​​❓Хотин-қизларга берилган имтиёз қандай ҳисобланади?

#abituriyent

Кўпчилик шу савол билан мурожаат қилаётгани учун аниқ мисол билан тушунтирмоқчиман.

Жуда кўп хотин-қизлар "тавсиянома олдим, энди аниқ ўқишга кираман" деб ўйлаяпти. Аммо бу хато. Тавсияномадан ташқари улар юқори балл ҳам тўплаш керак, яъни билим ҳам муҳим.

Тавсиянома берилган хотин-қизларга республика бўйлаб кундузги таълимга давлат гранти асосида жами 940 та қўшимча квота ажратилган. Сиртқи ва кечки таълимда имтиёз берилмайди.

Квоталар ҳудудлар кесимида бўлиб чиқилган. Батафсил квота мана бу ерда:
t.me/xushnudbek/6372

Ҳисоблаш тартиби

Келинг, Самарқанд мисолида кўриб чиқамиз. Самарқанд вилоятида яшайдиган ва тавсиянома олган хотин-қизлар учун жами 104та қўшимча квота ажратилган. Хўш, бу нимани англатади? Имтиёз қандай қўлланади?

Бунинг тартиби қуйидагича:

➖ тушуниш осонроқ бўлиши учун Самарқанд вилоятига 5та квота берилган деб, тасаввур қиламиз;

➖ айтайлик Самарқанд вилоятида жами 40 нафар хотин-қизларга тавсиянома берилди;

➖ пастдаги 1-расмга қарасангиз, тавсиянома олган 40 нафар хотин-қизлар республиканинг исталган ОТМларига ҳужжат топширган (бу ерда осонроқ тушунарли бўлиши учун ОТМлар номларини олдим, йўналишларга бўлиб ўтирмадим);

➖ абитуриентлар турлича балл тўплашди;

➖ Самарқанддан тавсиянома олган барча хотин-қизлар орасида энг юқори балл олган 5 нафар абитуриентлар грант асосида қўшимча квотага қабул қилинади (2-расмда яшил ранг билан берилган);

➖ расмга қарасангиз, грантга кирган хотин-қизлар турли ҳудудлардаги ОТМларни танлаганини кўриш мумкин.

➖ қолган хотин-қизлар ўзининг бали билан умумий, эл қатори танловда иштирок этади, яъни бали етса киради, етмаса киролмайди.

Қиссадан ҳисса шуки, Самарқанд вилоятида жами айтайлик минг нафар хотин-қизларга тавсиянома берилган бўлса, улар орасидан энг кўп балл тўплаган 104 киши грант асосида қўшимча квотага қабул қилинади.


‼️Бешта йўналишни танлаганда, тавсиянома фақат 1-йўналишга ўтади. 2 ва ундан кейинги йўналишларда қўшимча квота берилмайди, умумий тартибда танловда қатнашилади.

Хуллас, тартиби шунақа.


👉 @xushnudbek 👈

435 comments

Show 100 more comments
https://lex.uz/docs/3244181#3245666 да магистратура кабули учун мутахасислик тест синовидан 55% дан кам олган абитуриентлар автоматически тест синовларидан йикиладими? Масалан 30та мутахассислик тестдан 16 та тугри ечган булса 53.3% ушбу абитуриент демак четлатилади тугри тушундимми олдиндан рахмат жавобингиз учун. Илтимос шунга тушунтириб бериб утинг
Sabohat_Qurbonova
Assalomu alekum 72.2 ball bilan xotin qizlar imtiyozim bor. Uqiwga kirolarmikinman
Assalomu alaykum "abiturent(ahborot portali)" rasmiy kanalida xotin qzlar uchun Grantni taqsimlanishini quyidagicha talqinida yoritilgandi👇
Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 4% lik grant asosida OTMga kirish tartibi qanday?

Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha grant asosida OTMga kirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom” qoidalari asosida tartibga solinadi.

✅Tavsiyanoma ajratilgan qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishida tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqini beradi.

⚠️Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun tanlovda ishtirok etishga nisbatan tatbiq etilmaydi❌🙅🏻‍♀. Shunindek, tavsiyanomalar faqatgina kunduzgi ta’lim shakliga ro‘yxatdan o‘tganlar uchun amal qiladi.

