Menda ba’zida ota-onalarni qaytadan oʻqitish kerak degan fikr paydo boʻladi.
Yozgi maktabda qancha katta ish qilinganini har kuni 3-4 ta video bilan koʻrsatib bordik. Butun jamoamiz kun-u tun harakat qildi. Ilk marta Xorazmdan katta jamoa keldi. Tugʻilib oʻsgan vatanim deb boshqa birorta hududga berilmagan imtiyozlar berildi. Bugungacha, ya’ni natijalar chiqqanicha bizdan zoʻri yoʻq edi.
Har doimgidek, natija chiqganidan keyin boshlanadi. Farzandi yutsa sendan zoʻri yoʻq. Oʻrin olmasa (aslida u eng muhimi boʻlgan bilimni oldi) aslini koʻrsatishni boshlashadi.
Oʻrtoqlar, “Yozgi maktab” bu “Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasining finali. U 4-mavsum oʻtkazilmoqda. Har doim kategoriyalarga boʻlib oʻtkazilgan, sinflarga emas. Barcha xalqaro musobaqalar shunday oʻtkaziladi. Chunki rivojlangan davlatlar (aslida ulardagi ota-onalar rivojlangan) bilishadiki, eng muhimi bu tajriba va bilim. Bu haqida har uchrashganimda aytganman. Befoyda.
Ota-onalardan biri (oʻqiyotgan boʻlish ehtimoli katta) “hech bir olimpiadasiga qatnashmaymiz, meni bolam falon sinfda faloninchi oʻrinda turardi” debdi. Buni jamoamiz a’zolaridan biri eshitib tushkunlikka tushib qolibdi. Menga qarata “Ustoz biz uxlamay, charchasak ham shu bolalar uchun mehnat qildik. Biz shunday gapga munosibmizmi” deb savol berdi. Toʻgʻrisi javob bera olmadim.
Bir ustozim aytgandi: “Yaponiyadek davlatimiz boʻlishi uchun yaponlardek boʻlishimiz kerak”.
Mayli nima boʻlsa ham juda yuqori saviyada yozgi maktab oʻtkazildi.
2023-yilda ota-onalardan biri murojaat qilgan edi. Hamma joyda olimpiada qilasiz, nega Xorazmda qilmaysiz deb. Tugʻilgan yurtimda juda katta ommaviy harakatga aylantirgan edik. Lekin bugungi munosabatdan keyin Xorazmda olimpiadalar davom ettirish masalasini endi jiddiy oʻylab koʻraman. Katta harakatga aylangan edi. Lekin bunday munosabatni shunchaki qabul qilib ketolmayman.
Тушкунликка тушманг. Яхшидан хам аъло иш бошлагансиз, ривожини берсин. Мен углимни урин ололмай йиглаганини куриб кувондим. Катта мотивация булди унинг учун шу бир хафтанинг узи, узидан зурларини курди, кейинги йилга катта марралар билан келишни максад килди узига. Рахмат, барча ташкилотчиларга. Ишларинггизни ривожини берсин. Тиррики бузок подани булгайди дейди, унака савияси пастлар хамма жойда хам учрайди. 1-2 одам гапи билан тухташ уйламай чикарилган карор деб биламан. Ишларинггизни ривожини берсин, бошлаган ишни тухтатман, факат олга. Ортикчалар узидан-узи чикиб кетади. Чунки, бу ишларни ташкил килишнинг узи сабр, каноат ва шижоат талаб килади, вахоланки катнашувчиларга хам. Омад, яна бир бор катта Рахмат.
Assalomu alayku. Ayrim ota-onalarning munosabati sababli hamma ota-onalar shunday tushunchada deb o`ylashiz noto`g`ri manimcha. Shaxsan men sizni qilayotgan ishizni qadirlayman. O`g`lim siz tashkillashtirgan olimpiadalarda qatnashib o`z ustida ishlashni boshladi. Olimpiadalarda o`rin olish, tengqurlaridan bir qadam oldinda bo`lish istagi kuchaya boshladi. Shunday ekan boshqa bolalarda ham shunday o`zgarishlar bo`lganligi tabiiy. Siz boshlagan ishingizni davom ettirishingiz kerak. Bunday olimpiadalar qiziquvchan, o`z ustida ishlaydigan, yuqori marralarni zabt etishni istaydigan bolalarga juda zarur.
Assalomu aleykum, juda katta yangilik boʻldi, Xorazmda yoʻlga qoʻyilgan olimpiada farzandlarimizni juda oʻstirdi, har safar olimpiadada undan oʻtishim kerak, bundan oʻtishim kerak deb plan qilib kelardi, yoʻllanmani ham qoʻlga kiritdi, lekin imtihonlarga tayyorgarlik sabab borolmadi, borganlarga videoda koʻrib havas qilib oʻtirdik Katta yoʻlga chiqdingiz, bu natijalarni izi xalqaro olimpiadalarga yoʻl ochadi!
