Menda ba’zida ota-onalarni qaytadan oʻqitish kerak degan fikr paydo boʻladi.

Yozgi maktabda qancha katta ish qilinganini har kuni 3-4 ta video bilan koʻrsatib bordik. Butun jamoamiz kun-u tun harakat qildi. Ilk marta Xorazmdan katta jamoa keldi. Tugʻilib oʻsgan vatanim deb boshqa birorta hududga berilmagan imtiyozlar berildi. Bugungacha, ya’ni natijalar chiqqanicha bizdan zoʻri yoʻq edi.

Har doimgidek, natija chiqganidan keyin boshlanadi. Farzandi yutsa sendan zoʻri yoʻq. Oʻrin olmasa (aslida u eng muhimi boʻlgan bilimni oldi) aslini koʻrsatishni boshlashadi.

Oʻrtoqlar, “Yozgi maktab” bu “Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasining finali. U 4-mavsum oʻtkazilmoqda. Har doim kategoriyalarga boʻlib oʻtkazilgan, sinflarga emas. Barcha xalqaro musobaqalar shunday oʻtkaziladi. Chunki rivojlangan davlatlar (aslida ulardagi ota-onalar rivojlangan) bilishadiki, eng muhimi bu tajriba va bilim. Bu haqida har uchrashganimda aytganman. Befoyda.

Ota-onalardan biri (oʻqiyotgan boʻlish ehtimoli katta) “hech bir olimpiadasiga qatnashmaymiz, meni bolam falon sinfda faloninchi oʻrinda turardi” debdi. Buni jamoamiz a’zolaridan biri eshitib tushkunlikka tushib qolibdi. Menga qarata “Ustoz biz uxlamay, charchasak ham shu bolalar uchun mehnat qildik. Biz shunday gapga munosibmizmi” deb savol berdi. Toʻgʻrisi javob bera olmadim.

Bir ustozim aytgandi: “Yaponiyadek davlatimiz boʻlishi uchun yaponlardek boʻlishimiz kerak”.

Mayli nima boʻlsa ham juda yuqori saviyada yozgi maktab oʻtkazildi.

2023-yilda ota-onalardan biri murojaat qilgan edi. Hamma joyda olimpiada qilasiz, nega Xorazmda qilmaysiz deb. Tugʻilgan yurtimda juda katta ommaviy harakatga aylantirgan edik. Lekin bugungi munosabatdan keyin Xorazmda olimpiadalar davom ettirish masalasini endi jiddiy oʻylab koʻraman. Katta harakatga aylangan edi. Lekin bunday munosabatni shunchaki qabul qilib ketolmayman.

72 comments

Show 60 more comments
Assalomu alaykum, Sardor Bozorboyev, sizdan butun oilamiz bilan minnatdormiz. Farzandlarimiz siz tufayli xalqoro olimpiadalarda qatnashib bilim va kònikma orttirishyapti. Bundan Alloh rozi bólsin. Qilayotgan ishlaringiz bardavom bòlsin.
Assalomu alaykum KHISO jamoasidan minnatdorman, men shuni tushundimki koʻlmakdagi oʻzini eng zoʻr deb biluvchi baliqcha daryoga chiqsa oʻzining kuchsizligini anglab harakat qiladi, yanada zoʻr boʻlishga,daryodagi baliqlar bn bellashishga,ularga yetishga, kk boʻlsa oʻzib ketishga,bolalarimizga shunaqa muhit yaratib berganiz un Rahmat, yangi oʻquv yilida yana kutib qolamiz KHISO olimpiadalarini!!
Sardor, mevali daraxtga har doim tosh otiladi, kuchli daraxtlar har qanday toshga ham bardosh beradi, oxirida tosh otuvchilar uyalib qoladi, sizlarga bunday toshlardan menimcha ancha otilgan chunki respublika bo'ylab qancha ishlar qilib turibsizlar, shunday ekan bundan tushkunlikka tushmasin jamoangizdagilar, guruch kurmaksiz bo'lmaydi, asosiysi farzandining kelajagi uchun qayg'uradigan, haqiqiy bilim egasi bo'lishini istaydigan ota-onalar sizlarning mehnatingizni juda qadrlaydi, Khisoni hurmat qiladi! Qisqa davr ichida shuncha ishlar qildingizlar, bundan keyingi ishlaringizga omad va kuch-quvvat! Hali Xalqaro miqyosda ham taniqli jamoaga, taniqli maktabga aylanasiz!
Raximova Sayyora Odilbekovna
Assalomu alaykum Sardorbek Bozorboyev hammasi uchun sizga kattakon rahmat. Yozgi maktabga borib bolom Elshodbek judaham quvonib,ta'surotlari katt bõlib keldi.Kelasi yil hudo hohlasa ukasi bilan borish niyati bor.Shuning uchun bunday olimpiodalarni kõproq bõlishini xoxlaymiz.Yana Khiso olimpiodasi yana davom etishini istaymiz.Sizga va jamoa a'zolaringizga omad yor bõlsin,sizlarga guch quvvat tilimiz.Barchangizga rahmat.
Assalamu alaykum hurmatli Sardor Bozorboyev!
Man Toshkentdanman.

