Пахта миллий бойлигимиз эмас!

Юқоридаги фикрларни бундан 3 йил олдин ёзган эканман. Ўша пайтда бу фикрга қаршилик қилганлар, ҳатто мени ватан хоинига чиқарганлар ҳам бўлганди. Аммо вақт ўтиб, мана бугунги кунда ўша фикрлар ҳақиқат эканлигини ҳаётнинг ўзи кўрсатиб турибди.

Пахта миллий бойлигимиз деган ақида билан бутун миллатнинг таълимини ўлдиришга, миллионлаб инсонларни мажбурий меҳнатга жалб қилишга йўналтирилган сиёсат ҳеч қачон тўғри бўлмаган. Миллий бойлигимиз – бу халқимиз, фуқароларимиз! Бундан катта бойлигимиз йўқ.


👉 @xushnudbek 👈

497 comments

Show 100 more comments
Bolmasa gerbni almashtirish kerak. Paxta atmen bolla
Dilrabo
Paxta siyosatiga umuman QARSHIMAN!
Assalomu alaykum. Menimcha bu salgina notogri fikr. Tasavvur qiling paxta ekilmasa ozimizdan paxta yog'i ishlab chiqarilmaydi sotib olishga Toģri keladi bu esa oz navbatida yoģni keskin qimmatlawiwiga Olib keladi(togri xozr ham juda arzon emas) bu esa oz ozidan xalq uchun jabr boladi. Qishloqlarda oddiy xalq paxta terim vaqtida paxta terib birmuncha pul ishlavolishadi. Men shunchaki kozga koringan ozim biladgan tomonlarni aytdim men bilmagan narsalar hali qancha.
Anvar Djalilov
Пахта бизнинг гербимизда акс этган. Бу эса пахта бизнинг миллий бойликларимиздан бири эканлигидан далолат. Масалага факат бир тарафлама ёндашмайлик. Ахир мураккаб математик масалаларнинг хам ечимини осон топиш усуллари мавжуд!
Нимадир узгарса фикрлари узгариб коладиганлар хар доим булади. Фикрларинг узгариб колмаслигига ким каолат беради?
Abbosbek Mansurbekovich
Raxmat fikrimga qoshilganligiz uchun menham paxtaga borganman komentlarni oqib yozyabman toʻgʻri hali oilalik emasman lekin noshukur bolmaylik nega Yaponiya rivojlangan chunki halq davlat uchun yashaydi biz oʻzimiz ogrimizku davlatni yeb bitiryabmiz halqani pulini yani korrupsiya moshinalar olish halqani puliga qisqasi oldin kamroq edi korrupsiya paxta bogan BN gashti bor edi osha paytlarni pulni qadri bor edi hoz pul mln bolsaham barakasi yoq qisqasi gap kop
Oka topa togri qishloqda koplar ishsz shu paxtadan mobay pul topadi dexqonchilik qiladi davlat ishida ishlaydiganlar buni qayerdan bilsin shu halqni boyligini oyliq qilib oladi 10 15 mln lab bular bilmaydi bular endi martabasi bor obruyi bor nimani hushlasa shuni qiladi zeriksa birovni orqasini kovlaydi kuzi kurlar km nima des ortidan ergashadi bu komintaryada koplarni kuzi kur bolibdi zoshukurlar avval kim eding endi kim boldin non tuz bergan paxtaga oyoq quy desa ha ha shunday deb ergashyapdi men Xushnud bek akani xurmat qilardim endi endi bu akaga qiziqishm qolmadi uzi ziyoli oyladan bolsa kkda aaa bu paxtani uzini zavqi bor xozirgilar oqib ham gur qilmayapdi 😠biz ham terganmiz paxtani xozir ham teryapmiz xozi talabaman imkonim bolganda onam bn paxtaga borardim soginyapman osha damlarni
Abdimuratov Baxtiyar
Paxtadan hech kim o'lmagan. Ta'lim ham boshqasi ham. Paxta yaxshi edi. Hayot achchiq chuchugini korardi. Studentlik shu paxta bilan qiziq edi. Hozirgi studentlar nimani ko'radi endi. Choyxonaga borishadimi
Abdimuratov Baxtiyar
Puli borniki bo'ldi zamon. Arzimagan ball olib superkontrakda o'qiyabdi. Shumi paxtani qo'yib ta'limni rivojlangani???
Paxta yaxshi taraflarini shaharliklar bilisha olmaydi , Xushnudakani gapiga unchalik qoshilmayman, lekin majburiy mehnatga men ham qarshiman
Paxtaga oddiy ekin sifatida qarash kerak xolos
Paxtani kop terganlarga GM mashinalaridan sovg'a qilish kerak. Kop paxta qo'yganlarga emas.
Хитойни миллий бойлиги жуда куп эканда-а
Paxta bug'doy kabi zarur xomashyo deb bilaman
Xushnud aka paxta bizga boylik men buni qutlayman. To'gri talimni o'ldirganmiz. Lekin davlatimiz buni orqadidan katta daromadga erishdi. Hozir esa paxta maydonlari ham kamayib yoq bolib bormoqda.
Хушнуджон Сизга жуда катта рахмат! Миллий бойлигимиз бу халкимиз, пахта эмас! Иктисодий жихатдан айтган гапларингиз хам юз фоиз тугри! Бу шунчаки сиёсат эди! Эххе оллох шохид, пахта балосини деб канака кунларни бошимдан утказганман! Хар йили пахтага "одбой" булганида хеч ким курмайдиган жойга утиб узим учун эмас, миллатимиз келажаги ёшларимиз учун "корнимга" ва "кадримга" яхшилаб йиглаб олардим тугриси! Ким нима деса десин, аммо миллий бойлигимиз бу пахта эмас, миллий бойлигимиз бу халкимиз, ёшларимиз!!!
Ассалому алейку.Сизнинг фикрингизхам тогри.Лекин Асосий миллий бойликларимздан бири хам Пахта хисобланади.
Paxtaga chiqmasak ham talim olib yotiptiyu
Karimov vaqti qayerda ediz
Show next 89 comments