Assalomu alaykum Xushnud aka. Boʻlib oʻtgan hodisa hammamizni larzaga keltirdi. Men Mirzaobod tumanida Navbahor MFYda yashayman, umrim davomidagi eng yomon hodisaning guvohi boʻldim, uylarimiz suvda qoldi, poydevorlari ivib ketgan. Endi yana huddi shu hududdan uylarimizni remont qilib, yonidan koʻp qavatli uylar qurib berar ekan. Bugun uyimiz ro'parasida joylashgan stadion yeridan namuna olishayotgan ekan. Men 20yildan beri o'sha mahallada yashayman, ular uy qurmoqchi boʻlgan joylar bir kunlik yomgʻirdan keyin bir hafta ko'llaydi. Hozir tozalash ishlari ham pala-partish tashkil etilgan. Mutaxassislarga ishonch yo'qligini suv omborining o'pirilgani isbotladi, nega shu aqllilar shu yerda yashaydiganlardan maslahat so'rashmaydi. Shoshilinchda o'ylamay tanlangan joyga qurgan uylari tez nurashini bilish uchun juda oliy ma'lumotli bo'lishi ham shart emas. Siz jamiyatdagi ahamiyatga molik masalalarni hal etishda faolligiz barchamizga maʼlum. Sizdan iltimos, jarayonni shaffof tashkil etish va aholining fikrini inobatga olish, maslahatlashishni ilgari sursangiz (mahallamizdagilar ham shu fikrda) shu uysiz qolganlar uchun savob va jamiyat uchun foydali taklif bo'lgan bo'lar edi.
Assalomu alaykum. Alloh chevar Zot. Bandalariga zarracha ham zulm qilmaydigan zot. Bir ma‘lumot eshitdim. Suv ombor qurilayotganda atrofdagi mahallalarda yashaydigan odamlarning ba‘zilari qurilishdan o‘g‘irlab sotilgan mahsulotlar evaziga uyidan qurilish qilgan ekan. (BALKI BU YOLG‘ON XABARDIR) Agar shunday bo‘lsa, Alloh bu falokatning sababi aniq.
Javlon Alibekov
Assalomu alaykum aziz Vatandoshlar. Biz har narsadan bir hikmat qidirishni ham o‘rganishimiz kerak. 2020-yildagi voqealardan bir jihat meni to‘lqinlantirdi. Bu ham bo‘lsa O‘zbekiston xalqining birlashgani. Suv ombori fojeasi bo‘lib bo‘ldi endi bundan tegishli xulosalar chiqarish kerak menimcha. Suv ombori qurilishi jarayonida qurilish materiallari asosan sement mahsuloti "sotib yuborilgan". Bu endi sir emas, lekin masalaning ikkinchi tomoni shu mahsulotlarni kimlar sotib olgan? Biz bu fojeada faqat "yuqoridagilar" ni ayblayabmiz lekin shu hududda yashovchi aholining ham aybi bordek. Biz qachon jamoatchilik nazoratini o‘rnatmas ekanmiz bu korrupsiya degani tugamaydi.
Билмасам шу сув ОРОЛ учун нажот буларди бу сардоба сув омбори нима максадда курилган узи
Ж.О.Ўролов
Ассалому алайкум! Афсуски қурилиш соҳасида халиям коррупция деган бало борлигининг ёққол исботи бўлди.
Gulxumor Xolmuradovna
Assalomu alekum. Bu manzarani ko'rishni o'zi dahshatli. Qancha insonlarning kelgusidagi orzulari o'zgarib ketdi. Aybdor - o'zimiz." Yuzining issig'i bor", " Palonchining odami- a" degan iboralarga qat'iy amal qilishimiz. Ko'rsakda ko'rmaganga olishimiz, beparvoligimiz, mansabparastligimiz, jipslashib haqiqat uchun kurashmaganimizdir. Birovni ayblash oson. Lekin o'z e'tiborsizligimizni tan olishimiz qiyin. Bu bir ishora. Ana endi har bir inson bir ishga qo'l urmasidan oldin uning javobgarligi haqida o'ylaydigan bo'ladi. Xalq esa yana ota bobolarimiz kabi birlashishni o'rgandi. Bu ishning hayrlisi shu bo'lsin Inshaalloh. Vijdonimizni yo'qotishdan Allohning o'zi asrasin. Joningiz sog' boshingiz omon bo'lsin vatandoshlarim xalqingiz bor ekan molingiz topiladi.
