📊 STATISTIKA va REYTING TIZIMI yoʻlga qoʻyildi!

12-noyabr kuni 5-6-7-8 sinf oʻquvchilari uchun, kechagi olimpiadadan keyin 1-2-3-4 sinf oʻquvchilar uchun reyting tizimi yoʻlga qoʻyildi.

Endi eng yaxshi tuman/shahar va maktablar reytingi qatnashchilar soni, umumiy ball, oʻrtacha ball va medallar soni boʻyicha aniqlab boriladi. Oʻquv yili yakunida natijalar umumlashtirib mutloq gʻoliblar e’lon qilinadi.

Shunday ekan kecha gʻolib boʻlmaslik bu magʻlubiyat degani emas. Oldinda olimpiadalar juda koʻp. Qiziqish va ijobiy munosabat davom etsa har oyda 2 martadan olimpiada oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyiladi.

Yoshlar markazidagi uchrashuvda aytganimdek, haqiqiy gʻalaba kechadan koʻra koʻproq bilimga ega boʻlish. Har bir olimpiadamizdan keyin xato va kamchiliklarni, savollarni yechimi bilan tahlil qilishni qoldirmasangiz oʻsib borasiz.

Darvoqe, savollarni qanday olsak boʻladi deb soʻralmoqda. Ushbu savollar 3-dekabr kuni khiso.uz saytimizda onlayn olimpiadada qoʻyiladi. Shundan keyin youtube kanalimizda video tahlili e’lon qilinadi. Nafaqat savollarni, balki video tahlillarni ham oʻrganishingiz mumkin.

Sekin sekin ota-onalar va oʻquvchilarda olimpiadada ishtirok etish madaniyati, tashkilotchilarda esa tajriba ortib bormoqda. Yana yaxshilanish borasida takliflaringiz boʻlsa izohda qoldirsangiz olimpiadalarimizni yanada takomillashtirib boramiz.

2 comments

Assalom alaykum.Bolalarga dim qiziqli bóldi
Lekin qiynaldila azgina savollara.Lekin kóp kóp qatnashsala bilimlari oshar adi .Kattakon raxmat sizlar.Utgan bolalarni,oto onalarni tabriklimiz
С.М.Азадбаевна
Assalom alaykum.Bolalarga dim qiziqli bóldi Lekin qiynaldila azgina savollara.Lekin kóp kóp qatnashsala bilimlari oshar adi .Kattakon raxmat sizlar.Utgan bolalarni,oto onalarni tabriklimiz
Xudo xohlasa 1 yildan keyin juda katta darajada oʻsishga erishishadi. Mana yuqori sinf oʻquvchilarimiz Viloyat hokimi olimpiadasi orqali darajalari keskin oʻsdi.