​​❓Хотин-қизларга берилган имтиёз қандай ҳисобланади?

#abituriyent

Кўпчилик шу савол билан мурожаат қилаётгани учун аниқ мисол билан тушунтирмоқчиман.

Жуда кўп хотин-қизлар "тавсиянома олдим, энди аниқ ўқишга кираман" деб ўйлаяпти. Аммо бу хато. Тавсияномадан ташқари улар юқори балл ҳам тўплаш керак, яъни билим ҳам муҳим.

Тавсиянома берилган хотин-қизларга республика бўйлаб кундузги таълимга давлат гранти асосида жами 940 та қўшимча квота ажратилган. Сиртқи ва кечки таълимда имтиёз берилмайди.

Квоталар ҳудудлар кесимида бўлиб чиқилган. Батафсил квота мана бу ерда:
t.me/xushnudbek/6372

Ҳисоблаш тартиби

Келинг, Самарқанд мисолида кўриб чиқамиз. Самарқанд вилоятида яшайдиган ва тавсиянома олган хотин-қизлар учун жами 104та қўшимча квота ажратилган. Хўш, бу нимани англатади? Имтиёз қандай қўлланади?

Бунинг тартиби қуйидагича:

➖ тушуниш осонроқ бўлиши учун Самарқанд вилоятига 5та квота берилган деб, тасаввур қиламиз;

➖ айтайлик Самарқанд вилоятида жами 40 нафар хотин-қизларга тавсиянома берилди;

➖ пастдаги 1-расмга қарасангиз, тавсиянома олган 40 нафар хотин-қизлар республиканинг исталган ОТМларига ҳужжат топширган (бу ерда осонроқ тушунарли бўлиши учун ОТМлар номларини олдим, йўналишларга бўлиб ўтирмадим);

➖ абитуриентлар турлича балл тўплашди;

➖ Самарқанддан тавсиянома олган барча хотин-қизлар орасида энг юқори балл олган 5 нафар абитуриентлар грант асосида қўшимча квотага қабул қилинади (2-расмда яшил ранг билан берилган);

➖ расмга қарасангиз, грантга кирган хотин-қизлар турли ҳудудлардаги ОТМларни танлаганини кўриш мумкин.

➖ қолган хотин-қизлар ўзининг бали билан умумий, эл қатори танловда иштирок этади, яъни бали етса киради, етмаса киролмайди.

Қиссадан ҳисса шуки, Самарқанд вилоятида жами айтайлик минг нафар хотин-қизларга тавсиянома берилган бўлса, улар орасидан энг кўп балл тўплаган 104 киши грант асосида қўшимча квотага қабул қилинади.


‼️Бешта йўналишни танлаганда, тавсиянома фақат 1-йўналишга ўтади. 2 ва ундан кейинги йўналишларда қўшимча квота берилмайди, умумий тартибда танловда қатнашилади.

Хуллас, тартиби шунақа.