_-_Komron_-_
Bu manzarani koʻrib yuragim ogʻrinib ketdi , bu koʻrguliklar jabrini xalq tortyapti, aybdorlar bor, lekin yuqorida aytilganidek yer yorilib ketdi, tuproq yuvib ketdi degan oqlashlar xalqqa uy, nobud boʻlgan 4 navar inson hayotini qaytara olmaydi.Qush uyasi buzilsa qanday chirqillaydi, atrofida aylanib uchaveradi, bu insonlar ham huddi shunday ivigan devorlari,tomi choʻkkan uylari atrofida aylanaveradida.Biz qachon rivojlangan davlatlar qatorida boʻlamiz, agar mana shunday boʻlsa hech qachon.Yaponlar bir narsa yaratsa, ishlab chiqarsa bolam, farzandim uchun deb yaratar ekan, bizda unaqa tushuncha yoʻq, xalqni qoʻying, uni ichida omi, savodi ilmi yoʻqdir, lekin mansabdorlar kursida oʻtirganlar shu narsani tushunmaydi mi, bu kun oʻtar ketar seni avloding etti pushting bor noinsof qurayotganingda oʻylamadingmi oxirini.Nima boʻlganda ham olloh har kimni qilgan qilmishiga yarasha, feʼliga yarasha mukofotini beradi.Sardobaliklarga olloh oʻzi sabr bersin.
Ish DXX ga berildi, ish ochilgan modda ham tog'-KON yoki portlatishga oid. Tushunishimcha Geosiyosiy maqsad va bosim uchun boshqa davlatning qo'li ham bo'lishi mumkin, albatta "U" yaqin qo'shnimiz emas. Masalan bizdan nimadir talab qilib, intiqlik bilan kutayotgan fashizmdan ham xavfli qaysi davlat ekanligini tushunib turgan dir siz. Bu bir taxmin, bundan battarini boshqa davlatga qilganini butun dunyo guvohi bo'ldi. Ular mana shunday xavfli "Do'st".
Hammasini yengamiz to'g'ri wubham yo'q, lekin qachongacha?? Balki sal qattiqroq turadigan vaqt kelgandir... Biz kutyapmiz, nima bo'ldi? Nima uchun bo'ldi? Nega bo'ldi? Taftish qachon tugarkan?? Kimlarningdir etiborsizligi oqibatlarini bartaraf etish jonga tegmadimikan? Qacon haqiqiy bilimli ilmiy salohiyatli kadrlar, haqiqiy o'zining ishining ustalariga topshiriladi ishlar?
Siz jamiyatdagi ahamiyatga molik masalalarni hal etishda faolligiz barchamizga maʼlum.
Sizdan iltimos, jarayonni shaffof tashkil etish va aholining fikrini inobatga olish, maslahatlashishni ilgari sursangiz (mahallamizdagilar ham shu fikrda) shu uysiz qolganlar uchun savob va jamiyat uchun foydali taklif bo'lgan bo'lar edi.
__________- Аср угрилиги
Suv ombori fojeasi bo‘lib bo‘ldi endi bundan tegishli xulosalar chiqarish kerak menimcha.
Suv ombori qurilishi jarayonida qurilish materiallari asosan sement mahsuloti "sotib yuborilgan". Bu endi sir emas, lekin masalaning ikkinchi tomoni shu mahsulotlarni kimlar sotib olgan?
Biz bu fojeada faqat "yuqoridagilar" ni ayblayabmiz lekin shu hududda yashovchi aholining ham aybi bordek. Biz qachon jamoatchilik nazoratini o‘rnatmas ekanmiz bu korrupsiya degani tugamaydi.
Tushunishimcha Geosiyosiy maqsad va bosim uchun boshqa davlatning qo'li ham bo'lishi mumkin, albatta "U" yaqin qo'shnimiz emas. Masalan bizdan nimadir talab qilib, intiqlik bilan kutayotgan fashizmdan ham xavfli qaysi davlat ekanligini tushunib turgan dir siz.
Bu bir taxmin, bundan battarini boshqa davlatga qilganini butun dunyo guvohi bo'ldi.
Ular mana shunday xavfli "Do'st".
Balki sal qattiqroq turadigan vaqt kelgandir...
Biz kutyapmiz, nima bo'ldi? Nima uchun bo'ldi? Nega bo'ldi? Taftish qachon tugarkan??
Kimlarningdir etiborsizligi oqibatlarini bartaraf etish jonga tegmadimikan? Qacon haqiqiy bilimli ilmiy salohiyatli kadrlar, haqiqiy o'zining ishining ustalariga topshiriladi ishlar?