Номли давлат стипендия соҳиблари магистратуранинг турдош бўлмаган мутахассисликларга ҳам имтиҳонсиз қабул қилинадими?

#abituriyent

ЖАВОБ: Йўқ, уларнинг имтиёзи турдош бўлмаган мутахассисликларга ўтмайди.

Вазирлар Маҳкамасининг 20.06.2017 йилдаги 393-сонли қарори билан тасдиқланган низомнинг 7-бандида қуйидагича қоида белгиланган:

«Ўзбекистон Республикаси Президентининг давлат стипендиялари ва номли давлат стипендиялари совриндорлари, Зулфия номидаги Давлат мукофотлари соҳибалари, шунингдек «Мард ўғлон» давлат мукофоти соҳиблари бўлган олий таълим муассасалари талабалари ва бакалавр даражасига эга ёшлар олий таълим муассасалари магистратурасига бакалавриатнинг таълим йўналишига мос ва турдош мутахассисликларга танловдан ташқари алоҳида давлат грантлари асосида қабул қилинадилар».

Бундан келиб чиқадики, агар юқоридаги имтиёзлардан бирортаси мавжуд бўлган абитуриент магистратуранинг турдош бўлмаган мутахассислигига ҳужжат топширмоқчи бўлса, унда уларга имтиёз қўлланмайди ва умумий асосларда имтиҳонга киришади.

Бу мантиқан ҳам тўғри, филологияни тугатган талаба филология йўналишидаги меҳнатлари учун давлат стипендиясини қўлга киритган бўлсаю, лекин ҳужжатини иқтисод мутахассислигига топширса, унда кечирасиз, аввал иқтисод бўйича етарли билимларга эга эканлигини исботласин, ана ундан сўнг, магистратурага қабул қилиниши мумкин.

❗️ЭСЛАТМА: юқоридаги имтиёзи бор абитуриентлар магистратурага танловдан ташқари алоҳида давлат грантлари асосида қабул қилинади. Яъни қайсидир мутахассисликда 1та грант ўрни бўлса, ўша мутахассисликка Президент стипендиясини олган талаба ҳужжат топширса, у 1та грант ўрнини банд қилмайди, балки алоҳида квотага киради, бошқача айтганда ҳеч кимга халақит бермайди.


👉 @xushnudbek 👈

208 comments

Show 70 more comments
Assalomu aleykum, Xushnudbek aka. Siz yuqorida aytgandek nomdor stipendiyantlar qabul kvotasidan tashqar qabul qilinsa, bu qaror 2017-yilda chiqqan bo'lsa, nega 2 yil oldin kirgan nomdor stipendiyalar sohiblari kvota ichida qabul qilingan? Qolaversa, men O'zMU vakillaridan so'rasam ular ham kvota ichida qabul qilinadi deyishmoqda. Agar imtihondan keyin bunday tushunmovchiliklar yuzaga kelsa kimga murojaat etish kerak?
Shu rasmdagi savolga aniqlik kiritib bering iltimos
Ikkalasida ikki hil javob lekin ikkalasiyam oliy talim vazirligi boti
Magistr.edu.uz sayti ishlagan ekan. Ròyxatdan òtdim. Tizimga kirish uchun sms jònatishar ekan. Lekin 1 soatcha bòldi sms kelmayapdi.
Saida Raximova
Assalomu alaykum. Savolim bor edi 2 chi mutaxasislikka imtihon topshirilmaydimi?
°°°100%°°°
Hisobingizda mablag' yo'q bo'lsa kelmaydi sms. Pul tashang telga
Hisobimda pulim bor. Saytni òzida muammolar borga òxshaydi, shunga kemayapdi sms menimcha.
Ассалому алайкум иккинчи мутахасисликка кайси сайт оркали хужжат топширилади.
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Yuqorida aytilganidek, turdosh bo‘la oladigan yo‘nalishlar haqida ham bir ma‘lumot bersangiz yaxshi bo‘lar edi. Masalan men o‘zim ham, nomli stipendiyaga harakat qilayotgan edim, hozirda men boshlang‘ich ta‘lim fakultetida tahsil olaman, lekin magistraturani filologiyaga topshirmoqchiman. Boshlang‘ich ta‘limda ham filologiyada ham 1- asosiy bloklar ona- tili lekin keyingi 2- darajali bloki esa 2xil. Shu ikkisi turdosh bo‘la oladimi, yo bo‘la olmaydimi? Agar iloji bo‘lsa, turdosh bo‘la oladigan yo‘nalishlar postini tayyorlab tushuntirsangiz ko‘pchilikka tushunarli bo‘lar edi. Biz ham xursand bo‘lar edik. Rahmat!
SardoR
Mablag' bo'lsa ham sms kelmayapti...
Assalomu alaykum sayt yaxshi ishlamayapti. 5kundan beri hujjat topshirolmayapman. Kimga murojaat qilay
Assalom-u alaykum, savolim bor edi, IELTS 6.0 sertifikatim bor, Lingvistika: Ingliz tili yo'nalishiga topshirmoqchiman.
Qanaqadir imtiyoz yoki qo'shimcha bal beriladimi yoki yo'qmi?
DILSHODA
Assalomu alaykum . Dotsent bo‘lish uchun nimalar qilish kerak. Albatta magistraturani tamomlagandan so‘ng. Keyingi savolim online hujjat topshirish uchun faqat pasport va diplom kerakmi yoki boshqa hujjatlar hammi
Texnika yo’nalishi bo’yicha Beruniy stipendiyasi olgan talaba IT sohalariga imtihonsiz topshira oladimi?
Assalomu alaykum akalar savolim bor edi abiturientda virus aniqlansa imtihonga kiritilmasa qolib ketadimiii
Fotima Abdurahmonovna
Ha puli ham qaytarilmasakan
Yuldasheva L
Assalomu alekum Xushnudbek aka man Qozoģiztonga òqishga topshirmoqchi edim. Kimga murojaat qilaman???? Iltimos yordam bervoren.
O'ktam
magistr.edu.uz sayti ishlamayapti. Hujjatlarni topshira olmayapman.
Xurshid Abduxamidovich
aka yaxwimisiz.
oxirgi paytda OTM dan va qabuldan bowqa narsa yozmay quydiz.
kanaliz qanaqaqdur zerikarli bop qoldi
O'ktam
Xushnudbek sizdan iltimos magistraturaga hujjat topshirishda sayt bo‘yicha aniqlik kiritib bersangiz. Ikki kundan beri ishlamayapti. Oldindan rahmat.
Show next 100 comments