БИЛ-МАЙ-МАН

Бугун, 2 сентябрь — 5 августда тестга кирган абитуриентлар 28 кундан буён ўқишга кирган ёки кирмаганини била олмайди.

Ўлимдан хабарим бор, лекин мандат қачон чиқишидан хабарим йўқ.

Кимдан аниқ жавоб олишни ҳам билмайман, чунки кимдан сўрамай, елка қисяпти, “тез орада” дейишмоқда холос. Шу сабабли ҳам айримларга ўхшаб ҳар 3 соатда “Расмий хабар, мандат фалон пайти экан” деб, билмаган нарсамни гапиришни ва сизларни алдашни истамайман.

Сизларга сабр тилайман. Қачон аниқ ва расмий маълумот олсамгина, шунда эълон қилишим мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

2430 comments

Show 100 more comments
M Yuldosheva
1095 dtm ko‘tarmadi😣
АЗИЗ
@onlinetopik creator
Nima ôtgan yil bu hol bólmagan deb óylaysizmi? Foydasizligini hamma yaxwi biladi
Айнан шунинг учунам шу фикрни билдирдим. Бундан икки йил олдин ўғлим топширгандаям худди шундай чўзишган. Бу йил қизим топширган. Ҳалқ расмий равишда шикоят қилмагани учун ҳар йили ҳолат қайтарилмоқда
M Yuldosheva
الحمد لله
1195
Kechirasiz leniya band keyinroq urinib ko‘ring
𝕬𝖟𝖎𝖟𝖆
Maruf
Man tushunmayapman, nega 4 kundan beri hamma gap-so‘z qilib yuribdi? Mandat qachon, mandat qachon... Yana qanday mandat kerak sizlarga? Yig‘gan balingni ertasi kuniyoq bilgan bo‘lsang, kvotadagi o‘rning ham ma‘lum bo‘lsa yana nimani kutyapsan? To‘g‘ri, ba‘zi holatlarda masalan kontraktda turganlar biroz yuqorilab byudjetga o‘tib qolishi, yoki "proxodnoy"dan biroz pasta turganlar ilashib qolishi mumkin mandat e‘lon qilingach, ammo xech kim pastga tushib ketmasligi aniq-ku. Yaxshiyam bizni davrga o‘xshab 20 kun kutmaysizlar. 20 kun kvotadagi o‘rnim tugul hattoki yiqqan balimni ham bilmaganman. Aniqrog‘i xech kim bilmas edi. U vaqtda falon kuni chiqadi degan gap yo‘q edi. Va mandatni aynan OTMga borib ko‘rib kelish shart edi. 15-avgust deganda Toshkentga borib mandat chiqqunicha mehmonxonada yotilardi. OTMga qatnayverib odam ezilib ketardi. Oxiri uzoq kutilgan mandat kelgach boshlanardi yig‘i-sig‘i. U paytda super kontrakt degan narsa yo‘q, millioner bo‘lsang ham kira olmasang tamom, 1 yil yutkazarding. Hozir man umuman tushunmayapman to‘g‘risi. Nimaga vahima qilyapsizlar? Hammasi aniq bo‘lsa, nima keragi bor ortiqcha gapni. Ha kecha bitta ukaxon mandan so‘rayapti: - Aka xabariz yo‘qmi, mandat qachon? Unga ham xuddi shu gapni aytsam, u: - Aka jichcha yetmay turibdi, shu balki ilashib qolarman... - Qaysi yo‘nalish 😒 - Energetika. - Nechchi bal yig‘ibsan? 🤔 - 65 😁 - Ke ukam, san umuman ovora bo‘lib institutni darvozasiga yaqinlashmagin, ketmoningni chopib molingni boqib yuravergin. 🤨 - Iye aka, ha nima biz odam emasmizmi? 😳 - Odam bo‘lsang odamga o‘xshab o‘qiginda. Maksimal balni atiga 34 % ni yig‘ib uyalmasdan mandat kutyabsanmi? Vijdoning bormi? 😤 - Ha aka, kirsak o‘qiymiz. - Baloni o‘qiysanmi, 20 yildan beri o‘qimagan 4 yilda o‘qiysanmi? 