​​Бугун, 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан атиги 3 йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни ёш боладай алдашарди... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу — 1 август

Бугунги 1-август суғур кунининг навбатдаги кунидек гўё! Ҳаёт бир хил. Тўхтаб қолгандек хатто. Кўпчиликнинг кайфияти йўқ. Имтиҳонлар қачон бошланиши умуман номаълум. 15-авгусдан кейин рухсат берилиши ҳам номаълум. Бизнингча, ДТМ тарихидаги энг зерикарли 1-август бугун бўлса керак. Лекин кайфиятимизни кўтаршимиз ўз қўлимизда.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар бор? Изоҳларда биз билан ўртоқлашинг.

Сафимизга қўшилинг!
👉 @davlattestmarkazi 👈

144 comments

Show 52 more comments
O‘sha odamlar bir kuni joni og‘rib kasal bo‘lsa biladi.Ilohim unaqa bo‘masin ollohi o‘zi panohidaasrasin hammani.
🙄🙄🙄
Roppa rosa 1yil oldin uqishga kramz db tayyorlanvotudk😅
Voy birovga o‘lim tilagancha o‘zilaga yurim tilela😂
Sz kasal boganlani aytyapszmi😲😲😲😲😲😲😲😲😲😲
Sohiba Azamat qizi
♥️ Koinot ♥️
Yaxshi o‘qishlarda shunaqa bo‘ladi o‘zi xechqisi yo‘q.Nasiba deb o‘traveramzda😌
Baribir Allohim qayerda nasibamizni berishni avvaldan belgilab bergan. Bundan qochib qutulolmaymiz. Lekin hozir o'qituvchilikda ham kam bo'lganim yo'q. Ishim bor hurmatim bor. Allohga shukr
Tavba qldm insofz bormi ular ham yashagsi keladi,😔😔😔😔😔😔😔😔😔😔😔😔atayn bogani yog'u.Ularning farzandlari bor😔😔😔😔yaxshi niyat qlng tuzalb ketsn hammalari.Xudo dardini bergan shifosini ham beradi,😔😔😔😔😔😔😔
Шу биргина кун учун 3 йил репетиторда жон жаҳдим билан тайёргарлик кўргандим. Мехнатларм бесамар кетмаган, Худога шукр! 2013-йил мана шу соатларларда ТошПТИ биносида терлаб тест ечаётган эдим. Ҳаётимизга , келажагимизга мазмун берган онлар эди. Эҳҳҳ ширин хотиралар
🌸ٜٜٜٜٜٜٜٜٖᬼـ̲ــ̲✿ٜٜٜٜٜٜٜٜٜٖ͜͡ـ♡ Нεжнαя ♡ٜٜٜٜٜٜٜٜٖᬼـ̲ــ̲✿ٜٜٜٜٜٜٜٜ
Ilohim boshimizga tushgan bu sinovli kunlar tezda utip ketsin.Barchamizdi Alloh oz panohida asrasin.Mehnat qilip tayyorlanip yurganlar ilohim talaba bolishdek oliy baxtga yetishingizdi tilap qolaman.Tavakkalchilarga ham omad yor bolsin talabalik barchaga nasip etsin🤲🤲. Suğur kunini yomon topip yozishipti likn😁
DTM kamaz kamaz pul ishlaydigan kuni edi bugun.
Men ham yaxshi eslayman bu kunni. Ilk bor 2018-yil, 1-avgust kuni DTM testlarida qatnashgan edim, ammo talabalik 2019-yilda nasib etdi.
Maraz DTM dagilar. Pul ishlolmayobsanlarmi
Л.С.З.
Тезрок утсин шу имтихони тезрок хал булсин
Judayam hayajonli kun edi
2005 yilda 1-avgustda 2-o‘rinda GRAND asosida o‘qishga qabul qilingandan,lekin rosa qo‘rqqandim o‘qishga kirolmasamchi deb.axir oddiy maktab bitiruvchi edimda.🤗🤗🤗🤗
1-avgust 2016-yil men ne ne hayojonlar bilan umrimda birinchi bor imtihon deb nomlanmish sinovda qatnashish uchun Termiz tumani 5- umumiy maktab binosi tomon shoshdim va biz bino boyicha eng songgi yigilgan guruh bolib xonaga kirdik biz vaqt qo‘shib berilishidan umidimiz katta edi ammo bunaqa bolmadi barcha qatori tugadi vaqtimiz milliy xavfsizlik xodimi qolimdan savollar kitobini tortib oldi va men bino eshigidan yiglab chiqqanman. Kozimdagi yoshlar endi hech narsani ozgartira olmasligim hammasi o‘tib ketganligini o‘ylaganim sayin ortib borardi va tuagagan edi imtihon. Va shu zaylda naq 20 kun yurak hovuchlab o‘tgan biror kim imtihon haqida so‘rasa hech narsa deyolmas edim qo‘limdan savollar kitobi tortib olingani haqida ham ko‘p savollarni bilsamda hayajonlanib yaqin javobni belgilab qo‘yganim haqida ham. Faqat aytadigan gapim bitta mondatda bilamiz va men mondat kuni talaba bo‘lganligimni bildim va quvondim mana bu yil onlayn yakunladik bu 4yil ichida kirish imtihonlari tubdan o‘zgardi va biz pandemiya sharoiti tufayli onlayn bitirgan birinchi talab bo‘ldik yurtimizda men o‘zimni eski zamonlarda o‘qishga kirib zamon charxpalagi tez aylanishi oqibatida o‘ta zamonaviy tamomlagan talabadek his qilaman gohida. Nima bo‘lsayam bu sinovli kunlar tezroq o‘tib oldingidek hayotimizga tezroq qaytaylik.....
Show next 71 comments