Пахта миллий бойлигимиз эмас!

Юқоридаги фикрларни бундан 3 йил олдин ёзган эканман. Ўша пайтда бу фикрга қаршилик қилганлар, ҳатто мени ватан хоинига чиқарганлар ҳам бўлганди. Аммо вақт ўтиб, мана бугунги кунда ўша фикрлар ҳақиқат эканлигини ҳаётнинг ўзи кўрсатиб турибди.

Пахта миллий бойлигимиз деган ақида билан бутун миллатнинг таълимини ўлдиришга, миллионлаб инсонларни мажбурий меҳнатга жалб қилишга йўналтирилган сиёсат ҳеч қачон тўғри бўлмаган. Миллий бойлигимиз – бу халқимиз, фуқароларимиз! Бундан катта бойлигимиз йўқ.


👉 @xushnudbek 👈

497 comments

Show 100 more comments
Salom. Bir vaqtlar 3 yil kollejdan, 4 yil universitetdan paxta terimiga borganmiz. Albatta boylarni, domlalarni farzandi bormasdi. Bizga o‘xshagan oddiy xalqni bolasi borardi. Erta sahardan quyosh uyg‘onmasdan uyg‘onardik, normani bajarish, shtabda gap eshitmaslik uchun xirmon- xirmon paxtani terardik. Biz terimchilar uchun "yaratilgan sharoitlar" haqida gapirmasa ham bo‘ladi, buni faqat paxtaga borganlar bilishadi. Xullas hozir o‘sha paytlardagi majburiy paxtaga borish degan gap yo‘q. Oiladan uzoqqa ketmaymiz, o‘qishga, ishga boramiz va qaytamiz. Shu kunlarga yetkazganiga shukr!!!
Malikaxon Sirojiddinovna
Ismoil
SEFR ham pullanyaptimi. Faqat milliy sertifikat deb eshitgandim
Albatta,o‘qituvchiyu abiturientlarga.Boshida 500 $edikan,endi 600ga ham topisholmayaptikan talabgorlar😀
Валижон Мирзааҳмедов
1
Минг миллионлаган ерларга пахта экилмаса миллионлаган оилалар нима билан тирикчилик килади буегини уйлаб гапиринг хамма ёкка парник куриб бумайдию
Тўғри мана парник кўпайдиям дейлик. Бизни қишда ёқадиган газимизни ёқиб пиширади, камига баъзи ноинсофлари ўғирлайдиям. Бирорта парникни кўмир ёқиб иситганини кўрмадим сабаби ундай қилса фойда 100 да 100 бўлмайдида.
Assalomu alaykum Xushnudbek aka bu gaplar to'g'ri lekin biz taraflarda hozir kunda bola puli yoki moddiy yordam oladigan insonlarni paxtaga bormasa ularga pul yozmaydi wu mavzuni ko'tarib chiqing. Bu mening mahalladagi insonlarga yordamim. O'tgan safar bir opa bilan gaplashdim u moddiy yordam olaman deb hujjat to'g'irlab yurgan ekan. Keyin buni tartibi qanday desam. Birinchi oy moddiy yordam pulini mahallada ishlaydigan qandaydir ayol olar ekan ikkinchi oydan ayol pul qo'limga tuwadi deydi. Bu gapdan keyin biroz xo'rsindim. Nahot bir muhtoj oilani puliga qarab qoldima mahalla xodimasi. Bu iwlarni oxiriga qiziqdim. Uyga kelib onamga aytgandim. Bu rost dedilar. Keyin biror joyga murojaat qilishsa bo'lishmaydima deb aytsam. Bolam o'zi ular shu pul olish uchun qancha yelib yuguradi. Ular shungayam shukur qilishadi. Deb onam aytdilar. Ayni rivojlanayotgan O'zbekistonni bu kabi kimsalar oyog'idan tortmayotgan ekan. Bu ishga aralshay deb harakat qildim u ayolni oldiga bordim. Siz biron joyga murojaat qiling bu haqda dedim. Ayol esa 2 bolam yosh. Endi men faqat davlat idoralariga qatnayinma keyin esa ulardan qog'oz ishi ko'p undan ko'ra shunga ko'nish kerak dedilar. Keyin menga bu ishlarga aralshma seni gapirsang keyin boshqa oilalar bola puli va moddiy yordam ololmaydi. Shuning uchun bu voqeaga ko'z yumgin dedilar. Ammo meni vijdonim yo'l qo'ymadi. O'zi moddiy yordam puli uchun 15 kun paxta terishga majburan borish yoki o'rniga odam yuborish kerak ekan. Bu tizimni kim o'ylab topgan bilamdim.. Shu mavzuni yoritib bering. Mumkin bo'lsa bola puli va moddiy yordam olish tartib va qonun qoidalarini tushuntirung iltimos!! Mening oddiygina fikrim kimgadir yoqmas lekin kimgadir foydam tegsa bas.
O'qing
O'qing
O'qing
O'qing
O'qing
O'qing
O'qing
O'qing
O'qing
O'qing
Ba'zi xato kamchiliklar uchun uzr
Sizdaqa keng fikrledigan haqiqatga tik qarab gapini gapiradigan òqimishli yoshlar kòpaysin, kòpaysa rivojlanish bòladi , sizga Qoyil qolaman har fikrlab bir mavzuni kòtarganizda, Otezga rahmat.
Men paxta terimiga maktabning 4 sinf paytidan kollej, universitetni bitirguncha terdim
Suratda togri Fikr yuritilgan
Akram Shodiev
Malades!
Sirojiddin Mirzayev
Тўппа тўғри, яшанг, отангизга рахмат!
Пахтани бекор килиниши купчиликни касал килди
Gerbda paxta olib tashlash kerak manimcha?
Даромаддан махрум килди
Madinabonu
👍👍👏
Максат
Gerbdan olib tashlash kerak paxtani. Bu mening shaxsiy fikrim
Jinimisz sz oylab gapring uzizdan ketmang bitta mavzuni ob ciqdi deb oylab gapring nema devotganiz uziz bilaszmi
Paxta bizning boyligimiz g'o'zapoya oyligimiz deb paxtaga chiqqanmiz😀😀😀😀
Makhliyo Shodiyeva Student ÒzMU
Sizchi siz ham orqadan gapiryapsizku siz özizgizni fatqiyiz nima hozir....... Bizni orqaga tortayotyaon faqat òzimiz qachon adolat nimaligi tushunmas ekanmiz va buni özimizga loyiq kòrmas ekanmiz shunaqa maydalashib yuraveramiz boshqalarni fikrini chaynab.
Мен шу ерга ёзаяпман шекилли. Шу гапини Президент гапирганидан кейинмас эртарок гапирса биров эътироз билдирмас эди. Укисин шуни кайтарсин жавоб мана розиман.