👉 @xushnudbek 👈

435 comments

Show 100 more comments
Miniimun ball bularga xam Amal qiladimi
Feruza
Shu yil 38509 nafar abiturientga imtiyoz berilibdi ularga ball qushib beraverilsa biz yana kontrakka qolaveramizmi
Albatta imtiyoz olganlar ham saralanishi kerak Kim bilimli bo'lsa albatta Usha kvotalar ular uchun bolishi kerak
Assalomu alekum Hushnudbek aka mandat.dtm.uz sayti otkan yili oldinroq ishga tushgan ediku bu yil nega chozilayabdi ertaroq ishga tushurishni iloji yoqmi
Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz ijodiy imtihoni bor yo'nalishlarga ham o'tadimi?
Ассалому алейкум Хушнудбек ака бир саволим бор эди. Хотин кизлар учун берилган тавсиянома олинган булса олинган тавсиянома Хотин кизлардан Энг юкори бал олса лекин Бали 56 балдан паст булса укишга Кабул килинадими?
Qaysi viloyatdan nechta qiz tavsiyanoma olganini qanday bilsa bo'ladi?
56 балдан паст олган Хотин кизлар укишга Кабул килинадими?
Xushnudbek, anavi adminlaringizga ayting, bir okamizdan banni olib tashlasinlar. Xushnudbek imtihondagi o'yinlarda qatnashgani haqida aytganlaridan beri ta'qiq qo'ygansizlar. Demak qatnashganlaring aniq. So'z erkinligini o'zlaring bo'g'ib, yana bu yerda so'z erkinligi uchun kurashayotgandek ko'rinmoqchimisizlar. Erkak bo'linglar va okamizdan banni olinglar. Yoki lozim - ishton kiyvolinglar, Xushnud. Bitta gapga javob qaytara olmaydigan nomard ekansizku. Qashqadaryodan hali bunaqa orqadan ish qiluvchi tirroqi chiqmagan. Gapga shaxsan javob berish kerak, ayolga o'xshab ban bermasdan.
Sabohat_Qurbonova
xar bitta imtiyozga ega ayollaga imkoniyat beriw kerak. chunki waroiti og'ir ayollar va qizlar ham jamiyatga quwiliwi va oilasini boqiwi kerak. Maqsad ularni noumid qilib quyiw va wunchaki imtiyozlar qog'ozda qolmasin.
Hammamizga davlat 9 yoki 11 yil bepul ta'lim olish uchun birdek imkoniyat bergan. Kambag'alga Kam boshqalarga ko'proq dars ajratib berilmagan. Har Kim bilim olishga intilsa xoh boy xoh kambagal institutga bilomlilarni qabul qilish uchun yildn yilga yaxshi chora tadbirlar korilyabdi. Men ham oddiy kambag'al oilada o'sdim va 2014 yilda (u paytlrda imtihon kopkaridek gap edi) hujjat topshirib haqli o'qishga kirdim. Hozirgi vaziyatni u paytdagi bilam solishtirib bolmaydi. Axir xozir o'qishga kirish imkoniyati avvalgidan ancha yuqori. Harakat qiling o'qing bilimingiz bo'lsa inshallah Talaba bo'lasiz
O'zi 50 ball olish ham epmi, aqli zaiglar oladigan balku
Hech bo'lmasa 90 ball ol, yarmini, keyin bir nimaga ta'ma qil, kallang tovuqning kallasidek ishlagani uchun 56 ball olib , yana pata-pat, qilasaney ayrim abituriyentlar
90 ball ololmaydigan abituriyent ham abituriyentmi, kallasi musir quti
Assalomu alaykum. Umuman testlar tugri tekshirilmagan shahsan uzim tarix fanidan 30 ta savolni esladim va tekshirdim 26 ta chiqishi kerak edi boshqa tanishim bilan ayrim savollarimiz bir xil ikkalamiz ham bir xil javoblarni olganmiz ln unda tugri manda esa xato. 60 savol jadval edi javobi esa c bulishi kerak usha jadval manda xato olingan ln javobi aniq usha buladi. Ona tili ham shu ahvol. Nimaga bunaqa nosozliklar bulayapti. Bizning taqdirimiz Dtm uchun bir chaqaga qimmatmi
@ Music.UZ N....a
Assalomu alaykum xotin qizlarga ajratilgan imtiyoz bn grandga kirsa usha yunalishga 5 ta grand bulsa ushani hisobidan buladimi yoki alohida grand buladimi
Qamariddin Islomov
Салом ногиронлиги бор абитурентлар хакида йозинг дтм варакага имтийоз. Мавжуд эмас деб берилди хужат топширишда кушувдим бор эди дтм га чикмади
Nicola
Assalomu alaykum hammaga shu jumladam Xushnudbek aka sizga ham
Maftuna
Assalomu alekum meni ham shu savol qiziqtiryapti 50 60 ball olganlar ham o‘qishga qabul qilinadimi
Nicola
Men 148 .3 ball to'pladim xotin-qizlarga ajratilgan 4% lik tavsiyanoma ham bor kiraolamanmi Nukus pedogika institutiga
@ Music.UZ N....a
Musiqa yunalishiga topshirganman 50 ta qabul bulaykan lekin man 52- o'rindaman shulardan 2 tasi xotin qizlar uchun berilgan imtiyozdan ekan shunda ular alohida kvota bulip chiqip ketsa man 50- o'rinda chiqamanmi shunga javob berip yuboring iltimos.
Nicola
Men 148 .3 ball to'pladim xotin-qizlarga ajratilgan 4% lik tavsiyanoma ham bor kiraolamanmi Nukus pedogika institutiga
Molodes, mana shunaqa abituriyentlar gapirsa ekan, inshoolloh, kirasiz. 50-60ball to'plagan aqli zaiflardan ko'ra siz haqlisiz.
Bu yil 90 ball ololmaganlarni keyingi yil testlarga kiritmaydigan qaror chiqarish kerak, ana shunda oliy ma'lumot, diplom degan tushunchalar aqli zaiflar orasida xor bo'lmasdi. Super kontraktniku , umuman yo'qotish kerak. Qiynalmay kirgan, qiynalmay o'qish davrini o'tkazadi, keyin qiynalmay ishini topib, tepangizga rahbar bo'lib keladi, bu bo'qqa botgan korrupsion tizimda.
Show next 100 comments