This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўз ҳисобидан таътил олиш мажбурийми?

Кўпчилик корхоналар, айниқса давлат ташкилотлари карантин шароитида ходимларини ўз ҳисобидан таътилга чиқариб юборишган. Бунда аксарият ҳолларда ходимларнинг розилиги сўралмаган. Шунчаки «аризангизни ёзинг» дейишган, тамом. Ходимлар ҳам ёки раҳбарга қарши чиқишдан қўрққанидан, ёки андиша қилиб, ёки яна бошқа сабабларга кўра, индамай ёзиб беришган.

Аммо мажбуран ўз ҳисобидан таътил олган ходимлар оиласини қандай боқади?

Меҳнат кодексининг 150-моддасига кўра, ходимга ўз ҳисобидан мажбурий таътил бериш мумкин эмас, бунга фақат икки томон рози бўлиши шарт.

Агар корхоналар карантинда ишламаётган бўлса, унда ходимларга ойлик тўланадими? Ҳа, тўланади! МК 159-моддасига кўра, ходимнинг айбисиз бекор туриб қолинган вақтда унинг ўртача иш ҳақи сақланади.

Пандемия ёки карантин бўлгани учун бирорта ходимларнинг айби йўқ. Шундай экан, уларга мажбуран ўз ҳисобидан ариза ёздириш ҳам қонунга зид, ҳам ноинсофлик.

Мазкур видеода яна ҳам батафсилроқ тушунтирганман.


👉 @xushnudbek 👈

220 comments

Show 40 more comments
Onam maktabda xodim ular shunday ariza yozdirishgan bizda bunday narsa oddiy hol osmonimz musaffo yurt tinch
Элёр Юлдашев
Бу хеч кимни кизиктирмайдиям
Шундай дейсизку-я, аммо мамлакатимизнинг жон томири булган шундок КУДРАТЛИ ТАШКИЛОТ нахотки ходимларига маош топиб беролмаса?!
Bekzod Jumaniyazov
To'g'ri gap. Xamma ta'lim muassasalrida laborantlat o'z xisobidan ta'tilga chiqarilgan.
Aziza
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.
Kantrakt pulini 2 chi (semestr)to'lovini to'lamaganligi sababli OTM dan chetlashtiriladimi ?
Parviz Oripov
Byudjet tawkilotlari bunday qilishi tugri emas. Sababi ularga pul ajratilgan. Lekin men ham aniq gapirolmayman ajratilgan pullari prognoz bn keliwi kutilayotgan soliqlardan muljallangan bulsa unda byudjet ham yuq pulni qaydan beradi. Bloger degani ikki taraflama fikr yuritolmas ekan fisqu fasot bosadi hamma joyni.
Assalomu Aleykum. Bizlargayam may oyi uchun òz xisobimizadan ariza olishdi. Iyun oyida ham ishga tushmase yana shu arizamiza chòzilib ketadimi
Абдурахманов Сахиб Абдурахманович
Даргохлар тугул адлия хам ходимларидан уз хисобимдан деб татилга ариза ездирди.
Hayrli kun. Barchaga ramazon oyi muborak bo'lsin. Savolim karantin davrida ishlamagan tashkilotlar ishchilar oyliginini o'rtachasi aaqlqnib qolilinishi yozilibti. Ammo ish beruvchi ish bilan ta'minlagan bo'lsa va ishchilarni " vaxta" shaklida ishlatgan bo'lsa. Biroq hodimlar biz dam olamiz deb ishlamagan bo'lsa. Bu holatda qanday boladi.
2. Savol hodimni ishga olasiz. Uni hujjat asosida ishga qabul qilishga xarakat qilasiz. Biroq hodim bir joyda 3-4 oydan ortiq ishlamay siz bilan xisoblashmay ketib qoladi. Ayniqsa kuz mavsumida ish qidirib keladi va bahor kelsa Rossiyaga yoki bo'lmasam Boshqa davlatlarga ketib qoladi. Bularning chorasi qanday bo'ladi. Yana ish beruvchi aybdor. Bu muammo barcha ish beruvchilarda bor.
Тошкент вилояти
Жуда кўп жойларда мажбуран иш хақи сақланмаган холда мехнат таътилига чиқаришган. Рахбарлар кўп нарсадан хабардор бўлишга вақти етмайди. Бу нарсаларни кўпроқ қўл остидаги ўринбосарлар битиради.Уларга қаршилик қилсангиз дарров рахбарга сизни ёмон тарафингизни кўрсатиб ишдан хайдаттиришгача олиб келади
Qonunga xilofligi aniq
Lekin amalda bu yo'q
Parviz Oripov
Qonun degan narsa uzi nima? Uni vazifasi nima maqsadi nima qachon qullaniladi bularni ham tuwuntiriw kk yurest. Faqat qonun qatiy qoida ekanligini tuwuntirmasdan.
Мехнат вази)лиги,касаба уюшмаси каёкка караяпти?
Бу ташкилотлар хужа курсинга!!!
Yechim haqida nima deya olasiz. Qonunni falon moddasida unday bunday deyish huquqshunos uchun muammo emas, ammo yechimni berishinggizni iltimoq qilardim. Davlat muassasasida ishlaydigan ishchi raxbariga davlat qonunini eslatib òtirish kerak emas aslida, lekin nima ham derdik qonun ustuvorligiga bizham erishib qolarmiz qachondir. Agar notòģri fikr bildirgan bòlsam uzur.
Parviz Oripov
Russ ga borib yoki chetda iwlab kelganlar Uzb ni quli bulsa ham arziydi. Davlatda yawab kelgan uz fuqarolari qolib chetda iwlab chetga soliq tulab kelganlarni davolayapdi har biriga 100 mln lab xarajot qilib. Tugri ular pul yubordi bizga pul keldi lekin bu degani ular avliyo degani emas
Parviz Oripov
Buni ham muhokama qilingizlar
Абдурахманов Сахиб Абдурахманович
Даргохлар тугул адлия хам ходимларидан уз хисобимдан деб татилга ариза ездирди.
To'g'ri DXA ham majburiy tarzda o'z hisobidan ariza yozdirdi, yozmaganlarga ishga chiqgandan keyin ular ham naprinsip qilib, ishidan ayb topib ishidan bo'shatish bilan tahdid qilishdi
Agar kasallar to‘liq tuzalsa talim soxasidagi davlat va nodavlat tashkilotlarini ochilish niyati bormi. Masalan xudo xoxlasa 15 mayda hamma kasallarimiz tuzalsa uyog‘iga ochiladimi
Parviz Oripov
Elyor aka yoki gaplarim notugrimi?
Show next 100 comments