❗️Фарзандини хорижга ўқиш юбормоқчи бўлаётган ота-оналарга мурожаат!Айниқса, кейинги йил Ўзбекистонга “перевод” қилиш илинжида фарзандини
(ёки ўзи) хорижга
(айниқса, Қозоғистон, Қирғизистон, Тожикистонга) ўқишга юбормоқчи бўлаётганлар охиригача эшитишларини илтимос қилар эдим.
Балки бу ерда айтилган гаплар кимларгадир ёқмас, балки кўнглига тегар ёки ўзимни айбдор қилишар, аммо буни айтмасам бўлмасди.
Айтган фикрларимдан кимлардир ўзи учун тўғри хулоса чиқарса, бундан хурсанд бўламан. 22 дақиқа вақтингизга рози бўлинг.
👉 @xushnudbek 👈
Ozi oliy talimni ahvoli juda rasvo bir paytda yanada saviyasiz
Bilimsiz kadrlar ayniqsa xalq talimini toldiryapdi
Bu kadrlar ozi bilimga muhtoju yana yosh avlodimizga talim va tarbiya beradilar
Men xurmatli oliy talim vazirimiz Toshqulovdan iloji bolsa oqishga kirishni emas unda talim olishni qiyinlashtirishlarini soragan bolardim
Shaxsam men bilan hatto ozbek tilida ismini togri yozaolmaydiganlar ham bitirib ketishdi
Endi hozirgilarni ahvolini gapirmasak ham bolaveradi
Gapingiz tòģri
Perevod qilayotganlar ham barcha qatorida ball olishi kerak shunda adolat bòladi.
Tòģrisi ham da kimdir qattiq mehnat qilib 150 ball bilan yiqiladi kimdir osongina 66.1 ball bilan 2-kursdan òqishni boshlaydi, bu nima degan gap.
Ba'zilar yozishyapti Bizning ta'limimizda adolat qolmayapti deb, aziz hamyurtlar adolatni avvalo o'zimizdan qidiraylik, davlatga avvalo o'zimiz foyda keltiraylik.
Aybni faqat birovdan qidirshga o'rganib qolganmiz, nega o'zimizdan qidirmaymiz , nega bilimim kam deb shikoyat qilmaymiz, faqat aybni davlatga to'ntaramiz. Inson qattiq xohlab o'qisa natija ham bo'ladi, ammo mehnat qilmay natijadan noliydiganlar ko'payib ketgan, hammani o'ziga insof bersin
ILMDAN BOSHQA NAJOT YOʻQ. (BUXORIY)