Хотин-қизлар 4%лик грантга тавсиянома олиш учун нима қилиш керак?

#abituriyent

Кўпчилик савол билан мурожаат қилиб, хотин-қизларнинг алоҳида тоифалари учун ажратиладиган давлат гранти бўйича квоталарга тавсияномаларни қандай олиш мумкинлигини сўрашмоқда.

Бунинг жавоби қуйидагича:

👉 Тавсиянома олмоқчи бўлган хотин-қизлар Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш вазирлигининг туман/шаҳар бўлимларига мурожаат қилишлари керак;

👉 Талабгорлар қуйидаги ҳужжатларни топшириши лозим:

1) туман/шаҳар ҳокими ўринбосари номига ариза;
2) белгиланган талаблардан бирига тўғри келишини тасдиқловчи ҳужжатлар (иловаси билан);
3) маълумотнома, объективка;
4) умумтаълим мактаби ёки ўрта махсус касб-ҳунар муассасасидан маълумотнома;
5) паспорт ёки туғилганлик тўғрисидаги гувоҳнома нусхаси.

👉 Ҳужжатлар 10 июлгача қабул қилинади;

👉 Туман бўлимларида ташкил этилган ишчи гуруҳ талабгор қизларнинг ҳужжатларини вилоят бошқармаларига 8 июлга қадар тақдим этади;

👉 Вилоят бошқармалари томонидан эса ҳужжатлар кўриб чиқилиб, 10 июлга қадар вазирликка юборади;

👉 Хотин-қизларга тавсияномалар 15 июлга қадар берилади;

👉 Тавсияномалар берилган хотин-қизлар ҳақидаги маълумотлар 20 июлга қадар ДТМ базасига киритилади.

✅ Тавсиянома қуйидаги тоифаларга берилади:

➖ кам таъминланган оиладан чиққан хотин-қизлар;
➖ ота ёки онаси вафот этган хотин-қизлар;
➖ 14 ёшгача бўлган 2 ва ундан ортиқ фарзандларни тарбиялаётган, бошқа қариндошларидан алоҳида яшаётган ёлғиз аёл (эркак)ларнинг қизлари;
➖ шахсий уй-жойга эга бўлмаган, ижарада яшаётган оилалар;
➖ ота-оналардан бири ёки ҳар иккиси ишсиз бўлган ва иш қидирувчи шахс сифатида аҳоли бандлигига кўмаклашиш марказларида ҳисобда турганлар;
➖ ногиронлиги бўлган фарзанди бор оилалардан чиққан хотин-қизлар;
➖ олий маълумотли хотин-қизлар билан қамраб олиш даражаси республиканинг ўртача кўрсаткичларидан икки ёки ундан ортиқ маротаба паст бўлган туманлар, шунингдек, олис ва бориш қийин бўлган ҳудудларда яшовчи оилалардаги қиз фарзандлар (уларни ўз ҳудудида 3 йил ишлаш шарти билан).


