Хотин-қизлар 4%лик грантга тавсиянома олиш учун нима қилиш керак?

#abituriyent

Кўпчилик савол билан мурожаат қилиб, хотин-қизларнинг алоҳида тоифалари учун ажратиладиган давлат гранти бўйича квоталарга тавсияномаларни қандай олиш мумкинлигини сўрашмоқда.

Бунинг жавоби қуйидагича:

👉 Тавсиянома олмоқчи бўлган хотин-қизлар Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш вазирлигининг туман/шаҳар бўлимларига мурожаат қилишлари керак;

👉 Талабгорлар қуйидаги ҳужжатларни топшириши лозим:

1) туман/шаҳар ҳокими ўринбосари номига ариза;
2) белгиланган талаблардан бирига тўғри келишини тасдиқловчи ҳужжатлар (иловаси билан);
3) маълумотнома, объективка;
4) умумтаълим мактаби ёки ўрта махсус касб-ҳунар муассасасидан маълумотнома;
5) паспорт ёки туғилганлик тўғрисидаги гувоҳнома нусхаси.

👉 Ҳужжатлар 10 июлгача қабул қилинади;

👉 Туман бўлимларида ташкил этилган ишчи гуруҳ талабгор қизларнинг ҳужжатларини вилоят бошқармаларига 8 июлга қадар тақдим этади;

👉 Вилоят бошқармалари томонидан эса ҳужжатлар кўриб чиқилиб, 10 июлга қадар вазирликка юборади;

👉 Хотин-қизларга тавсияномалар 15 июлга қадар берилади;

👉 Тавсияномалар берилган хотин-қизлар ҳақидаги маълумотлар 20 июлга қадар ДТМ базасига киритилади.

✅ Тавсиянома қуйидаги тоифаларга берилади:

➖ кам таъминланган оиладан чиққан хотин-қизлар;
➖ ота ёки онаси вафот этган хотин-қизлар;
➖ 14 ёшгача бўлган 2 ва ундан ортиқ фарзандларни тарбиялаётган, бошқа қариндошларидан алоҳида яшаётган ёлғиз аёл (эркак)ларнинг қизлари;
➖ шахсий уй-жойга эга бўлмаган, ижарада яшаётган оилалар;
➖ ота-оналардан бири ёки ҳар иккиси ишсиз бўлган ва иш қидирувчи шахс сифатида аҳоли бандлигига кўмаклашиш марказларида ҳисобда турганлар;
➖ ногиронлиги бўлган фарзанди бор оилалардан чиққан хотин-қизлар;
➖ олий маълумотли хотин-қизлар билан қамраб олиш даражаси республиканинг ўртача кўрсаткичларидан икки ёки ундан ортиқ маротаба паст бўлган туманлар, шунингдек, олис ва бориш қийин бўлган ҳудудларда яшовчи оилалардаги қиз фарзандлар (уларни ўз ҳудудида 3 йил ишлаш шарти билан).


