Талабаларга энг кўп контракт пулини тўлаб берган ҳокимликлар рейтинги эълон қилинди

Талабалар сони бўйича рейтингнинг энг юқори ўрни Шароф Рашидов тумани ҳокимлигига (242 нафар талабага 662,7 млн сўм) тегишли бўлса, миқдорига нисбатан Навоий шаҳри (176 нафар талабага 807,2 млн сўм) банд этган.

Ёшлар ишлари агентлиги раиси Алишер Саъдуллаевнинг хабар беришича, республикадаги 6 та туманда “Талабага мадад” лойиҳаси доирасида мурожаат қилган талабаларнинг бирортасига контракт пуллари тўлаб берилмаган. Бу бўйича тегишли чоралар кўрилиши айтилган.


👉 @xushnudbek 👈

210 comments

Show 100 more comments
Tumanda pul bo'lsa to'lab beriladi deyilganmidi yoki
Xushnudbek aka oilamizda 2nafar kishi to‘lov kontrakt asosida o‘qiymiz ota onam ishsiz lekin sizga kontrakt puli to‘lab berilmiydi deyabdi kimga murojaat qilsam bo‘ladi iltimos javob bering
Buxoro, Surxondaryo, Xorazmning bironta tumani yo'q tumanlar hokimlari va mahalla raislari ishlamaganligidan dalolatmi?
Ismoiljon Urazaliev Arch.PhD
Шароф Рашидов барибир Шароф Рашидовдаааа 👏
Avvalambor Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Biz oilada 3 ta kontrakt oqiymiz men, turmush o'rtog'im va ukam. bundan bir oy oldin talabaga madad loyihasiga online tarzda Ariza topshirgandim kontrakt masalasi boyicha. Hozirda oilada 11 kishi yashaymiz Dadamlar hozirda vaqtincha ishsiz onamlar uy bekasi. Yoshlar ishlar agentligiga online tarzda Ariza yozgandim tuman sektoridan uyga kelishdi uymizni korib sizlarni sharoitlaring yaxshi ekan Deb yozgan arizamni "Tegishli hujjatlar taqdim etilmagani uchun rad etildi" Deb yozibdi. Bizdan hech qanday hujjat soralmadiku.
Uy joyi yaxshi bo'lishni arizamni rad etishiga asos bulaoladimi
Assalomu alaykum meni boquvchim yoq 3 nafar farzandim bor 1ta o'g‘lim bor bu yil o‘qishga kirdi kantrakt asosida davlat kantraktini yarimini to‘lab beradi deyishdi hokimyatga bordim xozzir limitda pul yo‘q deyishdi kimga murojat qilishim mumkin
Ismoiljon Urazaliev Arch.PhD
Шароф Рашидов туманида ўзим ҳам ишлайман, кўз олдимда ҳақиқатдан ҳам ким контракт пулига мухтож бўлса тўлаб берилди, ҳеч ким норизо қайтмади! 👍👍👍
Dilobar
Assalomu alaykum Xushnudbek men doimiy ravishda sizning telgram kanalingizni kuzatib boraman yoshlarga turli masalalarda juda kòp amaliy yordam berib kelayapsiz. Mening ham ikki nafar farzandim tòlov kontrakt asosida òqiydi biz ham talabaga madad loyihasining 12 bandiga tòģri kelarkanmiz onlayn ariza topshirdik hujjatlarimiz qabul qilindi. lekin meni qiziqtirayotgan bitta javob òylantirayapti shu soha bòyicha ma'sullar quydagicha javob berishdi hokimyatda pul bòlishi bilan tòlab berishadi balki dekabrda, balki yanvarda, mobodo pul bòmiy qolsa tòlab berolmaymiz degan xat keladi deyishdi. Qiziq 3- javobni berish osonku. Biz buni qancha muddat kutamiz yoki ariza topshirilgandan keyin belgilangan qanchadur ish kuni asosida javob keladimi
Sodiq
Ajratilgan pullarni koʻp soʻramanglar biror kim qamalib ketmasin
Mengayam toʻlab berishmadi bir oilada 2 nafar nafaqaxoʻr boʻlsa toʻlab berilishi kerak ediyu oʻzlaricha mandan soʻramasdan qanaqadir oʻquv markaziga qoʻshib yuborgan yoshlar daftaridan chiqarish un endi shu bn 6 oydan keyin kirishim mumkin ekan juda koʻp nohaqlik qilishadi 😔😔😔 man ishonmiman bu kastum shimladan bizgacha u pullar yetib kelishiga manni nechta tanishlarim murojat qilgam boʻlsa hammaga har xil baxonalar
