❗️ЖШШИР (ПИНФЛ) нима ва уни қандай аниқлаш мумкин?
#abituriyent
20 июндан бошлаб
abitur.dtm.uz сайти орқали ОТМларга онлайн ҳужжат қабул қилишга старт берилади.
Онлайн рўйхатдан ўтишда фотосурат ёки паспорт нусхаси шарт эмас. Шунчаки
ЖШШИР, паспорт серия ва рақами киритилса кифоя.
Паспорт серия ва рақами тушунарли.
Хўш,
ЖШШИР (ПИНФЛ) нима? Ва уни қандай аниқлаш мумкин?
ЖШШИР – жисмоний шахснинг шахсий идентификацион рақами бўлиб, у ҳар бир фуқаронинг паспортида ёзилган бўлади. Паспортни янгисига алмаштирсангиз ҳам, серия ва рақам ўзгариши мумкин, аммо ЖШШИР ўзгармайди
(ўта камдан-кам учрайдиган ҳоллар бундан мустасно).
Уни аниқлаш жуда осон. Қуйида кўрсатилган сурат орқали паспортингиздан
14 та рақамни топинг, ана шу Сизнинг ЖШШИРингиз бўлади.
☝️Шу ўринда, 16 ёшга тўлган, лекин
ҳали паспорт олмаган абитуриентлар тезроқ паспорт олишга ҳаракат қилишлари керак. Чунки паспорт бўлмаса ЖШШИР рақам ҳам бўлмайди, бу дегани абитуриентлар ҳужжат топшира олмай қолишлари мумкин. Паспортини йўқотган/шикастлаган абитуриентлар ҳам паспортини тезроқ янгилаши лозим.
👉 @xushnudbek 👈
Har bir sms ni e'tibor bilan o'qiysiz degan umidda sizga murojaat qilmoqchiman....
Biz 10 yildan buyon o'quv markaz faoliyati bilan shug'ullanib kelamiz. Hozir karantin sabab faoliyat yuritayotgan binomiz 50 foiz arenda to'lashni talab qilib biz bilan shartnoma qilishni yoki binoni bo'shatishni talab qildi va biz shartnoma qilishga majbur bo'ldik.Shartnoma qildik ham....
Lekin Siz va ayrim blogerlar sariq hududlarda ham markazlar faoliyatini boshlash haqida taklif beribsiz bizga bu taklif maqul emas chunki markazlar faoliyatiga ruxsat berilishi bilan arenda miqdorini 100 foiz to'lashimiz shartnomada ko'rsatilgan
Bizni asosiy o'quvchilarimiz viloyatdan kelib tayyorgarlik qilishar edi hozir odamlar orasida kasallik chiqib turganda hech bir ota-ona farzandini markazga yubormaydi...
Agar sariq hududda markazlar faoliyatiga ruxsat beriladigan bo'lsa biz o'quvchisiz 100 foiz arenda to'lashga majburmiz....
Kamiga bir oydan keyin ya'ni avgust oyida umuman markazlar faoliyati o'z-o'zidan to'xtashi aniq....
Nima deb o'ylaysiz hozir sariq hududda markazlar faoliyati yo'lga qo'yilishi to'g'ri bo'ladimi
Endi bu muammoni qanday yechishni bilolmay o'tiribmiz......
Agar sentyabr oyidan sariq hududda markazlar faoliyati yo'lga qo'yilganda ham o'quvchilar kelishiga umid juda-juda kam ......
Javobingiz uchun oldindan raxmat.
Xotin-qizlar uchun beriladigan imtiyoz sertifikatini olish tartibi qanaqa qayerdan olish mumkin Xushnudbek aka iltimos shu haqida post qiling.