Мана шу пахтани чекка - чекка кишлокларда териб касса уйнайдиган, уйига ёг берса олиб кирадиган, 5 кунлик пахтани пулини олиб куёвга узатган кизига севат берадиганлар бор биласизми? Нима улар бизни фукаролармасми?
Тугри пахтага хамма жалб килинган, хамма борган бундан куз юмиб бумайди. Лекин шу нарса таълимни улдирди дегани гирт сафсата, шифокорларни шу обрусизлантирди дейиш гирт утопия. Чунки кунора каердадир бир муштумзур шифокорни ёввойиларча калтаклаб хеч нарса бумай кутилиб кетаётгани олдида уша пахта териш, бошини силаб нон беришдай гап бупколди.
Ким таълимда усиш курди? Ким таълимга катта эътибор курди? Эътибор математикада жахон олимпиадаси чемпиони буганга фахрий ёрлигу, спортда олимпиадага бориб урин ололмагангаям 5000 $ лаб берилганими?!!!
Узимам талаба буганман, узимам пахта терганман 4 йил.
Пахта концлагер эмасиди. Масалан таъсирини сезмаганман. Албатта талаба укиши керак бу 100 % тугри. Лекин арзимаган балл олган болаям 300 миллион тулаб суперконтрактда мединститутда укияпти. Бу биласизми нима дегани?!
1992 йилдан аввал укувчи студент укитувчи сифатида 2016 йилгача катнашдим
Ички перевод жавоблари чикмаяпдику Хушнудбек.качон чикади
Paxta terimi yaxshi...tersang pulini olasan..lekin oziga yarasha qiyinchiligi borda
...uydan uzoqda ayniqsa studentlar..ex osha davrlar qiynalganlarimiz.....otib ketdi inshaAllah..hammani uyidan korgani kelsa meni bechora onam 😥😥😥😥
Show next 100 comments