❗️Фарзандини хорижга ўқиш юбормоқчи бўлаётган ота-оналарга мурожаат!

Айниқса, кейинги йил Ўзбекистонга “перевод” қилиш илинжида фарзандини (ёки ўзи) хорижга (айниқса, Қозоғистон, Қирғизистон, Тожикистонга) ўқишга юбормоқчи бўлаётганлар охиригача эшитишларини илтимос қилар эдим.

Балки бу ерда айтилган гаплар кимларгадир ёқмас, балки кўнглига тегар ёки ўзимни айбдор қилишар, аммо буни айтмасам бўлмасди.

Айтган фикрларимдан кимлардир ўзи учун тўғри хулоса чиқарса, бундан хурсанд бўламан. 22 дақиқа вақтингизга рози бўлинг.


👉 @xushnudbek 👈

3400 comments

Show 100 more comments
Abdullayev S.U
Perevod degan narsani yo yuq qilish kerak yoki uzbdagi ball bn teng qilish kerak
ㅤㅤㅤ
Kommentda urushmelar
Abdullayev S.U
Shunda tenglik buladi
Toʻppa toʻgri gapirdiz.nega biz 2-3yillab tayyorlanib oʻqishga kirdik.bazi harf tanimaslar esa pul bilan hal qilyapti hamma narsani.pervod bilimsizlarni koʻpaytiradi.pervodni balini bizni universitetlar bilan teng qilish kerak.
Durdona
Tangani ham ikki tarafi boladi Xushnud aka.perevod dgan narsa rivojlangan davlatlarda ham bor.togri ularda bzchalik kop emasdir lekn bor.chunki ularda kvota kop,kiriw oson oqiwga.otgan yilgini osek 1yarm Milyon abuturentga bergan kvotasini korb ozbekiston wunchalik qawwoqmi dging keladi.hadb talim zor talimga etibor katta dgandan kora yangi University, institut qursa bolmedimi.keyn Yana perevodchilarni bilimi yog dyapsz. Bunaqa bilimi yolar ozimizda ham oqiyaptiku.super tolab,yoki taniw biliw qlb.yo unaqalar yog db aytolismi.perevod qladiganlarni ham hammasi bilimsizmas.dtm imtixon qb ogandan keyn hadb ularga osilormeng.oziz ham chetda oqiwni reklama qganizdan keyn.😒.bazida gaplariz bir biriga togri keme qoladi
Н.М
Бу гаплариз жудаям тугри лкн тангани 2-томони хам бор худди аввалгидек коррупция купайиб кетади
To’g’ri gapni aytdingiz raxmat joniz sog’ bolsin boshingiz omon bo’lsin. Sizlardek xalqni oylidigan insonlar bor ekan biza yashashda davom etamiz sizdek yaxshi insonlarga raxmat
Туппа тугри гапирдиз молодец нимага энди 50_60 балл билан келиб Тошкентга перевод килиш кере ахир бу балл 2 бахоку канака мутахасис булиб чикади бунака инсон уз касбига нисбатан бефарк булади уки тайерлан хеч булмаса 100 балдан ошик олгин шарманда килмасин 👍🤥
Salom Hushnudbek fikrlaringizga qo‘shilaman dolzarb muammolar yoshlar hozir telefondagi ijtimoiy tarmoqlarga qiziqyapti, ko‘chaga chiqib atrofga qarasak 90 foiz yoshlar telefon o‘ynab o‘tirgan bo‘ladi, shuni o‘rniga dars tayyorlash kerak.
100% qóshilaman fikringizga
DiplomaT🇺🇿✈🇬🇧
Men ham o'tish balidan noroziman. Men o'tgan yili 167 ball bilan Diplomatiyadan yiqildim. Yana bir yil tayyorlandim 4 ta fandan. Lekin o'tgan yili past ball bilan kirolmagan tanishlarim qirģizistonda òqib 1 yil hech qanaqa qiynalmasdan, tayyorlanmasdan 100 ball tòplab perevod qildi. Yana 2 kursdan davom etadi. BU QANAQA ADOLATSIZLIK. DIPLOMATIYA VA YURIDISKINI KIRISH PEREVOD BALLARI BUNCHALIK PAST BÒLMASLIK KERAK.
Sizam shunaqa qiling edi osha tanishlarizni aqli ishlarkan endi ichi qoralik qilish keremas bu adolatsizlik emas bu Omad kimnidir Alloh rizqini kasbini shunaqa qilib qoshadi superga kiradimi gipergami chetdan perevod qiladimi HAMMASIGA OMAD PULI BOR OQIYDI BILMI BOR HAM OQIYDI DAVLATIMIZ RIVOJLANGAN DAVLATLAR ASOSIDA QARAB ISH OLIB BORVOTI CHETDA PULI BOR HAM OQIYDI BILMI BOR HAM MUHIMI BAXILLIK YOQ O'SISH BOR
Zulfiyaxon
Bilimi yoq bopturib pervod qilvolganlarga lanat😡😐😒😒😒
zoyirov
Xurshid aka siz 170 ball olgan odam 100 foiz zo'r kadir bo'lishga ishonasizmi va 66 ball olib yomon kadir bolishga javob berolasizmi hamma narsa ham nazaryaga bog'liq emasku siz pazitsyangizni o'zgartiring undan ko'ra ish joylarda konkirs bilan olishni istidodiga yarasha ishga olishni targ'ib qiling men havas qilib o'xshash ga harakat qilgan oqtuvchim oliy malumotli emas edi lekin tushuntirishi bilimi yaxshidi kallejni bitirgan o'qituvchi edi hamma narsa ham ball yani 5 bahoga bog'liq emasku bir siz ham dopingizni echib o'ylab koring
Zeba_madrakhimovNa
Farzandi oqisa òladimi, bilimi bòsa oqiydida
Insofiz farzandiz bormi szii,olloh rizqini qoshmagan bolsa qancha tayorlansayam foydasi yoq.Farzandiz oqishga kirganiga shuncha osmon bb ketdizmi
Э эплаган каддини урсин
Диля Дехкановна
Bek .
Bu savodsizlarga yoqmaydide bunaqa gaplar. Wuning uchun yomonlaydi Xushnud akani
Узбекчилигимиз одамгарчилик еколип кетяпти.
Bek .
To'gri gaplar bo'lgan Xushnud aka. Raxmat sizga yaxwi fikrlariz uchun. Qaniydi Oliy Ta'lim Vaziri va boshqa qaror chiqaruvchi organdagilar xam siz kabi fikrlaganda bilimli yoshlar ko'payib yurtimiz yanada rivojlanardi.
Show next 100 comments