Sizlarga katta rahmat ustozlar ilohim bizlarni ham farzandlarimiz sizlarga oʻxshagan ilmli boʻlishsin. Buning uchun sizlar ham bizlar ham aslo taslim boʻlmaslikimiz kerak ayrim insonlarning kasriga shu bolalar qolmasin
Sharipboy Rõzmetõv
Nega Xorazmda olimpiadalarini toʻxtatmoqchisiz axir bizning bolalarimiz bu olimpiadaga boshqacha mehr qoʻyishgan har safar olimpiadadan bir kun oldin xayajon bilan oʻtirishadi. Lekin har xil odamlarni gapini deb olimpiadani toʻxtatishingiz yaramaydi
Шоира
Ассалому алайкум .Беш кул баравармас.У гапи билан узини савиясини кай даражада эканлигини курсатган.Сиз хафа булишизга арзимайди.Олимпиадани тухтатманг.Фарзандим 1 йил тухтовсиз" ёзги мактаб" га бориш учун олимпиадага катнашди .Сиз бу билан куплаб фарзандларни уз олдига максад куйишга ургатдиз.Тухтатманг Хоразмда яна булсин.Ишларинггизда омад ёр булсин.
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Ustoz, hafa bo‘lmang. Suyagi yo‘q til har tarafga ketib qoladi. SHuncha harakat qilib kelmoqdasiz. Buni bandasi bilmasa ham YARATGAN biladi. O‘ZI ajrini barokotli qilib bersin. Mehnatlariza rozi bo‘lingiz. Bugun ham farzandim hursand bo‘lib, ko‘zlar quvonchdan to‘lib qaytdi, olimpiadadan. Kitob uchun raxmat kattakon, Alloh rozi bo‘lsin
,
Ассалому алайкум хурматли Khiso жамоаси авваламбор сизларга катта рахматлар айтамиз. Ишларингизда омадлар тилайман. Хоразмда олимпиада ўтказишларингизни илтимос қиламан. Айрим инсонларни гап сўзлари деб олимпиадани тўхтатмасликларингизни сўрайман. Сизлар деб фарзандимни ҳар олимпиадада иштирок қилганида харакат қилишни билимини янада ривожлантиришни мақсад қилади. Тушунган ота оналар сизларни қўллаб қувватлайди . Шунинг учун гапларга эътибор бермай ишларингизни давом қилдиринг. Рахмат катта сизларга
Assalomu aleykum. Bu gaplarga hafa boʻlib hammani jazolamang. Chunki shu olimpiadani deb oʻgʻlim har kuni harakatda. Bugun 25 oʻrin olgan boʻlsa ham hafam boʻmadik. Biz uchun eng muhimi tajriba. Keyinki yilga niyat qildik hudo holasa khisoda aktiv qatnashishni. Tashkilotchilikka kelsak gap topishga haqqimiz yoʻq. Chunki uyga kelgan 2ta mehmonni koʻnglini olish hozirgi zamonda qiyin boʻlgan. Hurmatli Sardor Bozorboyev qaytanga khiso olimpiadalarini har hafta tashkillashtirsangiz judayam hursand boʻlamiz.Sizga katta rahmat. Ilohim farzandlarngiz rohatini koʻring. Sizdan vatan uchun bundanda yuksak ishlar kutib qolamiz. Hurmatimiz cheksiz sizga
Albatta yuqorida aytilayotgan fikirlarga men ham qo'shilaman.Mening ham farzandim hozir yozgi maktabda to'g'risini aytsam o'g'lim juda tortinchoq bola lekin shu o'tgan 6 kun ichi o'g'limda katta o'zgarishlar ko'ryapmiz va bundan juda hursand bo'lyapmiz sizdan iltimos bunday hayrli kelajak avlodlarimizga juda katta foydasi tegayotgan bilim tarqatayotgan alimpiadalarni to'xtatmaslingizni iltimos qilaman.Biz har kun kuzatib boryapmiz o'quvchilarga yaratilgan shart sharoitlarga gap bo'lishi mumkinmas buning uchun sizga va sizning jamoangizga katta minnatdorchilik bildiramiz
Zoya Rajabbayevna
Assalomu alaykum hurmatli Khiso jamoasi.Sizlarga katta rahmat. Bolajonlarimiz mazza qilishdi . Jamoangizda meni o'quvchilarim bor.Xudo holasa yanagi yilga o'g'lim orzu qilib havas qilib o'tiribdi .Men ham boraman deb .Videolarni ko'rib .Besh qo'l barobar emas xafa bo'lmang ustoz . E'tibor bermang .Yana bir bor katta rahmat sizga.
