Kim 10 marta oʻtirib tursa mana bu iphone telefonni beraman desam hamma oʻtirib tura oladi. Kimga berishim kerak?
Lekin yoniga endi kim 100 marta “otjimaniya” qiladi deb qoʻshimcha qilsam nari borsa 1-2 odam eplashi mumkin.
Bu oddiy hayotiy misol edi.
Endi savollar qiyin deb e’tiroz bildiradigan ota-onalarga: Farzandingizning hozirgi xursandchiligi va natijaga yengil erishi muhimmi yoki hali bilmagan narsam koʻp ekan, oʻqib oʻrganaman deb murakkab masalalarga moslashib borishi muhimmi?
Oʻquvchilarimga ham aytardim: 10 ta sen bilgan savolni uyga vazifa bersam foydalimi yoki kamida 5 ta senga notanish vazifa bersammi? Ertasiga mendan 5 ta yangi bilim olasan.
Qilich olovda toblanib keyin unga suv beriladi...bolg'a ostida zarbalardan so'ng u shunaqangi keskir buladiki...hatto oddiy temirdan shunday mujiza buladimi deb ishonmaysan kishi.Ilm ham shunaqa mashaqqat evaziga sayqallanadi.Qanchalik og'ir bulmasin bu mehnatni ertaga mevasini yeyish qanchalik rohat...Shuning uchun ilm olishda hech qachon DANGASALIKKA yul quyish kerak emas deb uylayman.
MAFTUNA + FOTIMA + MUHAMMAD YUSUF
Olimpiada tashkilotlarchilariga kattakon rahmat. Toʻgʻri savollar ozgina qiyin,lekin intilyapti. Keyingi safar shunday savol tushsa qiynalmay bajaryapti. Alloh sizlardan rozi boʻlsin.
Fikringizga qo'shilaman. Ba'zi misollarni ishlanish usullarini o'qituvchilar ham bilmaydi lekin. Shuning uchun foydali darslik yoki qo'llanmalar bo'lsa tashlab bersangizlar yaxshi bo'lardi. Ayniqsa oddiy maktab o'quvchilari uchun