​Har bir hududda intellektual kasting va turnirlar oʻtkaziladi
 
Avvalroq xabar berganimizdek, “Zakovat” intellektual klubiga aʼzo boʻlish istagida www.zakovat.tv sayti orqali 13 mingdan ortiq arizalar kelib tushdi. Shundan 11 111 nafar talabgor yakka tartibda ariza topshirgan boʻlsa, 1 932 kishi 322 ta jamoaga birlashgan holda roʻyxatdan oʻtdi.

Hududiy turnirlar haqida

Talabgorlarning 72 foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlardan roʻyxatdan oʻtganligini hisobga olib, hududiy turnirlar tashkil etishga qaror qilindi. Shu orqali minglab insonlarni uzoq masofalardan Toshkent shahriga kelib-ketishidagi ovogarchilikning oldi olinadi, degan umiddamiz.

Tenglik boʻlishi uchun hududiy turnirlarda ham xuddi Toshkentdagidek gʻolib jamoaga 100 mln soʻmdan pul mukofoti beriladi.

Asosiy shartlaridan biri, bitta jamoa yoki shaxs faqat bitta hududiy turnirda qatnasha oladi. Masalan, Toshkent mintaqasida ishtirok etgan jamoa (shaxs) boshqa hududlardagi turnirlarga qoʻyilmaydi.

Hududiy turnirlar oʻtkazilish jadvali

Hududiy turnirlarni taxminan quyidagi muddatlarda oʻtkazish rejalashtirilmoqda:

Samarqand viloyati – mart oyida;
Qashqadaryo, Surxondaryo va Navoiy viloyatlari – aprel oyida;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlari – may oyida;
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari – iyun oyida;
Sirdaryo va Jizzax viloyatlari – iyul oyida.

Hududiy turnirlarning aniq sanalari, tartibi va shartlari qoʻshimcha maʼlum qilinadi. Shuningdek, tashkiliy jarayonlar sababli ayrim muddatlarga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Klub aʼzolari oʻrtasida soʻrovnoma

Roʻyxatdan oʻtgan aʼzolar uchun qaysi hududdagi kasting va turnirlarda qatnashish qulay ekanligini aniqlash hamda shu bo‘yicha tashkiliy masalalarni hal qilish maqsadida kichik soʻrovnoma tashkil qilindi.

www.zakovat.tv saytida yakka tartibda va jamoa boʻlib roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilardan quyidagi havola orqali oʻtib, soʻrovnomani toʻldirib berishlarini iltimos qilamiz:
https://forms.gle/Qd3PwHJR5xvKJ6DV7
 

Klub yangiliklarini kuzatib boring:
➖ @zakovat

58 comments

Show 15 more comments
Qayta róyxatdan ótkazish shart emas. Qatnashchilar bn birma bir jamoa sardorlari bn gaplashib, qaysi viloyat qulayligini aniqlab royxat tuzinglar. Yoki har bir viloyatda ózlaringiz vaqt belgilab tashkil qilingizlarda jamoa azolari pasporti bn óyindan bir ikki soat oldin tasdiqlashsin jamoasini
Hamma qatnashchilarni róyxat pasport seriyalarigacha malumot borku sizlarda
Óyinlar iloji bolsa talabalar va ishlaydiganlarni inobatga olib kech soat 5-6 larga tashkil qilinsa
Санжарбек
Нега вилоятларда кастинглар оралиғи узоқ, бироз вақтни хам қадрига етинглар. Агар режалаштириш ваа ташкиллашга қийналаетган бўлсангизлар, чақиринглар шунча одамлар ариза топшириб турипти. Ютмасак хам ердамга таййормиз.
Санжарбек
Ким қайердан иштирок этишини кичкинагина сўровнома тамом. Телграмни ўзида ташкилласаям бўлади. Ёки қатнашувчиларга вилоятларини рақами бирини танлан шаклида СМС сўровнома юборса бўладиеу
Parotku bln
Tvda shuncha reklama ketti 27-28 - fevral kunlari deb endi bu nimasi Hojakorsinga edimi reklamalaring))
Hafsalani yo'q qilishasan shunaqa
Yutolmasakham aylanib kelmoqchi edik toshkentda hech bolmasa bittadan "Muzqaymoq" yeb)))
Санжарбек
Шу ўринда бир гап. Ким қайердан иштирок этмасин ўз тугилиб ўтган жойини танилишига сабаб бўлади охир оқибат. Эсингизда бўлса Заковатчилар хам хар жойдан Тузилган эди. Лекин камандани номи қаердалиги умуман ахамиятга Эгаа эмас. Чунки бу ерда билим синалмоқда.
Санжарбек
????
Deryo Nur
Viloyatnikilar toshkentga o‘qisa u qanday boladi biladigan javob berilar
In shaa Alloh Humo Arenada ko'rishamiz
Формани тўбдириб бўлмпяпти
ҚАЙТАДАН РЎЙХАТДАН ЎТИШ УЧУН ДОСТУП ОЧИЛСА ЯХШИ БЎЛАРДИ. ШАХСАН МЕН ХАМ МАСОФА ТАШВИШИНИ ЎЙЛАБ РЎЙХАТДАН ЎТМАГАН ЭДИМ. А ЭНДИ БЎЛСА ХУДУДИЙ САРАЛАШ ҲАҚИДА ХАБАР БЕРИЛМОҚДА. ЎЙЛАЙМАНКИ МАН КАБИЛАР АНЧАГИНА ТОПИЛАДИ
Hududlarda birdaniga turnir bo'ladimi? Yoki avval kasting o'tkazilib yakka tartibda ro'yxatdan o'tganlar jamoalarga bo'lingandan so'ng turnir o'tkaziladimi?
Kasting Toshkendagisini bildik, viloyatlardagi kasting qachon bo'ladi?
tizimga kirishda muammoilar yuzaga kelmoqda adminlar iltimos ushbu murojaatni ko'rib chiqinglar
ID ni ocirvorganla qattan bilsa boladi yana ID sini
16330
Men ham yakka tartibda ishtirok etish uchun so‘rovnoma toldirgan edim , Endi esa jamo bb ishtirok etmoqchiman hali ham kech emasdur degan umiddaman ,Yakka ishtirok etgani qorqayapman .Adminlar ushbu murojatnomamni ko‘rib chiqinglar iltmos.🙏
Biza jamoa bilan Toshkentga borib ishtirok etolmaymiz deb a'zo bilmagan edik,endi viloyat buyicha buladi deyildi qushimcha Yana a'zo bulishni ochilsa yaxshi bulardi,Navoiylik Zakovatchilar nomidan bizdaylar kup,admenlar iltimos shuni kurib chiqizlar
B○Z○R○V 🇺🇿
Hammaga salom hozir ham royhatdan otsa boladimi
Show next 22 comments