❗️Фарзандини хорижга ўқиш юбормоқчи бўлаётган ота-оналарга мурожаат!

Айниқса, кейинги йил Ўзбекистонга “перевод” қилиш илинжида фарзандини (ёки ўзи) хорижга (айниқса, Қозоғистон, Қирғизистон, Тожикистонга) ўқишга юбормоқчи бўлаётганлар охиригача эшитишларини илтимос қилар эдим.

Балки бу ерда айтилган гаплар кимларгадир ёқмас, балки кўнглига тегар ёки ўзимни айбдор қилишар, аммо буни айтмасам бўлмасди.

Айтган фикрларимдан кимлардир ўзи учун тўғри хулоса чиқарса, бундан хурсанд бўламан. 22 дақиқа вақтингизга рози бўлинг.


👉 @xushnudbek 👈

3400 comments

Show 100 more comments
Jasur
Insha Alloh aka haq yôldasiz bosing gazini!!
Bizda Uqishga kirish qiyin lekin kirib talaba busa uqush oson boshqa davlatlarda misol uchun yevropada kirish oson lekin uqish qiyin shuni kurib chiqish kere mani fikrimchaa
ㅤㅤㅤ
Bu murojaatni kerekli mutasaddilarga jo‘natish kere
Abu Tohir Anorbayev
Assalomu alaykum to‘g‘ri fikr o‘tgan yili o‘tish bali qancha bo‘lsa perevod bali ham shuncha bo‘lishi kerak. Lekin tibbiyot oliygohlarida super kontraktga kirish uchun ham ma‘lum talablar qo‘yilishi kerak deb o‘ylayman. Masalan super kontrakt to‘lab o‘qish uchun ham minimal ballning 60-70%ni to‘plab qo‘yish talab qilinsin. Har holda tibbiyot, odamlarni hayoti o‘yinchoq emas.
Assalomu alaykum. Hech qanaqa 60 -70%u yoqda tursin super kontraktni tibbiyot sohasida qo‘lamaslik kerak. Bitta abiturent kam deganda tibbiyot sohasida o‘qish uchun 5 yil tayyorlanadi. Lekin ba‘zi otasini puliga ishongan super qilib o‘sha insitut talabasi bo‘ladi. Hammani o‘ziga havolaku kirishni pul bilan hal qilgan bitirishgayam pul sarflamaydi deb kim kafolat beradi. Kimga qanday bilmadimkuda lekin o‘qituvchi bilan shifokorni bilimga ega malakalilari kerak hozirgi kunda.
Bahrom
Fikriz 0. Befarosat admin
Toppa togrii ham adolatsizlikda Xushnud aka 66 bal bn Perivot qilshyapti nega biz 150 bal bn kirolmimiz. Bizga nohaqlikki.Imtixon bolyapti lekin bal juda kam ulardan qanday mutaxxasis chiqadi.Ular abiturentlikda oqimgan oqishga kirgandan keyin xayotda oqimaydi
XUSHNUD AKA, OLLOH ROZI BÔLSIN SIZDAN. SIZ ADOLAT TARAFDASIZ
CHETDA ÕQIYOTGANLARNI HAMMASI HAM SAVODSIZ EMAS DEGAN "SAVODLILAR" AGAR SILAR BILIMLI BÔLGANLARINGDA SHU YERGA KIRAR EDINGLAR
Oribjonov.B.B
nimani tan olish kerak aksincha emasmi
Tòliqsiz bòsayam oliy malumotli inson sfatida siz bilan tortiwiwi ozimga ep kòrmiman 😅
Behruz
Assalomu alaykum Xushnudbek aka gaplarizga 100 % tõğri. Masalan ôzimni misol keltirsam men umuman repetitorga bormadim ôzim mustaqil 1 yil tayyorlandim õtgan yil 132.2 ball oldim va Biotexnologiya yõnalishiga grant kirdim 1 yil õqidim ham Universitetda...
Shu yil ham shu sizni kanalizda talabalar ham abt singari test topshirsa bõladi degan postizni õqib yana test topshirishga qaror qildim va rus gruppada 106.5 ball oldim hozir biologiyada byudjetlar rõyxatida tibbiy biologik ishda esa kontrakdaman (yakuniy mandatni kutyabman ) katta rahmat sizga doim yoshlarga tõğri yõl kõrsatasiz.Aytganizdek gap moddiy boylikda emas odamni ôzida ! 🙂🙂
Nilufar Tojibоyeva
Мутлок о хак, гаплар Бугзимга нимадир тик,илиб к,олди