Avvalo yurtimiz va farzandlarimiz kelajagini o'ylab qilayotgan ishlaringizni Alloh hayrli qilsin!
Man juda ham xohlardimki, Toshkentlik ilm talab bolajonlar uchun ham "Yozgi maktab", olimpiadalar, maktablar, musobaqalar tashkil etishingizni.

Sizlar ko'plab bolajonlarni ilm olishida juda katta hissalar qo'shmoqdasizlar, negativlarga e'tibor bermay, ilm dargohingiz yanada yuksalishiga va bunda biz ham qo'ldan kelgancha o'z hissalarimizni qo'shishimizni nasib etishiga duodaman.

Minglab balki millionlab Sizdan rozi insonlar oldida bunday bir yoki ikkita negativlarga umuman e'tibor bermang.
Sizdan yangi maktablar va yangi ilm maskanlarini kutamiz!

Hamisha olg'a!
Salom Sardor aka! Man Buxorodanman
Oʻgʻlim olimpiadalarga qatnashishni oʻtgan yili boshladi. Faqat past ball olardi va manga savol berardi! Oʻtgan yilgi yozgi maktabda borgan bolalarni koʻrib manam yozgi maktabga borish uchun nima qilsam boʻladi? kanaldagi videolarni koʻrib harakat qilib shu yil yozgi maktabga bordi. Manga uni birorta oʻrin olgani kerak emas manga uni bilimli bolalarni ichiga yurgani kerak chunki qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi deyishadiku
Assalomu alaykum guruch kurmaksiz bòlmaganidek , turli qarashli ,fikrlari turfa insonlar kòp .Izlanishdan tòxtamang! Yurtimiz buyuk mutafakkirlarga beshik bòlgan yurt.Siz ham shu olimlarni izdoshlarlarini etishtirishga katta xissa qòshayotgan insonsiz ishlaringizga omad sira charchamang.
Ассалому алайкум Сардорбек.
Биз оиламиз номидан сиздан миннатдормиз.
Хаммага бирднк ёкиб булмайди шуни тушунишингиз керак.энг асосийси статистика 99 фоиз ота она сизни мехнатингизни билади .
Тугриси фарзандларимиз учун биздан куп жон куйдиряпсиз.
Углим куп олимпиадаларга квтнашади .уларни ичида энг хакконийси бу сизники.
Хамма ташкилотчиларга кизларга.Нилуфархон ва уларни шерикларига йигитларга хаммаларинга рахмат ушлим 1чи марта катнашди.
Устозлар гапидан мотивация олиб яна яхши укиб келаси йил 1чиликни оламан леган ният б.н кайтдик Фаргонага
Assalomu alaykum Sardorbek Òĝlim va , barcha Al Xorazimiy yozgi maktab tashkilotchilari ,xormanglar endi , charchab qolmadilaringizmi , xarakatda davom etinglar , toxtamanglar , bitta kichkina burgaga achchiq qilib , kòrpangizga òt qòymang , sizga yarashmaydi , kurmaksiz guruchdan tayyorlangan oshda - palovda maza bòlmaydi , kurmaksiz guruchni xamma suñiy guruch deb ,xamma polov uchun kurmakli guruchni tanlaydi ,kurmakli guruch lazzatli bòladi , qarama qarshiliklar ,ziddiyatlar , tortushuvlar bor joyda - rivijlanish , osish , taraqqiyot davom etadi , men Farĝonadan - Mamirjonova Mubonaxonni buvalari bòlama , . Tadbir jarayinida bir bola kelib : xola sizdan interviyu olishar ekan deb xabar berdi , mayli dedim , Men ,,Al - Xorazimiy yozgi maktabida nevaram bilan qatnashib shuni guvoxi bòldimki : bu tadbirni òtkazish uchun - juda katta bilim,
