HUMO карталари билан боғлиқ вазият бўйича расмий изоҳ берилди

Ижтимоий тармоқларда барча пенсия олувчиларининг HUMO карталарига ўтказилиши тўғрисидаги хабарлар фаол тарқалмоқда. Аммо айтиш жоизки, қай турдаги картани чиқариш ва уни кимга беришга оид қарорлар банк фаолияти доирасида қабул қилинади.

МБПМ карталарни фақатгина банк томонидан берилган буюртмадаги миқдорга асосланиб чиқаради.
Бугунги кунгача, Халқ банки маълумотига кўра, пенсия олувчилар учун жами 1 228 000 (бир миллион икки юз йигирма саккиз минг) карта чиқарилган, улардан фақат 391 000таси, яъни 32%и HUMO карталаридир.

7 ва 8 май кунлари, соат 11:00 дан 13:00 оралиғида POS терминаллари орқали тўловларни амалга оширишда қийинчиликлар кузатилди. Бунга - пул маблағларини пенсия карталарига ўтказиш операцияларининг шиддатли равишда ўсиши, шунингдек банк кассалари ва банкоматлари орқали пул маблағларини нақдлаштириш хизматларига талабнинг юқорилиги сабаб бўлди.

Буларнинг барчаси кескин ва қисқа муддали носозликларга, яъни натижасиз банк операциялари сонининг ўсишига сабаб бўлди. Аммо бу вазият банкоматлар ёки электрон тўлов тизимилари фаолиятига таъсир кўрсатмади.

Айни дамда, процессинг маркази қувватларини кенгайтириш ва дастурий таъминотни яхшилаш бўйича узлуксиз иш олиб борилмоқда.

Карта эгалари учун қўшимча қулайликлар яратиш учун МБПМ Халқ банки билан ҳамкорликда пенсия олувчи мижозларга хизмат кўрсатиш бўйича ишлар янада такомиллаштирилмоқда: банкоматлар ҳудудий қайта ўрнатилмоқда, қўшимча кассалар очилмоқда.

“Карта эгаларига юзага келган вазият учун узрларимизни билдирамиз. HUMO – нисбатан янги тизим, уни такомиллаштириш бўйича ишлар давом эттирилмоқда. Биз бор кучимиз билан мижозларимиз ишончини оқлашга ва бу тизимни имкон қадар қулай ва ишончли қилишга ҳаракат қиляпмиз”, - дея таъкидлади, “Миллий банклараро процессинг маркази” МЧЖ  директори Шуҳратбек Қурбонов.


