Hokim olimpiadasining 4-turiga jami 1065 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tdi!
📆 7-iyun kuni soat 9:30 da Bog‘ot tumanidagi 3-IDUM maktabida matematika (5-6 va 7-8 sinf) va fizika (7-8 sinf) fanlaridan "Viloyat hokimi olimpiadasi" ning 4-turi o‘tkaziladi!
❗️BU MUHIM:Barcha o‘quvchilari o‘z titul raqamlarini bilib olishlari shart. Javoblar varaqasini qanday to‘ldirish haqidagi video-yo‘riqnoma bilan tanishing: ➡️VIDEO-YO‘RIQNOMA
❗️ESLATMA: Ro‘yxatdan o‘tmagan yoki kech qolgan o‘quvchilar olimpiadaga qat'iyan kiritilmaydi va natijalari hisobga olinmaydi!
Va alaykum assalom. Roʻyxatdan oʻtgan hamma bor. Fan, sinf, tuman, maktab boʻyicha ketma-ketlikda berilgan. Tekshirib oling roʻyxatdan. Har bir oʻquvchini (1065 ta) tekshirib bera olmaymiz. Yaxshilab qarab (aniq oʻtilgan boʻlsa turadi), titul raqamini bilib oling.
2 kun oldin video qo’yilgan, lekin uni faqatgina bugun olimpiadadan keyin QR kod orqali koʻrish mumkin boʻldi.
Raximova Sayyora Odilbekovna
Sizlar hokim olimpiadasidan bir kun oldin videoni qõyibsizku . HOKIM olimpiadasida bugun telefon ishlatib 1.2.3 õrinlarni olishdi nazoratchilar bularni ahamiyatka olishmadi
Somebody
assalomu alaykum fizika 7-8 sinfda 27 sayolda to'g'ri javob yo'q ekan. Javoblar varaqasiga o'z javobimni yozdim lekin hisoblanmadi
Gapingizda mantiqni M harfi yoʻq, xafa boʻlmang. YOUTUBE funksiyalarini qiziqing. Faqat link orqali (QR kod orqali) koʻrish mumkin boʻlgan videolar bor. 1 emas 10 kun oldin qoʻyilsa ham hech kim koʻra olmaydi. Izlab ham topib boʻlmaydi.
Keyin oʻrin olganlar xalqaro olimpiadalarda ham yutuqlarga erishishmoqda. Qolaversa, oʻrin olganlar nega 36/50 ball atrofida olishdi? Nega videoni oldindan koʻrsa 100% yechib qoʻymadi.
Keyin oʻrin olganlar xalqaro olimpiadalarda ham yutuqlarga erishishmoqda. Qolaversa, oʻrin olganlar nega 36/50 ball atrofida olishdi? Nega videoni oldindan koʻrsa 100% yechib qoʻymadi.
Gumon iymondan ayiradi, ozgina aqlni ishlatib gapiring. Skrinshot olib qoʻydim. Afsus vaqtim yoʻq, vaqtim boʻlganda tuxmat qilayotganingiz uchun kattagina jarima toʻlatar edim.