👉 @xushnudbek 👈

301 comments

Show 100 more comments
4% lik kvotani faqat va faqat tibbiyotga (asosan ayollar sohasi) berish kerak.
Assalomu aleykum va rahmatullohi va barakatuh
Xotin qizlar uchun ajratilgan 4% lik kvotaning mohiyatiga tushuna olmayapman, u ball qo'shib beradimi yoki nma yordam qladi shuni tushuntira olasizlarmi iltimos?
Paradise
Aha shunda ikkitasiga ham harakat qilaveray a
Ha shunaqa harakat qiling.hamma qatori imtihon topshiriladi.agar bunga o'tomasez.oddiy kvota bo'yicha qatnashasiz :)) omad
Z Mirhayotdin qizi
Assalomualaykum. Bu grant magistraturaga ham berilarmikan? Bakalavrni kontrakt to‘lab oqilgan?
Paradise
Rahmat alloh rozi boʻlsin
Rahmat.Ilohim barchamizdan rozi bo'lsin
zoso
Assalomu aleykum va rahmatullohi va barakatuh Xotin qizlar uchun ajratilgan 4% lik kvotaning mohiyatiga tushuna olmayapman, u ball qo'shib beradimi yoki nma yordam qladi shuni tushuntira olasizlarmi iltimos?
Vaalaykum assalom))
Bu tavsifnoma ball qo'shib bermidi.shu tavsifnomaga oilaviy sharoiti to'g'ri kelgan qizlar buni oladi.keyin har bitta yo'nalishga ushbu qizlar uchun alohida kvotalar ajratiladi.Deylik siz biror univer.ni mehnat yo'nalishiga hujjat topshirdiz,bundan tashqari bu yo'nalishga yana shunaqa tavsifnomasi bor 30ta qizlar topshirgan.lekin bu universitetni shu yo'nalishiga tavsifnomaga ega qizlar uchun 5ta o'rin ajratilgan holos.siz imtihonga borasiz topshirasiz.undan keyn ballarizga qarab shu 30 ta qizni ichidan bali eng yuqori bo'lgan 5talari tanlab olinadi shular byujetda o'qidi.qolganlari esa umumiy kvotaga kontrakka bali yetsa o'qidi bo'lmasa yoq.(bu tavsifnoma faqatgina birinchi tanlagan O.T.M uchun holos)
Assalom alaykum Xushnudbek aka!
Utgan yilgi qabul jarayonida ish xonadan tavsiyanomasi bulganlar va ish staji 5 yildan yuqori bulganlar suhbat orqali uqishga qabul qilishgandi.
SAVOLIM bu yil ham ish xonadan tavsiyanoma va ish staji 5 yilda yuqori bulsa ham suhbat oraqali uqishga kirsa buladimi yoki hamma qatori testga kirish kerakmi
Имтийозни олса сан'ат сохасидаги йуналишларга хам утадими?)
Tavsiyanoma ta'ilmning hamma shakliga (kunduzgi ,sirtqi, kechki) turlariga ham berilaveradimi?!
🌹🌼🌼🌹
риза;
2) белгиланган талаблардан бирига тўғри келишини тасдиқловчи ҳужжатлар (иловаси билан. Саволим шулар диплом ва иловасими
Ravshan G'aniyev
Assalomu alekum Xushnudbek Xudoyberdiyev sizga bir iltimos yuzasidan murojat qilmoqchiman yani OTM ga kirish .2020 2021-yiliga tibbiyot sohasiga maqsadli kvota ajratildi (tumanlar aro) men Samarqand vil.. Bulungur tum..da tuģulganman bizzi tumanga SamTi ga umumiy 4 ta maqsadli kvota ajratildi .Men shu ajratulgan kvotaga kirmoqchiman ushanga qanday hujjatlar kk buladi kimdan olaman. 2 ta yunalishni maqsadliga qolgan 3 tasini boshqasuga topshirsa ham buladimi yunalish bir xil fanlar ketma ketligi shu savolga javob berasz degan umiddaman javob un oldindan raxmat.
Assalomu alaykum yolg‘iz ayolarxamariza bersa bo‘ladimi
assalomu alakum bzng uzbek halqmz juda oljanob qzlarga harbeylarni farzantlarga kuvota ajratadi lekin hammga brhil qliw vaqti kelmadmkan masalan Milliy unversetda wu yil 150 bal blan bolar yqldi harbeylarni farzanti arzmagan bal blan krdi qacongaca kucliy bolar wunaqa yqlb yurwadi ?????????????
Assalomu alaykum. Men ham shu maqsadli qabul yuzasidan savolim bor edi. Men andijon viloyati ulugnor tumanida yashayman maqsadli qabul xamda qotin qizlar u.n grant boyicha ozim yashaydigan tuman xokimligiga bir nechabor mirojaat qildim lekin tuman xodimlari bu xaqda xechqandey malumotga ega emasligi viloyatdan korsatma kelmaganini xattoki xabari yoqligini aytishdi. Men ular ustidan shikoyat qilmoqchimasman shunchaki kimga murojaat qiley yoki yurt boshimizni qaror farmonlariga etiborsizlikmi? Maqsadim oliy malumotga ega bolib chekka tumanimda ishlash xolos. Bilasiz tibbiyot soxasiga oqishga kirish judayam qiyin.
Show next 73 comments