Haqiqatdan ham to'g'ri, masalan, DTM ni imtixonidan 60 ball olib, chetga ketib, bu yil tibbiyot yo'nalishiga perevod qilib kelgan talaba qanday qilib tibbiyot darslarini o'zlashtira oladi, axir tibbiyot darslarini 160,170 ball bilan kirgan talabalar to'liq o'zlashtirishga qiynaladi.Ham biz o'qiyotgan maktab darsliklaridan OTM lardagi darsliklar ancha qiyin, saviyasi juda baland.Maktabdagi darslikni o'zlashtira olmay 60 ball olgan, chetga chiqib bu yil pervod qilib kelgan abituriyent qanday qilib maktab darsligidan ancha qiyin bo'lgan OTM darsliklarini o'zlashtiradi.Ko'rinib turibdiki pervodchilarni aksariyat qismi savodsiz bo'lib chiqadi.Erta ular biz oliy ma'lumotlimiz deb bu yerda 160,170 ball olib kirgan talaba bilan bir xil bo'ladi, ular bilan hamkasb bo'lib ishlaydiku! Bunaqa yoshlarga qanaqa qilib ishonish mumkin! Bu fojia, kelajakka bolta urish bilan bir xil! Mayli o'qishsin chetda, bu yil ko'chirishga Xushnudbek aka aytgandek o'tgan yilgi ballni belgilashsin! Ana o'sha ballni olib o'tgan talaba keyin aytsa bo'ladi , men ham talabaman, men ham oliy ma'lumotliman deb! Ana shunda 1-kursga o'zimizda qabul qilingan talaba bilan bir xil darahada turadi, ularga kelajakni ishonsa bo'ladi. Juda ham to'g'ri qilibsiz, Xushnudbek aka, boshlagan ishingizni oxiriga yeting! Olloh rozi bo'lsin sizdan! Vatanimizda siz kabi yoshlar yanada ko'payishi kerak
Assalomu alaykum Xushnudbek aka gaplaringizga 100%qoʻshilaman bilimi bor abituriyent Oʻzbekistonni oʻzida oʻqisin yoʻlini hech kim toʻsmaydi ota onasni yonida boʻladi behavotir..
DILNOZA SHONAZAROVA 401-GROUP
To'ppa-tog'ri 100 foiz to'gri gapingiz. Inson chin dildan xohlasa o'zi qiloladi hammasini👍🏻
Ота боболаримиз адолатни топа олмаган купам кидирманглар
&&&&&&$$__ ,aaaaa
Assalomu alaykum meni fikrim shundan iboratki uqishga kirishda korrupsion holatlar bundan oldin ham bulgan hozir ham mavjud lekin bundan keyin bulmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi.Hozirda OTM muassasiga QANDAY QILIB bo'lsa ham o'qishga kirsa bo'lsa u ALBATTA to'rt yildan keyin bitirib chiqadi.Siz ham hozir bor shijoatingizni o'qishga kirishdagi holatlar bilan bir qatorda o'qish davomidagi holatlarga ham etibor qaratib talabalar har kursni tugatayotganida ham imtihonlar keng joylarda ochiq va shaffof tarzda o'tkazilishini talab qilsangiz menimcha yaxshi bular edi
🦋Ziyodaxon🦋
Xorijdan perevod qilayotganlarni hammasi ham sizlar oylaganchalik savodsiz emas sizlar kalta o'ylayabsizlar ular vaqtni boy bermaslik uchun ham xorijga ketishmoqda O'zbekistonda o'qishga kirish qiyin lekin o'qish oson qancha tayyorlanib kirib vay shumi o'qish deydiganlar ham bor chunki universitetta o'qituvchilar ham talabani yurish turishiga qarab muomila qiladi avval talim tizmini yaxshilab qoniqarli darajada qilib qoyinglar va ballni kotarib xohlasangiz 5 ta emas 8 ta fandan imtixon olinglar yuqoridagi o'tirgan odamlarga va talimga ham biroz etibor beringlar 40 ball yigib 200mln pul tolab o'qigan odam o'ziga sharoitni qilyapti a demak u bilimli shundaymi avval talim tizimini yaxshilanglar o'qish uchun yo'l izlayotgan talabalarga tosh otmasdan. kerak bolsa O'zbekistondagi talabalarga qaraganda manashu perevodchilarni savodi bilimi yuqorilari bor hadeb perevodchilarni tanqid qilmanglar
Show next 100 comments