Хотин-қизлар 4%лик грантга тавсиянома олиш учун нима қилиш керак?

#abituriyent

Кўпчилик савол билан мурожаат қилиб, хотин-қизларнинг алоҳида тоифалари учун ажратиладиган давлат гранти бўйича квоталарга тавсияномаларни қандай олиш мумкинлигини сўрашмоқда.

Бунинг жавоби қуйидагича:

👉 Тавсиянома олмоқчи бўлган хотин-қизлар Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш вазирлигининг туман/шаҳар бўлимларига мурожаат қилишлари керак;

👉 Талабгорлар қуйидаги ҳужжатларни топшириши лозим:

1) туман/шаҳар ҳокими ўринбосари номига ариза;
2) белгиланган талаблардан бирига тўғри келишини тасдиқловчи ҳужжатлар (иловаси билан);
3) маълумотнома, объективка;
4) умумтаълим мактаби ёки ўрта махсус касб-ҳунар муассасасидан маълумотнома;
5) паспорт ёки туғилганлик тўғрисидаги гувоҳнома нусхаси.

👉 Ҳужжатлар 10 июлгача қабул қилинади;

👉 Туман бўлимларида ташкил этилган ишчи гуруҳ талабгор қизларнинг ҳужжатларини вилоят бошқармаларига 8 июлга қадар тақдим этади;

👉 Вилоят бошқармалари томонидан эса ҳужжатлар кўриб чиқилиб, 10 июлга қадар вазирликка юборади;

👉 Хотин-қизларга тавсияномалар 15 июлга қадар берилади;

👉 Тавсияномалар берилган хотин-қизлар ҳақидаги маълумотлар 20 июлга қадар ДТМ базасига киритилади.

✅ Тавсиянома қуйидаги тоифаларга берилади:

➖ кам таъминланган оиладан чиққан хотин-қизлар;
➖ ота ёки онаси вафот этган хотин-қизлар;
➖ 14 ёшгача бўлган 2 ва ундан ортиқ фарзандларни тарбиялаётган, бошқа қариндошларидан алоҳида яшаётган ёлғиз аёл (эркак)ларнинг қизлари;
➖ шахсий уй-жойга эга бўлмаган, ижарада яшаётган оилалар;
➖ ота-оналардан бири ёки ҳар иккиси ишсиз бўлган ва иш қидирувчи шахс сифатида аҳоли бандлигига кўмаклашиш марказларида ҳисобда турганлар;
➖ ногиронлиги бўлган фарзанди бор оилалардан чиққан хотин-қизлар;
➖ олий маълумотли хотин-қизлар билан қамраб олиш даражаси республиканинг ўртача кўрсаткичларидан икки ёки ундан ортиқ маротаба паст бўлган туманлар, шунингдек, олис ва бориш қийин бўлган ҳудудларда яшовчи оилалардаги қиз фарзандлар (уларни ўз ҳудудида 3 йил ишлаш шарти билан).


