❗️Фарзандини хорижга ўқиш юбормоқчи бўлаётган ота-оналарга мурожаат!Айниқса, кейинги йил Ўзбекистонга “перевод” қилиш илинжида фарзандини
(ёки ўзи) хорижга
(айниқса, Қозоғистон, Қирғизистон, Тожикистонга) ўқишга юбормоқчи бўлаётганлар охиригача эшитишларини илтимос қилар эдим.
Балки бу ерда айтилган гаплар кимларгадир ёқмас, балки кўнглига тегар ёки ўзимни айбдор қилишар, аммо буни айтмасам бўлмасди.
Айтган фикрларимдан кимлардир ўзи учун тўғри хулоса чиқарса, бундан хурсанд бўламан. 22 дақиқа вақтингизга рози бўлинг.
👉 @xushnudbek 👈
1-maqsaddagi insonlar qatorida bòlish uchun boshqalarning ham millionlab pullari bòlishi kerak. Uncha puli yòq òrta hol yoki kambaģal xòjaliklar bilamiz yurtimizda yetarligina.
Bu yil perevod ballari past ball bòlishi uchun kòp janjal tòpolon bòlgan bòlsa va shuning uchun bu yil perevod ballari past qilganlar bòlsa, kim kafolat beradi kelasi yil ham perevod ballarini òzgartirmaslik uchun mana shunaqa janjal yoki tòpolon bòlmasligiga. Yildan yilga perevodchilarimiz soni oshmoqda bu degani janjal bòladi degani.
Maboda perevodning balli òtgan yilgi kirish balli bilan bir xil bòladigan bòlsa ham, perevodchilarimiz bundan hech narsa yutqazishmaydi. Aksincha ustunlik yana ular tarafida bòladi. Ularda aniq kirish ballari belgilangan bòladi, perevodchilar xorijdagi universitetda òqib yurgan payti repititorlarga yil davomida qatnashishadi òsha oxirgi kirish ballari uchun. Agar yil davomida repititorga qatnasa òtgan yilgi kirish ballini aniq topalshadi. Chunki kirish ballari pastroq bòladi.
Mayli perevodidan òtolmadi ham deylik. Bu degani perevodchilar kuyib qolishadi deganimasku, òzlarining xorijdagi universitetlarida òqishini davom qilidirib òsha universitetlarining diplomini olib ham Òzbekistonda ishlasa bòladiku, diplomlari Òzbekistonga òtadiku.
Yana bir gap, 170 ball bilan òqishga kirgan boladan universitetni bitirmoqchi paytida yana òsha testni oldiga tashlashsa, òsha bola 189 ball emas aksincha zòrga 130 ball tòplar, unda ham tòplolsa. Nimaga shunaqa, sababi shuki kòpchilik studentlar òqishga kirgancha òqidi, kirganidan keyin òqishni tashlashadi, kallasidagi bor bilimlari ham eslaridan chiqib ketadi. Talabalik oltin davrim deb yallo qilib yuraverishadi. Tògrimi gaplarim, ishonmasazlar òqishga kirgan student tanishlaringiz bòladigan bòlsa, bir yaxshilab savol-javob qilib kòringlar. (Qayerdan bilasiz buni desangizlar men ham studentman, kòplab studentlarni taniman shunaqangi)
Bundan tashqari ja adolatli bòlishini xohlashar ekan super kontraktni yòqotsinlar ana shunda adolatli bòlardi haqiqatdan ham. Bundan ikki yil burun mening bir tanishim Toshkent shahridagi Tibbiyot universitetiga òqishga topshirib, adashmasam 66 ball olgandi. 150 mlndan ziyod pul tòlab super kontrakt bilan òqishga kirdi, demak supper kontrakt tòlashga qurbi yetganlarni bilimi bòlsin, bòlmasin ularni òqishga kirishi adolatliyu, puli yetmaydiganlarniki adolatsizlikmi? Qani bu yerda adolat, qani bu yerda bilim? Uni yonidagilar 140 ball tòplab ham òqishga kirolmadilarku, ularning bir kamchiligi 150 mlnlab pullari yòq edi, lekin bilimi bor edi. Qani bu yerda adolat? Faqat puli borlar òqishi kerak deganimi bu? Òylanib qarasak kòpchilik narsalar pulga borib taqaladi yana.
Xushnud aka òtish ballini kòtarish uchun bor kuchi bilan harakat qilganidan kòra, universitetlarimizdagi òqiyotgan talabalarni yanada bilimliroq qilish uchun bor kuchi bilan harakat qilsa yaxshi bòlar edi. Faqat abituriyentlarni òqishga kirishidan oldin qiynayvermasdan, mundoq òqib yurgan talabalarni qiynashsin bilimli bòl deb. Qachon bizda faqat ishni boshini òylavermasdan oxirini ham òylashar ekanlar.
100 ball bilan 70% universitetlarning kirish ballari past bòlgan yònalishlarga kirsa bòladi. Lekin ingliz tili, med, ona tili va adabiyot, yurusprudensiya va shu kabi yònalishlariga hech eshitganmisiz 100 ball bilan òqishga kirganini. Mana shunaqangi yaxshi daromadli yònalishlarda òqib, ertaga daromadli kasblarni egallab turmush tarzini yaxshilashni xohlovchi òrta hol yoki kambaģal oilani bollari nima qilishlari kerak.
Xushnudbek akaning hamma aytgan gaplariga qarshi emasman. Faqat mana shu audiosini boshida aytagn gaplari menda ularning gaplariga nisbatan xatolik tushunchasini keltirib chiqardi. Men ham barcha talabalarimizni bilimli bòlib, mana shu bilimini orqasidan ertaga yaxshi yerlada ishlab, yaxshi sharoitlarda yashab, ota-onasini orzularini ròyobga chiqarishini xohliman.
Vaqtingizni ayamay òqib chiqqanlaringiz uchun hammalaringizga rahmat.😊
Qorni och bilan qorni to'qni nima ishi bor deyishgani shuda.DTM da yaqin 3 yil bo'ldi islohotlar boshlanganiga shuniyam kop koryapsizlarmi?
15-20 yil davomida shpargalka paravoz bunker terminlari bilan birgalikda yurilgani esilarda yo'qmi?Shu yillarda qancha bilimli yoshlar uvol bolganichi?Ana endi urush tugagandan keyin qahramon ko'payibdida.
Yoshlar qay holda bolmasin o'qish istagida bo'lishi bu ijobiy holat.
P.S:Yuqoridagilar X.X sizniki kabi faqat shaxsiy fikrlar
Retingda 100%-86%-5
85%-71%-4
70%-50%-3
50%-34%-
deganday ularni kasriga oqiydigalar ham iwlaydiganlar ham qop ketyapti wu gapizga. Men hamma fikrizga qarwiman siz avval yahwlab suriwtiring.