Menda ba’zida ota-onalarni qaytadan oʻqitish kerak degan fikr paydo boʻladi.
Yozgi maktabda qancha katta ish qilinganini har kuni 3-4 ta video bilan koʻrsatib bordik. Butun jamoamiz kun-u tun harakat qildi. Ilk marta Xorazmdan katta jamoa keldi. Tugʻilib oʻsgan vatanim deb boshqa birorta hududga berilmagan imtiyozlar berildi. Bugungacha, ya’ni natijalar chiqqanicha bizdan zoʻri yoʻq edi.
Har doimgidek, natija chiqganidan keyin boshlanadi. Farzandi yutsa sendan zoʻri yoʻq. Oʻrin olmasa (aslida u eng muhimi boʻlgan bilimni oldi) aslini koʻrsatishni boshlashadi.
Oʻrtoqlar, “Yozgi maktab” bu “Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasining finali. U 4-mavsum oʻtkazilmoqda. Har doim kategoriyalarga boʻlib oʻtkazilgan, sinflarga emas. Barcha xalqaro musobaqalar shunday oʻtkaziladi. Chunki rivojlangan davlatlar (aslida ulardagi ota-onalar rivojlangan) bilishadiki, eng muhimi bu tajriba va bilim. Bu haqida har uchrashganimda aytganman. Befoyda.
Ota-onalardan biri (oʻqiyotgan boʻlish ehtimoli katta) “hech bir olimpiadasiga qatnashmaymiz, meni bolam falon sinfda faloninchi oʻrinda turardi” debdi. Buni jamoamiz a’zolaridan biri eshitib tushkunlikka tushib qolibdi. Menga qarata “Ustoz biz uxlamay, charchasak ham shu bolalar uchun mehnat qildik. Biz shunday gapga munosibmizmi” deb savol berdi. Toʻgʻrisi javob bera olmadim.
Bir ustozim aytgandi: “Yaponiyadek davlatimiz boʻlishi uchun yaponlardek boʻlishimiz kerak”.
Mayli nima boʻlsa ham juda yuqori saviyada yozgi maktab oʻtkazildi.
2023-yilda ota-onalardan biri murojaat qilgan edi. Hamma joyda olimpiada qilasiz, nega Xorazmda qilmaysiz deb. Tugʻilgan yurtimda juda katta ommaviy harakatga aylantirgan edik. Lekin bugungi munosabatdan keyin Xorazmda olimpiadalar davom ettirish masalasini endi jiddiy oʻylab koʻraman. Katta harakatga aylangan edi. Lekin bunday munosabatni shunchaki qabul qilib ketolmayman.
Аҳмоқлар ҳар ерда бор. Эьтибор қилманг, видеоларда кўрдик. Давлат қилолмиди бундай катта ишлани. Тўхтаб қолманг илтимос, мен 66 ёшдаман. Ҳар нарсага эьтибор қилсангиз соғлиқ йўқотасиз болам
Dilfuzaxon Xasanova
Toxtatmang olimpiadani
Yulduz Yangibayeva
Eʼtibor qilmang.Hiso olimpiadangizning online turi ham ,oflayn turi ham zoʻr!
Hurmatli ustoz xafa bo'lmang.Mevali daraxtga tosh otishadi.Men ham shu yerda nevaram bilan keldim.Bu jarayonlarni tashkilashtirish oson emas.Boshimiz yerga tekkuncha ta'zim qilamiz.
Тохир
Сизларга катта рахмат шундай нуфузли олимпияда тшкил килганинггиз учин . Беш кул баробар эмас тушкунликка тушманг болаларимиз жуда яхши дам олишди дарсларни хам яхши ташкиллаштирипсиз .хар кандай ишда хам тусиклар булади
Assalomu alaykum men o'quvchilarimni keyingi yil olimpiodaga olib boraman deb niyat qilganman to'xtatman
SAYIDOVA GO'ZAL
O'g'lim ham olimpiadalarda qatnashib ancha bilim va tajribaga ega bo'ldi.Shuncha bolalarni bir joyga to'plab olib borish uchun ancha kuch,mehnat,vaqt sarf qilinadi. Aksincha Xorazmda olimpiadani yanada kuchaytirishimiz kerak. Sizdan minnatdormiz. Yana yangiliklar kutib qolamiz.
Dilshod
Bunaqa odamlar xamma joyda topiladi. Kayfiyatingizni tushirmang. Xorazmda matematikani rivojlantiring
Тушкунликка тушманг. Яхшидан хам аъло иш бошлагансиз, ривожини берсин. Мен углимни урин ололмай йиглаганини куриб кувондим. Катта мотивация булди унинг учун шу бир хафтанинг узи, узидан зурларини курди, кейинги йилга катта марралар билан келишни максад килди узига. Рахмат, барча ташкилотчиларга. Ишларинггизни ривожини берсин. Тиррики бузок подани булгайди дейди, унака савияси пастлар хамма жойда хам учрайди. 1-2 одам гапи билан тухташ уйламай чикарилган карор деб биламан. Ишларинггизни ривожини берсин, бошлаган ишни тухтатман, факат олга. Ортикчалар узидан-узи чикиб кетади. Чунки, бу ишларни ташкил килишнинг узи сабр, каноат ва шижоат талаб килади, вахоланки катнашувчиларга хам. Омад, яна бир бор катта Рахмат.
Assalomu alayku. Ayrim ota-onalarning munosabati sababli hamma ota-onalar shunday tushunchada deb o`ylashiz noto`g`ri manimcha. Shaxsan men sizni qilayotgan ishizni qadirlayman. O`g`lim siz tashkillashtirgan olimpiadalarda qatnashib o`z ustida ishlashni boshladi. Olimpiadalarda o`rin olish, tengqurlaridan bir qadam oldinda bo`lish istagi kuchaya boshladi. Shunday ekan boshqa bolalarda ham shunday o`zgarishlar bo`lganligi tabiiy. Siz boshlagan ishingizni davom ettirishingiz kerak. Bunday olimpiadalar qiziquvchan, o`z ustida ishlaydigan, yuqori marralarni zabt etishni istaydigan bolalarga juda zarur.