Mehrojbek Fayzbek
👍👍👍
Muslima Tajibaeva
Assalomu aleykum. Yozgi maktabni tashkil qilgan, bilim bergan ustozlar, farzandlarimizga qaragan barchaga raxmat. Farzandlarimiz juda hursand bo'lishdi. Qizim sinfdoshlari bilan birga keldi va bu bir umr esda qolarli kunlar bo'ldi. Dunyoqarshlari o'sdi, do'stlar orttirishdi. Olimpiadani o'tqazib uyga qaytiahga majbur bo'ldik. Taqdirlashda qatnashishni juda hohlab turgandi qizim. Siz hafa bo'lmang, bunday loyiha qilish oson ish emas, o'zim guvohi bo'ldim. Bundanam yaxshi loyihalar qilasiz degan umiddamiz, yo'lingizdan qaytmang
Assalomu alaykum hurmatli jamoa! Katta raxmat, yil bo'yi o'tkazilgan olimpiadalar uchun, bilim, tajriba uchun, farzandlarimizni birlashtirgan yozgi maktab uchun.... Bularning ortida katta mehnat va harakat yotganini juda yaxshi bilaman, o'qituvchi sifatida! Va sizlardan iltimos qilaman bir ikkita tushunchasi tor insonlarning fikrlari deb bolalarning bilimini oshirishga qaratilgan maqsadingizdan aslo og'ishmang, qaytmang! It hurar-karvon o'tar! Aslida itning hurishi karvonning tezroq yurishiga sababchi bo'ladi! To'xtamanglar!!!! Tak derjat!!!
Nurjonova Nafisa
Assalomu alaykum Hurmatli khiso jamoasi avvalo sizlarga shuncha say harakatlaringiz uchun katta raxmat , bu harakatlaringiz bilan qanchadan qancha iqtidorli o'quvchilarni iqtidorini yuzaga chiqishiga va ularning bilimlarini yanada oshishiga sababchi bo'ldingiz ,bu hayrli ishingiz evaziga ollohim nasib qilsa o'z mukofotini sizga ko'rsatadi, ayrim tushunchasi past insonlarni gap so'zlaridan hafa bo'lmang , bunday insonlar faqat Xorazmda emas qayerga borsangiz ham topiladi , lekin e'tibor qilsangiz , bunday insonlardan ko'ra sizni qo'llovchi insonlar ko'p bu sizni yutug'ingiz.Har doim Ollohim hamrohingiz bo'lsin, omadingizi bersin.
Assalomu alaykum.. KHISO jamoasi. Sizlarga katta rahmat. Bu qilayotgan ishingiz kimnidir g'olib qilish yoki maqtash uchun emasku. Asosiysi o‘quvchilarni bilimi oshadi. O'zaro tengqurlari bilan ota onadan uzoqda yashash qandayligini bilib olishadi.
Kimnidir bilib bilmay aytgan gapi uchun ortga chekina olmaysiz. Bunda endi sizning tanlash imkoniyati yo'q. Bolajonlar bunga yo'l qo'ymaydi..
Dilnoza Sharofiddinovna
Assalomu alaykum khiso jamoasi bunday odamlar hamma joyda topiladi shuning un unday saviyasiz odamlarga etibor bermaslikni tavsiya qilaman.shaxsan oʻzim yozgi maktabga borib ovqatlarini sharoitlarini koʻrib gap yoʻq dedim bunday sharoit hatto baʼzi oilalarda topilmaydi xayrli ishlaringiz bardavom boʻlsin.bu gapni oʻqib meni yodimga Muhammad s.a.v haqidagi bir ajoyib voqea tushdi.
Katta yoʻlga chiqdingiz, bu natijalarni izi xalqaro olimpiadalarga yoʻl ochadi!
Buning uchun sizlar ham bizlar ham aslo taslim boʻlmaslikimiz kerak ayrim insonlarning kasriga shu bolalar qolmasin
Ustoz, hafa bo‘lmang. Suyagi yo‘q til har tarafga ketib qoladi. SHuncha harakat qilib kelmoqdasiz. Buni bandasi bilmasa ham YARATGAN biladi. O‘ZI ajrini barokotli qilib bersin. Mehnatlariza rozi bo‘lingiz. Bugun ham farzandim hursand bo‘lib, ko‘zlar quvonchdan to‘lib qaytdi, olimpiadadan. Kitob uchun raxmat kattakon, Alloh rozi bo‘lsin
Bularning ortida katta mehnat va harakat yotganini juda yaxshi bilaman, o'qituvchi sifatida! Va sizlardan iltimos qilaman bir ikkita tushunchasi tor insonlarning fikrlari deb bolalarning bilimini oshirishga qaratilgan maqsadingizdan aslo og'ishmang, qaytmang!
It hurar-karvon o'tar! Aslida itning hurishi karvonning tezroq yurishiga sababchi bo'ladi! To'xtamanglar!!!! Tak derjat!!!
Bu qilayotgan ishingiz kimnidir g'olib qilish yoki maqtash uchun emasku. Asosiysi o‘quvchilarni bilimi oshadi. O'zaro tengqurlari bilan ota onadan uzoqda yashash qandayligini bilib olishadi.
Kimnidir bilib bilmay aytgan gapi uchun ortga chekina olmaysiz. Bunda endi sizning tanlash imkoniyati yo'q.
Bolajonlar bunga yo'l qo'ymaydi..