Фанлар мажмуаси ўзгариб қолгани ҳақида

Янгиланган фанлар мажмуасида айрим йўналишлардаги тест фанлари ўзгариб қолгани кузатилган. Жумладан:

5111900 - Дефектология (фаолият турлари бўйича)
5111901 - Дефектология: логопедия
5111902 - Дефектология: сурдопедагогика
5111903 - Дефектология: олигофренопедагогика
5111800 - Мактабгача таълим
5112700 - Мактабгача таълим психологияси ва педагогикаси
5510700 - Олий ҳамширалик иши

Аввал ушбу йўналишларда Биология ҳамда Она тили ва адабиёт фанидан тест бўлиши белгиланган эди (аввалги йилларда ҳам шунақа бўлган).

Янгиланган мажмуада эса Биология ҳамда Кимё фанлари кўрсатилган.

Ушбу масалада мутасаддилар билан боғландим. Ҳозир ушбу масалага аниқлик киритилмоқда.

Катта эҳтимол билан бу техник хатолик туфайли юзага келган. Тест синовларига бир неча кун қолганда бундай ўзгариш қилиниши нотўғри, албатта. Ва бундай ўзгариш бўлмаса ҳам керак.

Охирги маълумот аниқ бўлиши билан хабар қиламан.


👉 @xushnudbek 👈

647 comments

Show 100 more comments
Умиджон
Хушнуд ака кайердан билсин Тест марказни узи билмаяпти нма килаётганини😂
Xushnud aka yaxshiyam biz abituriyentlar baxtiga siz borsiz. biz taraf bo'ladigan😊
بارشببذو ي
Qachon hal buladi enni bu masala qachon oydinlik kiritiladi
Умиджон
Ёлгиз отни чанги чикмас, чанги чикса донги чикмас деган гап бор битта Хушнудни кулидан нма келади биз бирлашмасак
Davronov Qo‘ldosh
Aniq bo‘ldimi blokla
علی ابوحسن
Xushnudbek aka magistratura haqida gap bor edi aka mumkin bolsa albatta
Murojaatga javob buldimi birorta. Defektologiya asosiy blogi uzgaribdimi
Eeeee mol miyyala hammen bir goʻrsan dtmdagila. Vashshe xato narsayu bu qanaqqib uzlarincha adashasila eee hayf senlaga. Shuncha odam tayyorlanib yuribdi ne umidla bn.
Mol miyyalar
Nazirova.J
Qanchadan qancha abuturiyentlar yillar davomida qiynalib tayyorlangan ne umidlar bilan. Ozgina òylanglar ularning ham mehnatini.
Iltimos bunday qilinmasin. Necha yildan buyon mana shu yo'nalish bo'yicha tinmay tayorlanayitgan abutireyntlar nechta. Bu narsa menga qattiq tasir qlyabdi. O'zim ham necha yildan buyin shu yo'nalishda edim. Testga 2-3 kun qolganda bunday qilinishi adolatsizlik. Yoki bu narsa haqida ancha oldinroq xabar berush kerak edi. Iltimos unday qilinmasin. Aniq javobini tezroq aytinglar iltimos😭😭😭😭😭😭😭😭😭
Nega aniq javobni aytishmayapdi Tovba . Bu hazillashadigan narsa emasku
Гулноза
Iltimos o'zgarmasin nimalar qilyapsizla biz qanday qilib tayyorlanamiz kimyoga shuncha yil ona tilini havoga o'rgandikmi avvalo maktabgacha talimga kimyo fani nima kerak ishlarizga umuman tushunib bulmaydi .1 hafta qolganga 20 ta qildizla savollani unga chidab turdik lk bunisi kk emas
Гулноза
Vijdonsizlar
Xushnudbek aka, rasmiy javob bo’ldimi bu masalada? Juda ko’pchilik yuragini hovuchlab turibdi. Iltimos, xabar bering.
Olimjon O'razov
Bolalaring taqdiri nima bo'ladi.shuncha mehnat nima bo'ladi.Xushnudbekjon iltimos shuning oxiriga yeting.
Bu yerda dtm markazidan ozgina xatolik bo'lgan agar bu fanlar o'zgarishi kk bo'lganda kun.uz, yoshlarni qo'llab quvatlash, tezkor xabarlar, Daryl.uzda e'lon qilinar edi . Xavotir olmanglar yuqoridan kelishi kk bo'lgan chiziq pastdan o'tib ketgan. Dtm markazidagilar ko'p ishlab charchagan . Ertaga uzurku so'ramaydi , lekin tushunmovchilik bo'libti deb chiqadi. Sizlarni esa uxlolmay chiqqanlaring qoladi. Abiturentlar go'l bir hayvon emasku ular o'z-o'zidan xohlasa 20 ta qiladi xohlasa blok almashtiradi. Sizlarga maslahatim ko'p o'ylamasdan darsni qilaveringlar
Kanallarda bu texnik xato deb kelish bowlandi lekin wunga tezroq oydinlik kiritilar iltimos 🙏🙏🙏
Wu xabarga iwonakmi yo yoq??? Hec kim javob bermayapti
Olimjon O'razov
Dtmning ishonch telefoniga chiqdim.bunday bo'lishi mumkin emas dedi.shaxshiy kabinetingizda qanday fanlar ko'rsatilgan bo'lsa shu fanlardan bo'ladi dedi.
Show next 72 comments