👉 @xushnudbek 👈

301 comments

Show 100 more comments
Ravshan G'aniyev
Qushilaman fikrizga
Qaror chiqmasidan xarakat qildim bilmimiz deyishdi qaror ham chiqdi yana bilmimiz deyishdi kim bilarkin biladigan odamni topkunimcha kech bolmasa boldi
Sohiba
Iltimos oila va mahallani qoʻllab quvvatlash vazirligi Toshkent shahrining qayerida joylashganligini bilib bering
Tarix fanidan tayyorlanuvchilar uchun yangi kanal. Rasmli xaritali va boshqa DTM testlarini online ishlang
@tarix_online_2020
Sohiba
4 foizlik grand haqida qaror mart oyida imzolangani haqida ewtgandm xatto xalq ewtti ammo bunday habarni deputat tugul xotin qizlar qoʻmitasi ham ewitmabdi buni qanday tushunish kerak nega xalqni bunday qiynashadi ketidan sarson qilib berish niyati boʻlmasa bunday qaror imzolanganidan nima naf hammani umidvor qilib ehtiyojmand oilalar talaygina oliy malumot olish istagidagi qizlar ham
1.3 guruh Rajapova Mushtariy Davronbekovna
Assalomu alaykum men ham shu qaror asosida hujjatlarimni topshirmoqchi edim shu 4 foizli grantni tushuntirib bersangiz iltimos javob uchun oldinnan raxmat
Kam taminlanganlar royhatida bormisiz.mahalla kamitetiga chiqib so'rab ko'ring bu togrida.berilsa kerak
Ассалому алекум бир жойи тушунарсиз туман/шахарлар 10 июлгача хужжат кабул килса кандай килиб 8 июлгача вилоятга топширади хужжатларни? Бериб бораётган маълумотларингиз учун рахмат
Assalamu aleykum
Nima uchun 2020 2021 o'quv yili uchu fakultet yo'nalishlari kesimida tanlovlarni e'lon qilmayapdi? (Yani OTM dagi har bir yo'nalish uchun nechta ariza kelib tushgani va tanlov nechiga 1 bo'lgani) Hozirgi kungacha tanlov faqat universetet kesimida berilib borilmoqda. Bunday ish biroz shubhali tuyilmoqda? Yoki avvalgidek yopiq fakultet o'yini bormikin🤔🤔🤔
SardoR Xon'
⚡⚡⚡⚡⚡⚡⚡⚡⚡⚡⚡
Assalom alaykum Xushnudbek aka.
Otgan yilgi balim 88.2ball. Shu bal bilan bu yil ham qatnashish uchun nima qilishim kerak?
Bu imtiyozning tartibi uzi qanday? Batafsil malumot bering iltimos.
Javob uchun oldindan rahmat
Matluba
Assalomu aleykum Xushnudbek Xudoyberdiyev.Sharqshunoslik oliygohida sharq tillari buyicha test ishlab chiqilgani xaqida uqigandim.Ya'ni chet tili buyicha hujjatida ingliz busayam, testta uzini yunalishi buyicha(arab, fors)tillarida imtihon topwiriwi m-nmi? Oliygoh b-n boglanib bumayapti
ZAMON. UZ
ASSALOMU ALEYKUM XUSHNUDBEK . QOG'OZBOZLIKNI YO'QOTISH MUMKINMIKIN O'ZI? MEN OILAVIY MOJARO SABAB 29 MAY KUNI O'ZIMNI O'LDIRMOQCHI BO'LIB UYDAN CHIQIB KETDIM. TUMAN XOTIN-QIZLAR RAISASI HAM, IIB HAM, OILA MARKAZI BOSHLIG'I HAM, MAHALLA RAISI HAM ERTASI KUNI MENI IIB XODIMLARI TOPIB KELGAN KUNI HUJJATLAR YOZIB QO'L QO'YDIRIB OLISHDI. MUAMMONI ESA O'RGANADIGAN ODAM YO'Q. ENG QIZIG'I MENI JAMIATGA FOYDASI TEGADI DEB AYTOLMAYMAN DEDI, MAHALLADA AYOLLAR MASLAHATCHISI. MA'LUMOTIM OLIY, YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORMAN. ISHLAYMAN HAM. HECH KIM BU VOQEANI O'RGANMADI. SEN MENGA TEGMA , MEN SENGA TEGMAYMAN USULIDA.
Adkham English
Magistratura boyicha bu yilgi talab va nizomlar haqida ma'lumot bera olasizmi?
ZAMON. UZ
SIZDAN ILTIMOS MENGA MAHALLA VA OILANI QO'LLAB QUVVATLASH VAZIRLIGINI TELEGRAMM MANZILINI BERING. YORDAMINGIZNI AYAMANG ILTIMOS.
ZAMON. UZ
TADBIRKORLIGIMDA HAM QOG'OZBOZLIKLARDAN JUDA CHARCHADIM.
ZAMON. UZ
JAVOBINGIZ UCHUN OLDINDAN RAHMAT.
ZAMON. UZ
BERIB BORAYOTGAN HAMMA MA'LUMOTLARINGIZ UCHUN RAHMAT.
Bir tanishim nogironligi bor edi shu imtiyoz olish uchun 300 000 pulim ketarkan balkim undan kopdur dedi. Yahshisi 111 500 to'lab imtiyozsiz topshirganim yahshi ekan dedi shu haqda ham aniqroq tohtalsangiz. (Qanday nogironligi bor fuqorolar ega bo'ladi va uni qanday olish haqida)
Show next 49 comments