​​Бугун, 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан атиги 3 йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни ёш боладай алдашарди... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу — 1 август

Бугунги 1-август суғур кунининг навбатдаги кунидек гўё! Ҳаёт бир хил. Тўхтаб қолгандек хатто. Кўпчиликнинг кайфияти йўқ. Имтиҳонлар қачон бошланиши умуман номаълум. 15-авгусдан кейин рухсат берилиши ҳам номаълум. Бизнингча, ДТМ тарихидаги энг зерикарли 1-август бугун бўлса керак. Лекин кайфиятимизни кўтаршимиз ўз қўлимизда.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар бор? Изоҳларда биз билан ўртоқлашинг.

Сафимизга қўшилинг!
👉 @davlattestmarkazi 👈

144 comments

Show 23 more comments
Man bu kunni 11yil kutganman 😪😪😪😪
Xayir 1 avgust salom 2 avgust 😎😎😎
🤪🤪🤪🤪shu kunlari sog'ndm
Bugun tugilgan kunim😅
Oʻsha xotiralar hali ham esimda. Judayam,,shaffofʼʼ oʻtgan edi
Unaqa demang hammani sog‘ligi o‘ziga keragu
○
Bugun tugilgan kunim😅
Imtihonga kirib bugun tug kunim otkazmasez bolmaydi demoqchidim😂🥳
Sarvarbek Murodullayev
Bu omadmi yoki uyin??? 3 yil oldin bulgan 1- avgust imtihonida bitta gruhda 30 ta abituryent bulsa 20 tasi Gran 6 tasi kontrakt bulgan Yana dtm raqamlari ketmaketlikka tushgan agar omad bulsa qoyil...
○
Bugun tugilgan kunim😅
🙃🙃🙃😁😁😁😁Tabrikliman ilohm barcha orzu niyatlarzga yetng😊😊😊😊😁🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌹🌹🌸🌼🎂🎂🎂
Bosh omon bo‘lsa do‘ppi topiladi asosiysi yurtimiz tinch sog‘ salomat bo‘laylik
_Egamberdiyeva_:)
Ha 1-avgust men uchun ham esda qolarlik kun chunki talaba bola olamaganman har yili juda katta hayajon bilan kutaman bu yil albatta talaba bolsam kerak deb oylagan edim 1-avgustga juda qattiq tayyorlangandim lekin afsus karantin bolib surilib ketti mayli eng asosiysi yana oz holiga avvalgi hayotimzga qaytishni hammamz soraylik inshaalloh yaxshi bolib kettiz hammaz duoda bolaylik
Sohiba Azamat qizi
2016-yil Toshkent pediatriya tibbiyot instituti 2binosi 3etajida xuddi mana shu kuni imtihonda o'tirganman. To'g'risi hayotimdagi eng yomon va adolatsiz kun bo'lgan. Sababi men o'tirgan xona to'lig'icha gaplashilgan. 30tadan bor yo'g'i 5-6ta odam o'zi ishlaganini guvohi bolganman. Hatto tekshirish uchun bir dona o'qituvchi ham kelmagan. Oldimdagi bola bittasinikini ishlab o'zinikini tavakkal belgilab chiqib ketgan. Imtihondan xafsalam pir bo'lib chiqib rosa yig'laganman. O'zim o'ylaganday ball rosa kotarilib 165dan oshgan va men kam ballar farqi bilan talaba bololmadim. Lekin keyingi yili o'z kuchim bilan yana o'sha 1avgustda imtihon topshirib Nizomiy nomidagi TDPUga o'qishga kirdim. Mana endi o'ylasam hozirgi kundagiday payt bolganda edi men byudjetda oq xalatlarda tibbiyot institutlaridan birida o'qib yurgan bolarmidim. Ha mayli hammasi yaxshilikka☺️. Bularning barchasi taqdirdan. Shu kunlarda qattiq tayyorlanib imtihonni qachon bolarkina, tezroq o'tib ketsa bo'lardi deb yuragini hovuchlab o'tirgan abituriyentlarning BARCHASIGA OMAD TILAYMAN. ILOHIM MEHNATLARINGNI SAMARASINI KO'RIYLAR🤲.
Bu bizga berilgan yana bir imkoniyat desak boʻlodi
Бектош
shu kunni 5 yil kutgandim lekin meni imtihonim 2018-yil 5-avgustda bo’lgan😂
Show next 100 comments