😠 - Ha bir narsa qilarmiz. - Bir narsa qilib o‘qishga kirishasan, bir narsa qilib bitirishasan, bir narsa qilib ishga kirib, bir narsa qilib boshliq bo‘lishasan. Keyin qarabsanki energetika sohasida inqiroz davom etaveradi. 🧐 - He aka... - E tur jo‘na. Bor kitobingni o‘qib tayyorlan. Kiralmading o‘qishga. Yo‘qal ko‘zimga ko‘rinma 😡 Rostda... E odamlar sal vijdonlaringni ishlatinglar iltimos. Sal insof bilanda endi. Mani do‘stim, sizga yolg‘on manga chin 226,7 bal, ya‘ni 100% to‘g‘ri ishlab kontraktga kirgan! Mani ukam 208 bal bilan o‘qishga kira olmagan. 208 bilan! U vaqtda 108 ta savolga 3 soat vaqt berardi. 4-daraja qiyinlikdagi savollar ham bo‘lardi. Hozirchi? Man hozirgi savollarni ko‘rib kulgim qistayapti to‘g‘risi, shu abituriyentlarga beriladigan testmi? 9-sinf bola ham yecha oladiku. Eng elementar savollarku. Bu yilgi testlarda 60% ishlay olmagan bola va uning ota-onasi, iltimos adolat haqida sizlar gapirmanglar. Siz yoki sizning farzandingiz 65 bal bilan o‘qishga kira olmasligi bu adolatning ayni o‘zi! Manga qolsa, 50% dan kam yiqqan bolani umuman o‘qishga yaqinlashtirmasidim, 70% dan kam yiqqan bola byudjetga kirib xalqning peshona teriga ko‘z olaytirmasin. Odamda ozgina insof, vijdon bo‘lishi kerak. Poraxo‘rlar, korrupsionerlar qayerdan paydo bo‘lgan? O‘zimizdan. Aybni o‘zimizdan qidirishni o‘rganaylik. Mana shu 65 bal yiqqan noinsof o‘qishga kirdi ham deylik... 4 yil o‘qiydimi? O‘qimasligi aniq. Ertaga o‘qishni bitirib diplomini ko‘tarib o‘pkasini qo‘ltiqlab boradi "mutaxasis" man deb kerilib. Xech vaqoga aqli yetmaydida, keyin odamlar ongida "ha institutlar o‘qitmasakan", "diplom berarkan xolos", "bitta o‘qigan dumbul shumi" degan stereotiplar shakllanadi. O‘qisa o‘qitadimi? Keyin qarabsizki, mamlakat rivojlanmaydida. Bilimi borlar bir yerda qolib, bilimi yo‘q "uchar" besavodlarga kunimiz qolib ketadi. Xullas, ukalar o‘qinglar. O‘qib, 150 bal yig‘ib qo‘yginda, mandat qachon deb o‘ylanmasdan daftar-kitobingni tayyorlayver.
Вай бооо😏
+998 95 199 19 14
★_𝑼𝒍𝒖𝒈'𝒃𝒆𝒌𝒐𝒗𝒏𝒂_★
M Yuldosheva
Kechirasiz leniya band keyinroq urinib ko‘ring
Bizdan boshqa qancha odam qiladi baribir foyda yoq
★_𝑼𝒍𝒖𝒈'𝒃𝒆𝒌𝒐𝒗𝒏𝒂_★
الحمد لله
Qayta qayta qiling keyin kotarishadi
Nima deyishi aniqku
M Yuldosheva
Bu kimniki
DTM ni facebook sahifasidagai raqam
🍰🎂 Jo‘raboeva SH, Usmonjon hoji qizi
Хавотр омелик окиш бошланш санаси озгартрлмадику демак узоги 2 кун ичида чикади
😊😊😊
Xushnud aka iltimos kontrakt qancha bolganini elon qilsangiz har xil gaplar yurubdi siz oydinlik kiritib bering biz osha oshirilgan 10% xisobladik lekin postlarda har xil narx korsatgan shuni e'lon qilib bering oldindan rahmar
YODGORA
e dòstlar mandatni kutib zerikmaslik uchun, siqilmaslik uchun , mandatni chiqguncha vaqtigacha biror ğoya òylab kòraylik.
Show next 100 comments