Assalomu alaykum Xushnudbek aka biz oilada 2 kishi to'lov kontrakt asosida o'qiymiz men va ukam otam ishsiz onam oddiy o'qituvchi 2milon ham olmaydi oyiga 2021-yil 250-sonli qaror asosida to'lab berilishi kerak degan 50%ini yoshlar daftariga ukam ariza topshirdi tumandagilar kelib yashash sharoitimizni ham ko'rishmadi onasi ishlasa berilmaydi deyishdi va chiqarib yuborishdi shu narsa adolatdanmi
Biron bir tashkilot bormi shularning ishini nazorat qiladigan oilada men va ayolim to'lov kontrakt asosida o'qiymiz uy joyni kreditga olganmiz kontrakt to'lashga imkonimiz bo'lmadi. Qarorlarni chiqargandan so'ng amalda ham qilish kerak. Samarqand shahar sektorga borsam mahallaga bor tavsiyanoma olib Moliya ishlari bo'yicha hokim o'rinbosariga kirsang beramiz deydi. Mahallaga borsam sektor berma deb aytdi deydi xullas muxtoj oilaga pul bermasdan tanish bilishga to'layotganlarning uyi kuysin davlat xoyinlari.
Hokimlar shaxsiy chôntagidan tòlamagandur
МУХАММАД
Assalomu alaykum Xushnudbek aka meni ikki qizim ham sirtqida o'qiydi, madad loyihasiga ariza bergandik nizomda sirtqiga to'lab berilmaydi deb rad javobi berdi, shu to'g'rimi
Assalomu alaykum biz oilada 3ta kishi kantrak asosida oʻqiymiz (akam ukam men)ota onam hechqanaqa davlat ishida ishlamaydi bu loyihani eshitib juda xursand boʻlgandm lekin hali toʻlab berilmadi bundan buyon boshqa toʻlab berilmaydimi berilsa qachongacha chiqadi ariza javobi.Oʻzi bu loyihadan oldin ham oilada uchta kantrak boʻlsa bittasi davlat tomonidan toʻlab beriladi deb eshitgandm bu qanchalik toʻgʻri shu haqda ham malumot bersangiz iltimos
Assalomu aleykum yaxshimiszlar saxovatpesha hokimlarimiz kopayvursin. Hech bolmaganda har tuman, viloyat hokimlari kamida 10 20 ta kam taminlangan talabaga yordam berganda ularni keyinchalik ozi ish bilan tanimlash sharti bilan olganda ham qancha yurdoshlarimizga foyda berardi
Qashqadaryo Shaxrisabz shahridanman. Juda ko'p murojaat qilsamda hech qanday harakat qilmagandi shahrimiz hokimi. Sharoitimizni ko'ra bila turib. Bu boradagi qarorlar ijrosi bizning Shaxrisabzda👎
Assalomu alaykum men talabaga madad loyihasi boyicha ariza tashlagandim hech qanday javob yòq . Qònģiroq qilsam hatto masullar kòtarmayapdiham
Azizbek
Assalomu alekum, Men andijondanman xozirda 3-kurs talabasiman, ish sorab kóp maktablarga bordim, ish berishmadi, kontrakt tolamasa ham, hech bolmasa ishga qabul qilsin, rahbarlar semirmasdan 0,5 stafka, axir ozmuncha pul sarf qilib óqimayapmiz,
Azizbek
3-kurslarga qaror chiqganku
Assalomu alaykum men Jizzaxda 2-kurs talabasiman oilada 5ta farzandmiz dadam vafot etganlar men kantirakt asosida õqiyman onam ishsiz,ukalarim hali voyaga yetmagan kantiraktimni tõlashga qurbimiz yetmayotganligi tufayli inistitutimizga hujjat topshirgan edim lekin hech qandey javob olmadim. Belgilangan mudat ichida kantiraktimni tõlay olmasam õqishdan chetlashtirilaman ekan. Onam kivartira pulimni va xarajatlarimga pulni bazor yetqazayabdi. Iltimos shu masala bõyicha qayerga murojat qilsam bõladi.Ota onasidan biri vafot etgan qizlarga kantirakt summasini 50 foizni tŏlab berilsin degan qaror bilan tanishib chiqandim.
Show next 75 comments