✅Ayni vaqtda, tavsiyanomaga ega xotin-qizlar faqat test sinovlarida to‘plagan ballarini bilib olishlari mumkin. Barcha abituriyentlar testlarni topshirib, natijalar e’lon qilingach, OTMlarga davlat granti asosida ajratilgan o‘rinlarning 4% i miqdorida belgilangan o‘rinlarga tavsiyanomaga ega xotin-qizlar qabul qilinadi.

Qabul qilish jarayonida tavsiyanomaga ega abituriyentlar belgilangan 4 % li kvota doirasidagi mavjud grant o‘rinlar uchun konkursda ishtirok etadilar. Bu degani tavsiyanoma olgan barcha xotin-qizlar o‘qishga davlat granti asosida qabul qilinmaydi. Tavsiyanoma ularga kichikroq doiradagi konkursda ishtirok etish imkoniyatini beradi.

☝️Masalan, bir OTMga davlat granti uchun 400 ta o‘rin berilgan, uning 4 % i 16 ta o‘ringa to‘g‘ri keladi. OTMga tavsiyanomaga ega 40 nafar xotin-qizlar ro‘yxatdan o‘tgan. Konkursda eng yuqori ball to‘plagan 16 nafar tavsiyanomaga ega xotin-qizlar davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadilar.

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan biroq, 4 % li grant doirasida qabul qilish uchun kerakli ball to‘play olmagan abituriyentlar umumiy konkursga qo‘shiladilar.

✅Tavsiyanoma oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi.

❗️2020/2021 o‘quv yili uchun Respublika OTMlariga umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan xotin-qizlar uchun to‘rt foizli qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari hududlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha.

🔰Nizomga ko‘ra, tavsiyanomalar berish mezonlari va tartibi bu yerda 👉 https://t.me/eduuz/2606

⭕️Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

#ushbu malumot ham tugrimi
УМИДА
Ман хам 154.3 балл олдим кирармиканман топширган университетимга балим етмаяпти
🌟🌟🌟
man 59,8 oldim buxoro kiramanmi maktabgacha talim
Д.Х
ichki ishlar xodimlari uchun ham kvota berilgan lekn tasdiqlanmagan ekan agar tasdiqlashsa grantga otish ehtimoli bormi? shu haqida ham malumot bersangz
Assalomu alaykum.Men abiturient onasiman.Men oilada yagona ishlovchiman.lekin mahallam imtiyozli tavsiyanoma bermaymiz deyishyapti.oyligim 1mln600ming som.Yoshlar daftariga kirgizamiz deydi. Unga ham 4%lik imtiyoz bormi.qizim sinov tariqasida DTM test topshirdi 5ta blokli 235ball oldi.lekin topshirayotgan universiteti sharqshunoslik.balli kotta joy.4ta farzandim bor.kottam talaba kontraktda uqidi
Xudoyberdiyev Yo'ldosh
Assalomu aleykum tavsiyanoma olgach uni qayerga topshirish kerak
Madinabonu
Assalomu aleykum online ariza topshirdim tavsiyanomani qanday olaman
Arizani qanday topshirsam bo'ladi
Утган йили олгандим тавсиянома энди утган йилги тавсиянома конуний кучга эга эмасм?
Sirojiddin
Arizani holatini qandey bilsam boladi
Ariza topwirdim sms orqali tasdiqlaw kodi keldi endi qanday tavsiya noma olaman ?tasdiqlaw kodini nima qilishim kerak
Qanday hujjatlar kerakligini aytsangiz .iltimos
Tavsiyanoma oldim men xotin qizlardan endi qay tartibda bo‘ladi
Keyin o‘qishga topshirganda qo‘shimcha kvota beriladiku masalan o‘shanda o‘tolmaganda Umumiy tartibda bo‘ladimi keyin balli ligotasi qo‘sholmaydimi
Arizani qanday topshiraman
HASANOV.A.E
Arizani topshirgandan keyin qanday olsa bo'ladi tavsiyanomani
Mohichehra Jahongirova
Assalomu alaykum ariza topshirish tugadimi nimagadir saytga kirsam hech narsa chiqmayapti endi kurdim xabarni doimgidek bizga qisqa vaqt berishadi bugun ariza topshirib bulmaydimi
Менин аризам келди лекин менга смс код келмади тасдикланмаган булиб турубди нимага менинг аризам кабул килинмаганми
Show next 35 comments