​​Бугун, 1 август!

Ваҳ-ваҳ-ваҳ... Бундан атиги 3 йил олдин ушбу кунда бутун Ўзбекистон «қайнар» эди.

Барча мобил операторлар бир хил ёлғон баҳона, яъни «техник профилактика ишлари» туфайли мобил интернетни ўчиришарди. Аммо нима учун ўчганини ёш бола ҳам биларди. Лекин улар бизни ёш боладай алдашарди... Мобил интернетнинг бир неча соат ишламаслиги ортидан бизнесга бир неча миллионлаб зарар етарди, аммо масъуллар бошқачароқ замонавий йўлни қидириб кўрмас, худди ҳеч нарсани билмагандай ўша ибтидоий йўлдан боришарди...

Ҳамма имтиҳонга шошган, юз минглаб тақдирлар шу 2-3 соат ичида ҳал бўларди. Ўзбекистон келажаги шу 3 соатлик қум соат ичига қамаб қўйилган эди гўё...

Минглаб инсонлар шу биргина кунни кутишар, шу биргина кун ортидан юз минглаб доллар (балки бир неча миллион доллардир, ким билсин) ишлаб олишарди...

Эҳҳееее, яна қанчадан-қанча хотиралар билан қолди, бу — 1 август

Бугунги 1-август суғур кунининг навбатдаги кунидек гўё! Ҳаёт бир хил. Тўхтаб қолгандек хатто. Кўпчиликнинг кайфияти йўқ. Имтиҳонлар қачон бошланиши умуман номаълум. 15-авгусдан кейин рухсат берилиши ҳам номаълум. Бизнингча, ДТМ тарихидаги энг зерикарли 1-август бугун бўлса керак. Лекин кайфиятимизни кўтаршимиз ўз қўлимизда.

Сизда ушбу кун билан боғлиқ қандай хотиралар бор? Изоҳларда биз билан ўртоқлашинг.

Сафимизга қўшилинг!
👉 @davlattestmarkazi 👈

144 comments

Show 100 more comments
Laylo Mamitova
Qo'shnimga 1- grant bo'lib kirganimni aytganimda rosa ishoninqiramadi, kulganday qildi, rosa jahlim chiqqandi o'shanda 🤨🤨🤨
Abror Raximov
Man 194.3 ball bilan kontraktga o'qiganman. 😓
2010-2015 yillar naqd 5 marta topwirganman.O'wa 1 avgust kunini eslasam xaligacha yuragim xapqirib ketadi.Yonimda shunaqa kop oyinlar bolardi.Bunkerlar wpargalkalar exeee.Bir yili ekzamenda 1 ta kal bola o'wa xonadagi naqd 5 ta bolani testini iwlab bergan.Xoziram yo'lini qiladiganlar toplilsa kerak
2020 Eh, qanaqa chiroyli raqam. Bu yil butun dunyodagi insonlar qalbida oʻzgacha xotiralar bilan oʻchmas iz qoldirdi. Qaysi birini sanashniyam bilmaysan chogʻi🤔1.08.2020 koʻpchilik intiqib kutgan soʻnggi bir necha yilar orasidagi eng sokin kun... Agar shu sokinlik yana uzoqroq davom etsa, abituriyentlar stress holatiga tuwib qolishi anniq.
Umid qilamanki, imtihonlar keyingi yilga qoldirilmaydi😪😪😪
exx qanday kun ediya hamma ertalabdan imtihonga shoshilardi 😰 biz abutrentlarga bu yil imtihon topshirish nasib qilarmikin
Salom haqiqatdan ham juda qaynagan kun bulardi 1avgust ni wunchalar kutgandim aynan wu yil rosdan ham juda ham zerikarlik bulopdi har bir kunni uziga yarawa qadri bularkan ex attang ha mayli balki yaxwilikgadir.😞😞😟😟
Man otkan yili topwirganman 10 avgustda 😊juda xayajonli edi.....
Анвар Курбанович
2.5 ball yetmay qoludi o'tishga keyin super kontrakt 24million 800ming to'lasez o'qiysiz degandi xafa bop ketudim hayotdan keyin uzim qolga oldim bir yil jon berib oqidim kelasi yilga 1- o'rin grantda turibmanda ollohga shukur ....
БАХТИ🌼
Айнан мана шу 1август 2000йил совчи келгандида уй рузгор укиши бошимга тушганди.
Эсимдан чикмайдиган кун.
Zokir Asadov
Eng zo'r payt edi 1-avgust. Eng xayojonli va ajoyib kun...
Ikki yildan beri avgust mani xafa qilardi bu yil xursand boʻlib oʻqishga grant asosida kiraman desam imtihon yoʻq
◦•●◉✿Sarvinoz✿◉●•◦
1-avgust.....
Barcha hodisa va narsalarning manfiy va musbat taraflari bo'ladi!
Man doim musbat tarafini ko'rishga intilaman...
Bu shunchaki mani fikrim edi xolos🙂
Ex 3yil oldin telfon olib kirishga harakat qilgandim lekin olib kirolmaganman imtixonga kirdim va 1soatdan keyin bitta bolani test varaqasini uzi bn olib ketti men uyladimki 1000% javob beraman $ pul berib kiribdi deb rostanam shunaqa edi orqada 3ta abutureyentlarda telfonda gapiryotgandi lekin navbatchilar yonginasida edi lekin indamadi sezmadi desam uni jinni ham sezadi telfonda gaplashyotganini exxxxxx x korupsya korupsya diymizu uwa korupsyaga uzimizi Xalq urgatib quygan
2017 yil 31 iyuldan toki 1 avgust imtihon tugaguncha halovat, bir oz tin olishga vaqt boshqacha qilib aytganda hohish yoq. Kechasi bilan uxlamasdan toshkentda daydish, saxar 6 da imtihon boladigan hududga kirib quyoshni tagida 2,5 soat guruh bn kutib turish, kirgandan song bilganini belgilab qoganini "tanga" tashlab belgilash hammasi ajoyib. Chiqqanda song toyib ovqatlanish, kuchli charchoqdan astanofkada 2 soat uyqu va uyga Jizzaxga yol, va 15 kundan song grand haqida habar. Bu haqiqiy egzotika edi.
ZikatatlIm❤
Ха , 7 йил 1 - августда , имтих,онда бу'лганман
Hammasi Yaxshi bo'ladi yoki Yaxshilikka bo'ladi...🤲