdagi xatolik qurboni bo'lgan abituriyent kimga va qayerga murojaat qilib, muammosini hal qilsa bo'ladi?
P.s.: Abituriyent maqsadli kvota olgan So'x tumanidan topshirgan.
Reply Edit Delete
Javob uchun oldindan rahmat