Фанлар мажмуаси ўзгариб қолгани ҳақида

Янгиланган фанлар мажмуасида айрим йўналишлардаги тест фанлари ўзгариб қолгани кузатилган. Жумладан:

5111900 - Дефектология (фаолият турлари бўйича)
5111901 - Дефектология: логопедия
5111902 - Дефектология: сурдопедагогика
5111903 - Дефектология: олигофренопедагогика
5111800 - Мактабгача таълим
5112700 - Мактабгача таълим психологияси ва педагогикаси
5510700 - Олий ҳамширалик иши

Аввал ушбу йўналишларда Биология ҳамда Она тили ва адабиёт фанидан тест бўлиши белгиланган эди (аввалги йилларда ҳам шунақа бўлган).

Янгиланган мажмуада эса Биология ҳамда Кимё фанлари кўрсатилган.

Ушбу масалада мутасаддилар билан боғландим. Ҳозир ушбу масалага аниқлик киритилмоқда.

Катта эҳтимол билан бу техник хатолик туфайли юзага келган. Тест синовларига бир неча кун қолганда бундай ўзгариш қилиниши нотўғри, албатта. Ва бундай ўзгариш бўлмаса ҳам керак.

Охирги маълумот аниқ бўлиши билан хабар қиламан.


👉 @xushnudbek 👈

647 comments

Show 100 more comments
Ақниет
💙
Xaa 😂 juda katta
Unda uzgarip qolar
Dunya
Özi oz qoldiku.Qande ulgushadi
Maniki ruski edi notsionalni majburiy bolk ona tilini orniga rus tili bolib qolibdi
ㅤㅤㅤㅤ
Abdilazizov Nurbek
Nimaga
Chunki aldaydi aniq kuni yoq ozi
Shodiya
Maktabgacha talimga kimyo? Umuman tasavurga sig'ib bo'lmidigan holatku
Dtmga tel qlyatganla bormi
Shodiya
Buni tez va ijobiy hal qilishlarini so'rab qolamiz.
Abdurahmanova M
Yaxshiayam siz borsiz Xushnudbek aka
Dunya
Bugun 29 nega haliyam imtixon kunlari chiqmayapti?
Sohiba_Abduvaliyevna
Barcha abituriyentlarga omad tilayman! Taqdirda bulsa nasibangiz qo'shilgan bulsa nima bulishidan qat'iy nazar talaba bulasiz InshaAllah! Faqat kayfiyatni tuwirmasdan imtihonda hayolni bir joyga qoyib testni yechib belgilaw kerak
........
Agar tasdiqlanib qolsa bizni 1 yillik mehnatimiz kuyib ketadiki DTM larni ham farzandlari bordir 1 yillik harakat , ketgan vaqt hisobiga qancha mehnat yotadi.Qancha qiynalib tayyorlanib ,uxlamasdan iltimos ozgina abiturientlarni ham o‘ylanglar 5 kun qolganda bu adolatsizlik.....
Men umuman chiday olmayapman bunday nohaqlikka
saodatimm
raxmat xuwnud aka siz guruhingizga bu malumotni joylawtirguningizcha xamma yoq keraksiz va yoqimsiz gaplar bn tolib ketayotgandi raxmat aniq malumotlar uchun
Nimaga dtm ruxsatnomasi hali ham chiqmayapti. Bular oʻzi ishliydimi. Imtihon kunlari ham aniq boʻlmayapti.
Asrorbek @Asrorbek@
Imtihonga ozgina qolganda nega bunday qilishadi. Shunqa niyati bor ekan yilda boshida aytish kerak edi abiturentlani qancha menhnati ketib tayyorlangan
ㅤㅤㅤㅤ
Ergashev Elmurodjon
Nimaga dtm ruxsatnomasi hali ham chiqmayapti. Bular oʻzi ishliydimi. Imtihon kunlari ham aniq boʻlmayapti.
Eng yaxshisi kutmaslik kerak kutsak kuyamiz. Bularni yaxshilab dalada ketmon choptirsa biladi keyin
Show next 100 comments