👉 @xushnudbek 👈

301 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum Xushnudbek.Sizga bir savol bilan murojaat qilmoqchiman.Tavsiyanoma faqat o'qimagan qizlarga beriladimi yoki o'rta maxsus ma'lumotga ega ,oliygohga kirolmayotgan xodimalar,ayyollar uchun ham beriladimi?Yoki o'rta maxsuslar ishlaydi deb berilmaydimi?
Singlim o'rta maxsus ,lekin darsi kam.Maoshi juda kam.
Javob uchun rahmat.
Assalomu alaykum. Albatta imtiyozli kvotalar ajratilganI juda yaxshi. Bu kimlarningdir orzusi amalga oshishiga imkoniyat yaratadi. Ammo meni bir narsa o‘ylantiradi. Bir necha yillardan buyon, ya'ni 20-30 yildan ortiq mehnat qilayotgan o‘rta maxsus ma‘lumotli o‘qituvchilarni hech kim o‘ylamayapti. Ularning tajribasi manaman oliy ma‘lumotli kadrlarnikidan qolishmaydi. Shunday bo‘lsada ular doimo eng pastki pog‘onada. Ularga na ustama, na toifa bor. Maoshlariniku aytmasa ham bo‘ladi. Shuncha yil ishlagan xodimga oliy ma‘lumot olish uchun imkoniyat yaratish kerak yoki cheklovlardan ozod qilish kerakmikan deb o‘ylayman. Axir ular ko‘pchiligi o‘z ishining ustasi bo'lib ketgan. Ularni kechagina bitirib kelgan, tajribasiz oliy ma‘lumotli o‘qituvchidan pastga qo‘yish naqadar qadrsizlikku. Ular ishlashni, oilasiga vaqt ajratsinmi yoki barcha tashvishlarni ortga surib nafaqasiga 6-7 yil qolganda abituriyentlar qatori tayyorlansimi? Menimcha buni ham o'ylab ko'rish kerak
Отабек Кодиров
Ассалому алайкум хурматли Хушнудбек.
Хозир институтни иккинчи курсига утган фарзандим бошка институтга заочно топширса буладими? Жавобингиз учун олдиндан рахмат.
Kvota uchun mahalia komitetidan hech nima kerakmasmi
Assalomu alaykum Xushnudbek aka meni dadam 2001 yilda Toshkent huquqshunoslik ijtimoiy ta'minot texnikumini bitirgan xozir institutga hujjat topshirish jarayonida hujjat seriyasi degan joyi bor ekan lekin hamma textikum diplomlarida bu joy yoʻq ekan faqat raqamlar turibdi DTM call center ham ummuman ishlamayapti Davlat xizmatlar markaziga borsak bu bizning ishimiz emas deb chiqarib yuborishdi
Nima qilishimiz kerak hujjat topshirishga ham ozgina vaqt qolyapti
Iltimos yordam bering
Xotin qizlar uchun imtiyozlar 2021-2022 oʻquv yilidan boshlanadi mi? Xozir hujjat topshirishga kech boʻldi ku... Qaror boʻlsa endi chiqdi. Bilmay qoldik. 10- iyungacha hujjatlar topshirish kerak ekan. Tushunishim boʻyicha. Iltimos maʼlumot bering.
hacker.uz
Assalmu alaykum!
Oliy ma'lumotli xotin-qizlar bilan qamrab olish darajasi respublikaning o'rtacha ko'rsatkichlaridan ikki yoki uch marotaba past bo'lgan hududlar haqida qayerdan ma'lumot olsak bo'ladi?
Raxmat!
🍁🍁🍁🍁
Assalomu alekum. Men uzim yolgʻiz onaman voyaga yetmagan ikki nafar farzandim bor bir nafar farzandim nogiron otam xam yoʻq lekin xujjatlarimni qabul qilmadi uzim mustaqil ayol boʻlganim uchun toʻgʻri kelmas ekan yoshim 28/ da.... Menga tushuntirish beringlar
Buni bilmay oldinroq topshirib quyganlar nima qiladi. Ularga ham imtiyoz beriladimi. Mahalla topshirib quygan bòlsa endi imtoyoz berilmaydi debti. Shu aniq biladiganlar bormi.
Assalomu alleykum!
Xotin-qizlarga ajratilgan 4 foizli kvota faqat Bakalaviriatning kunduzgi yo'nalishlargami?
Yoki sirtqi va kechkiga ham tegishlimi?
Shovkatbek
Assalomu aleykum man qarshi med kollijni bitrdim man xali diplom olomadim xozrgi kunda qanday qib xujjat topshirsam buladi otasi yoki onasi nogironlaga xam kivota bormi yoki otam ishlab onam ishlamasachi kivota bormi
☪✵ ᴍᷟᴜͧʜⷩᴀⷽᴍᷟᴍᷟᴀⷽᴅͩᴅͩɪͥʏꙷᴏⷪʀᷢ ✵☪
Assalomu alaykum manga imtiyoz beriwi kk lkn bermayapti har qanaqa baxona qilyapti wunga partalga murojaat qilmoqciman iltimos agar rawamini bilsanglar yordam beriwinglarni sorap qolardm yordaminglarni ayamaysilar degan umiddaman 3kundan beri ovora bop yuripman waroitim oģir bo'lgani sababli men ham oqiwni istayman
Student ....
Assalomu aleykum imtiyoz BN sirtqi talimda ham óqib boladimi
Umidakhan
Assalomu allekum mani onam vafot etgan dadam va man yashaymiz dadam kunlik ishda ishlaydi ammo biz kamtaminlanmaganmiz onam vafot etganligi uchun man ham shu imkoniyatdan foydalanaolamanmi? Hali turmush qurmaganman. 1998yilman
Ozod Rustamov
Assalom aleykum yoshim 20da ota Onam vafot etganlar opam bn yashayman. Mana shu yil uqishga topshirdim man ham shu imkonyatdan foydalansam buladimi. Qizbolaman hali turmushga chiqmaganman.
💜 💜 💜
Assalomu alekum men turmushdan ajralganman ota onamdan yiroqda olis xududa yolgiz yashiman otam 1chi guruh nogironi.men chekka olis xududa tadbirkorlik qilaman.meni tadbirkorligimni kengaytirish uchun oliy malumot xujjati kerak men qanchadan qancha ishsiz xotin qizlarni ishga olishim mumkin.menga usha uchun 4 foizli kvotani sirtqiga uqish uchun beriladimi javob uchun oldindan raxmat.
Пардаева Холида Пардаева Бувсора
Assalom aleyukum Xushnudbek kamtaminlangan oilararini og'il bolalarga imtiyoz bormi. Ularga ham imtiyoz bormi.Oqilimni bilmi juda a'lo u tugma rasom .Sertifikatlari bor maktabni a'lo baholarga bitirgan bunga imtiyoz bormi.
Afzaldin
Xushnudbek aka bitta xatolik bo'lyapti dtm dan shu imtiyozlar boycha, ro'yxatdan o'tyatganda faqat 4ta imtiyozlar turini so'rayapti menda harbiyni farzandiga 5%lik imtiyoz bor edi hozir ro'yxatdan o'tyapman uni qo'shish degani joyi yo'q shunga qandey qilish kerek
O'tamurotova Ro'za
Assalomu alaykum Xushnud aka kasbiy[ijodiy] larga ham bu imtiyoz bormi masalan jismoniy tarbiya unga ham hudi shu qonunmi
O'tamurotova Ro'za
jismoni tarbiyani bu yil ham amaliy ham nazariy deyapdilar
Show next 22 comments