Yaqinda Korzinkaga borsam 3-4 Hindistonlik yoki shu atroflik erkaklar baland ovozda gaplashib bir biriga mahsulotlarni otib xarid qilishyapti. Keyin kassaga borsam, yana bir nimalarda adashibdi sotuvchi ham sarson. Sotuvchi ularni xatosini to'g'rilab orqada turganlar navbatda kutib qoldi. Oilam bilan xarid qilib turgandim to'g'risini aytsam juda yoqmadi. Shu holat men o'zim Yaponiyaga borgan vaqtlarim, talabalik vaqti o'rtoqlar bilan supermarketga kirib xarid qilib, xuddi shunday holatga tushib adashganimiz va orqada navbat ko'payib ketgani esimga keldi. Qanchalik tolerant bo'lmaylik, shunday holatlarda mezbon xalqga yoqmasligini, yana bir marta musofir bo'lib yurgan kishi mezbon xalqaga zarari tegmayaptimi ehtiyot bo'lishi kerakligi haqida o'yladim.
🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook