Фанлар мажмуаси ўзгариб қолгани ҳақида

Янгиланган фанлар мажмуасида айрим йўналишлардаги тест фанлари ўзгариб қолгани кузатилган. Жумладан:

5111900 - Дефектология (фаолият турлари бўйича)
5111901 - Дефектология: логопедия
5111902 - Дефектология: сурдопедагогика
5111903 - Дефектология: олигофренопедагогика
5111800 - Мактабгача таълим
5112700 - Мактабгача таълим психологияси ва педагогикаси
5510700 - Олий ҳамширалик иши

Аввал ушбу йўналишларда Биология ҳамда Она тили ва адабиёт фанидан тест бўлиши белгиланган эди (аввалги йилларда ҳам шунақа бўлган).

Янгиланган мажмуада эса Биология ҳамда Кимё фанлари кўрсатилган.

Ушбу масалада мутасаддилар билан боғландим. Ҳозир ушбу масалага аниқлик киритилмоқда.

Катта эҳтимол билан бу техник хатолик туфайли юзага келган. Тест синовларига бир неча кун қолганда бундай ўзгариш қилиниши нотўғри, албатта. Ва бундай ўзгариш бўлмаса ҳам керак.

Охирги маълумот аниқ бўлиши билан хабар қиламан.


👉 @xushnudbek 👈

647 comments

Show 100 more comments
Qlicheva Gulnoza Pardayevna🔰
Assalomu alaykum Xushnudbek xorijdan o’qishni ko’chirishda sizdan iltimos Tibbiyotni o’tish ballarini tezroq aytishsin erta indin aytishadi deyishgandiku ovozli chatda Biz kutib turibmiz Biz sizga ishonamiz va tezroq xabar kutamiz sizdan
assalomu aleykum Xushnud aka savolim boridi Texnikum talabalari kuniga necha soatdan amaliyot oʻtashi mumkin iltimos shuni bilib bering. Qonunan 9-18 gacha 9 soat amaliyot oʻtash mumkinmi? qonunda necha soat etib belgilangan?
Assalomu alaykum barchaga, Toshkent tibbiyot akademiyasini Oliy ma'lumotli hamshira yo'nalishini bitirganlar qaysi yo'nalishga magistrga topshirsa bo'ladi? Oldindan raxmat !
Assalomu alaykum, oʻqishni koʻchirishga arizada xatolik boʻlsa qabul qilinmaydimi, uzurli sabablarni yozaversak qabul qilinadimi, asosiy uzurli sabab doimiy yashash joyi boʻla oladimi? Shunga javob kerak edi
Shodiyeva Sevinch
Assalomu alaykum Tomdi, Qiziltepa, Uchquduq tumanlariga ligota berilgan,menga ham berilishi kerak edi ustozimiz kiritmay ketibdi test markazi bilan gaplashib imtiyoz kiritsak buladimi
Oliy hamshiralik ishini bitirganlar qaysi yoʻnalishda magistraturaga topshirsin bu yoʻnalishni magistraturada turdosh yoʻnalishlarda yoʻqku
Mohitobon
Assalamu alaykum.Xushnudbek aka menga bu yo'nalishlarning aloqasi yo'q bo'lsa ham sizga rahmat aytmoqchiman.Mutasaddilar qilmayotgan ishlarni qilib bizga ma'lumotlar berib turibsiz.Baraka toping.Alloh madadkor bo'sin 🤲🏻