Kuch, matonat ,sabir ,katta kalliktiv- jamoa shuningdek katta mablaĝ kerak ekanligini xis qildin. Masalan eng oddiy : 1 pachka oq qoĝoz 50 000 som turadi . Yotoqlar , avditoriyalar , tadbirlar ,rang barang kòngil ochar òyinlar , kuchli ustozlar ni darslari ,sayoxatlar ......- Bularning xammasi farzandlarimizni , nabiralarimizni - Va xolangki Òzbekistonimizni kelajagi uchun eng yaxshi tanlangan yòl deb bilaman .Ana endi Xorazimda olimpiada òtkazish yoki òtkazmaslikni òzingiz tanlang .Agarda òtkazmaslikni tanlasangiz yutkazasiz ,faqa siz emas. ,,butun xorazim yoshlari òquvchilar yutkazadi .Òylaymanki siz albatta tòĝri tanlov qilasiz degan umiddaman .Aksincha yanada - yanada koproq olimpiadalar òtkazing . Xom sut emgan banda albatta bir kun xatosini tushunadi ,farzandiga qiyin qilib- notògri mativatsiya berib qòyganini xam tushunadi ,Albatta kech bòlsa xam tushunadi .
Tadbirdagi ,, grant yutib olgan bitiruvchilarni taqdirlash jarayoni menda juda katta tàsurot qoldirdi ,sabab : bu jarayon maktab òquvchilari uchun juda - juda katta- cheksiz mativatsiya bòldi deb òyladim ,va nabiram Mamirjonova Mubinaxonni Tashkentda òtkaziladigon ,,Oflayun ,, olimpiadalarga yetkazib olib borishga qaror qilganman , bu qarorga meni 1 xaftalik ,, Al -Xorazimiy ,, yozgi maktab xayoti -jarayinlar undadi .Xa agar daryo sen tomon kyelmasa - sen òzing daryoga bor degan naqil borku axir . Endi anashu qurolni ishga solamiz , Axir ,,Oflayin ,, qatnashish boshqada , albatta Toshkentda ,,Oflayin olimpiada,, bòlgan kuni insho ollox Farĝonadan Tashkentga yetib borishga xarakat qilamiz . Xozircha xayir soĝ bòlinglar salomat bòlinglar.Yangi- yangi loyixalarni kutib qolamiz .
2024 Al -Xorazimiy yozgi maktab tashkilotchilariga, ,,KHISO ,, òquv markazi jamoasiga kattadan katta raxmat , .
Rajabbayevna
Assalomu aleykum hurmatli khiso azolari meni o‘glim Ko‘palboyev Dilshod shu tashkil qilgan olimpiadalaringizga qatnashib o‘qishga mehri oshdi o‘ziga bo‘lgan ishonchi kuchaydi ko‘proq vaqtini o‘qishga izlanishga sarfladi asosiysi maktabda tengdoshlari orasida o‘qituvchilar etiborida bo‘ldi erishgan natijalari uchun hokimyat tomonidan taqdirlandi demoqchimanki buning uchun sizlarga katta rahmat sizlardanjuda minnatdormiz bundan keyingi ishlaringizda ulkan zafarlar tilayman iqtidorli yoshlarni kashf qilishdan charchamang hammasi un katta rahmat