👉 @xushnudbek 👈

334 comments

Show 100 more comments
Юнусбек
Davronbek Matkarimov
Shu 99 % odam Uzkarddan pul olgan
99% dan 1% osonroq balki siz humodan pul olgandursiz !!!!
Televizor va telegeam kanallardagi gaplar uzoq hududlarga kech emas hech yetib kelmaydi...Bunday holatni ko'p misollarda ko'rsatish mumkin..Bizda avval majburlab (ayniqsa byudjet idora,masalan maktablarda)qo'lingga plastik yoki shunga o'xshagan,so'zda innavatsion gadjet beriladi,uni qo'llaydigan sharoit yaratilguncha,yangi bir nima o'ylab topiladi."Rivojlanish' tezligi shiddatli😂
p.s: O'qituvchilar tomda H+ topib online dars o'tadi,.Sentabrdan maktablar ochilgach Uztelecomdan kutilgan baza yetib keladi,qizig'i Shisha tolali kabel o'tqazilganiga 1 yarim oy bo'ldi..Xushnudbek,rahmat.Sizni kuzatib boramiz.Dolzarb mavzularni yoritasiz.Sog'lik va omad..
Uzcard yaxwi edi.
Humoni chiqarwdan nma naf.
Baribir raqobat yòqku
Тураева Р. Р.
Umuman ishlamaydi bu xumo deganlari, na pul o'tkazib bo'ladi, na kestirib. Eplashsa ishlashsinda, eplashmasa nima qiladi xammani majburiy xumo plastigiga o'tkazib,. Men o'qitivchiman bizni xam yoppasiga majburiyXumoga o'tkazishdi, Uzkard judayam yaxshi ishlardi
Qani tanlov qilsinchi kimlar humo kimlar Uzcard olarkin.Majburlab humo berdingmi axir ishlatib qo'yda.Xalqni aldamasdan.
Xushnudbek oxirgi vaqtlari sizni kanalizdan biron bir yangilik olmayapman.Avalroq bu xabarni kun.uz saytidan xam o‘qigandim.Kanal obunachilariga shunchaki shunchaki rasmiy munosabatlarni ko‘chirib kanalizga chiqarib qo‘yishiz qiziq emas menimcha.Shaxsan menga sizni nuqtayi nazaringiz, shaxsiz fikringiz qiziq.Kechirasizu oxirgi ko‘pchilik postlariz ko‘chirmachilik bo‘lib qilyapti.
Chunishmcha faqatgina 32 % da muammolar kuzatilganmi qolgan 68 % da sukunat bu nima digani tizim zoʻr ishlab turgan bilsa boʻladi.
Quloqqa lağmon iladi bular!
Ozingni pulinga õzing xojayinlik qilomisan?
Shu janob Qurbonov "nega humoda uzcardga pul otkazib bolmyotgnini tushntirb bersn!
Òzi Xushnud aka.
Humo
Uzcard
Sörovnoma òtkazsa yaxwi bölardi
Азиз Фозилов
Davronbek aka biz kompaniyadan faqatgina kamchiliklarini to'g'irlashini iltimos qilib qolamiz, vaqtida terminallardan yechilgan pul ni tushirib bersa bo'ldi tadbirkorlarga, qolganini farqi yo'q u uzkard boladimi yoki boshqasimi
Эзозбек Холиков
Узкарт карталарини кайтаришсин,Хумо карталари керакмас!
...Маъруфжон
Пенсияни накт берса булавермайдими яна хамма банкда накт пул килиш учун
Davronbek Matkarimov
Bu yerda TROLLAR fabrikasi ishlayapti. HUMOni yomonlash uchun yonlangan odamlar guruhi!!!!
Siz yozgan gapizzi uylab gapiryapsizmi kimsiz uzi bu yerdagi barcani trol diysiz bitta sizda iwlagani un xalq jim qoliwi kkmi haqiqatni aytwyapti mana manda iwladi qolgan hammang ahmoqsan degan manodagi gappi yozyapsiz kimsiz bankirmisiz yo wu xumoni iwlab ciqqanmidiz xatosi yo 100 %mamnunmiz deb jar solasiz buldi xatosi yo busa xursand bb utiruvring , hamma fikr bildiriwga haqli aytilmasa bu kamcilikla tuzatilmay qovuradi sal uylab gapiring iltimos kim busayz ham
HUMO mi UzCARD mi xalq hayotiga yengillik olib kelsa bo'ldi edi,UMS ni MOBIUZ qilgan bilan aloqa sifati o'zgarmagandek gap bu.HUMO,UZCARD,....variantlar ko'p bo'lgani maqul,faqat yangi eskisidan ancha qulayroq bo'lishi kerak.Oddiy qishloqdagi pensionerga bu plastik 75 yoki undan ko'p davlatda ishlaganidan bir tiyinlik foyda yo'q,kerak vaqti karta ichidagi mablag'dan foydalana olmasa.
Humo kartasining Uzcarddan afzalligi nimada? Nega maosh, pensiya, nafaqalar va boshqa narsalarni noixtiyoriy ravishda Humoga o'tkazdiryapti? O'zi shu bizga kerakmi?
Raqobaddosh buladi hechkimga majburlab berilmaydi deydi Yana kuzini baxraytirib Markaziy bank boshligi bir oy oldin nega haqiqatni tan oldaydi manopoliya uvasi mb ham
Show next 99 comments