​Har bir hududda intellektual kasting va turnirlar oʻtkaziladi
 
Avvalroq xabar berganimizdek, “Zakovat” intellektual klubiga aʼzo boʻlish istagida www.zakovat.tv sayti orqali 13 mingdan ortiq arizalar kelib tushdi. Shundan 11 111 nafar talabgor yakka tartibda ariza topshirgan boʻlsa, 1 932 kishi 322 ta jamoaga birlashgan holda roʻyxatdan oʻtdi.

Hududiy turnirlar haqida

Talabgorlarning 72 foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlardan roʻyxatdan oʻtganligini hisobga olib, hududiy turnirlar tashkil etishga qaror qilindi. Shu orqali minglab insonlarni uzoq masofalardan Toshkent shahriga kelib-ketishidagi ovogarchilikning oldi olinadi, degan umiddamiz.

Tenglik boʻlishi uchun hududiy turnirlarda ham xuddi Toshkentdagidek gʻolib jamoaga 100 mln soʻmdan pul mukofoti beriladi.

Asosiy shartlaridan biri, bitta jamoa yoki shaxs faqat bitta hududiy turnirda qatnasha oladi. Masalan, Toshkent mintaqasida ishtirok etgan jamoa (shaxs) boshqa hududlardagi turnirlarga qoʻyilmaydi.

Hududiy turnirlar oʻtkazilish jadvali

Hududiy turnirlarni taxminan quyidagi muddatlarda oʻtkazish rejalashtirilmoqda:

Samarqand viloyati – mart oyida;
Qashqadaryo, Surxondaryo va Navoiy viloyatlari – aprel oyida;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlari – may oyida;
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari – iyun oyida;
Sirdaryo va Jizzax viloyatlari – iyul oyida.

Hududiy turnirlarning aniq sanalari, tartibi va shartlari qoʻshimcha maʼlum qilinadi. Shuningdek, tashkiliy jarayonlar sababli ayrim muddatlarga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Klub aʼzolari oʻrtasida soʻrovnoma

Roʻyxatdan oʻtgan aʼzolar uchun qaysi hududdagi kasting va turnirlarda qatnashish qulay ekanligini aniqlash hamda shu bo‘yicha tashkiliy masalalarni hal qilish maqsadida kichik soʻrovnoma tashkil qilindi.

www.zakovat.tv saytida yakka tartibda va jamoa boʻlib roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilardan quyidagi havola orqali oʻtib, soʻrovnomani toʻldirib berishlarini iltimos qilamiz:
https://forms.gle/Qd3PwHJR5xvKJ6DV7
 

Klub yangiliklarini kuzatib boring:
➖ @zakovat

58 comments

Faqat man Toshkenni topomadimi? 🤔
Toshkent viloyati-chi???
Demak Toshkent Shahri yakuniga qoldiriladi, menimcha
Toshkentdagilar uchun 28 fevralda Humo arenada bo'lar ekan. Lekin online taklifnomani yuklash kerak. Shung yordamilar kere
Assalomu alekum. Man Qashqadaryo viloyatida yashayman, ro'yxatdan o'tganda ham hududni Qashqadaryo dib kiritganman lekin o'zim hozir Toshkentda turaman studentman. Endi man qaysi hududdagi turnirga qatnashishim kerak.
Xolmuminov Toshmurod
Kamanda tuzmaganlar yakka tartibda boraveradimi
Кайта руйхатдан утказишни таклиф киламан. Биринчи регламентда факат тошкентда булади деганди.
Toshkentdagi turnirga qatnashsam bo'ladimi
Men yashash joyimni Qashqadaryo qilgandim lekin kastingda Manga Samarqand qulay edi shunda man qayerga qatnasholaman
Taklifnomani qanday yuklab olsa boʻlarkan
Вилоятлардаги ўйинларгача анча бор, олдиндан айтилмагани учун рўйхатдан ўтишни ташкиллаштириш керак)
( Tursunov)
Rasvo qildilaring zakovatni ham
Qayta róyxatdan ótkazish shart emas. Qatnashchilar bn birma bir jamoa sardorlari bn gaplashib, qaysi viloyat qulayligini aniqlab royxat tuzinglar. Yoki har bir viloyatda ózlaringiz vaqt belgilab tashkil qilingizlarda jamoa azolari pasporti bn óyindan bir ikki soat oldin tasdiqlashsin jamoasini
Hamma qatnashchilarni róyxat pasport seriyalarigacha malumot borku sizlarda
Óyinlar iloji bolsa talabalar va ishlaydiganlarni inobatga olib kech soat 5-6 larga tashkil qilinsa
Санжарбек
Нега вилоятларда кастинглар оралиғи узоқ, бироз вақтни хам қадрига етинглар. Агар режалаштириш ваа ташкиллашга қийналаетган бўлсангизлар, чақиринглар шунча одамлар ариза топшириб турипти. Ютмасак хам ердамга таййормиз.
Санжарбек
Ким қайердан иштирок этишини кичкинагина сўровнома тамом. Телграмни ўзида ташкилласаям бўлади. Ёки қатнашувчиларга вилоятларини рақами бирини танлан шаклида СМС сўровнома юборса бўладиеу
Show next 38 comments