Пахта миллий бойлигимиз эмас!
Юқоридаги фикрларни бундан 3 йил олдин
ёзган эканман. Ўша пайтда бу фикрга қаршилик қилганлар, ҳатто мени ватан хоинига чиқарганлар ҳам бўлганди. Аммо вақт ўтиб, мана бугунги кунда ўша фикрлар ҳақиқат эканлигини ҳаётнинг ўзи кўрсатиб турибди.
Пахта миллий бойлигимиз деган ақида билан бутун миллатнинг таълимини ўлдиришга, миллионлаб инсонларни мажбурий меҳнатга жалб қилишга йўналтирилган сиёсат ҳеч қачон тўғри бўлмаган. Миллий бойлигимиз – бу халқимиз, фуқароларимиз! Бундан катта бойлигимиз йўқ.
👉 @xushnudbek 👈
Шароф Рашидов: объязательно выполним, Леонид Ильич.
Шу билан узбек "эркинлик"даги қулга айланган. Кейинги йилларда
Декабрьнинг сунгги хафтасигача талабалару хизматчилар далада копкетган
Yer sharining shu palasasida joylashgan hamma davlatlar (AQSH, Hindiston, Pokiston, Turkiya, Braziliya, Misr, Xitoy) paxta etishtiradi.
Chunki shu palasadan tashqari boshqa davlatlarda uni yetishtirishning imkoni yo‘q.
Siz aytgandek paxta "Milliy boylik" emas, ammo biz uchun Olloh bergan ne'mat bu go‘za baribir boylik, Shukur.
Bu qadimgi o‘simlikning ustida juda ko‘p fidoyi olimlarimiz katta mashaqqatli ishlarni amalga oshirgan. Natijasi ham yaxshi.
To‘g‘ri mehnati oson emas, lekin texnika va texnologiya asrida hozir paxtani yetishtirishda inson omilini minimum, texnika va texnologiyalar asosida yetishtirishni maksimum darajaga olib chiqish ustida ham ishlar olib borilmoqda, bunday loyihalar ham kam emas.
Men paxtaning iqtisodiyotdagi o‘rni yoki uni yetishtirish borasidagi huquqiy asoslarga aralashishga haqqim yo‘q, ammo OTM larda o‘qitish reja va dasturlariga kiritilib, o‘qitilib kelinayotgan, talaba va yosh olimlar tadqiq qilayotga "dahmazasi pespublikani tutadi"gan bu o‘simlik ne'mat, boylik (ular shunday hisoblashadi).
Birovni qoralash yoki ayblash niyatim yo‘q, lekin imkoni bor narsadan foydalanish (paxta yetishtirish) iqtisodiyotimizga zarar qilmasligi aniq, ammo bu tarzda urg‘uli ("PAXTA" 5 martta) fikrlar bu sohada ishlayotgan va ishlash niyatida bo‘lgan yoshlarga zararli deb o‘ylayman. Rahmat imkoniyat uchun.
Tilga erk bermang zero hozir egri sóz boshingizni yeyishi mumkun.
Exxxx essiz paxtachim...
Elon musk lar paxta ortidan Shu darajada erishgan deysizmi???
Steve Jobs lar paxta ortidan Shu darajada erishgan mi ?
Bitta odam misol keltiree : tik tok ni yaratgan odam paxtadan kóra kóproq foyda olgandur manimcha!!!
Raxmat vaqtingizni olganim uchun.