HUMO карталари билан боғлиқ вазият бўйича расмий изоҳ берилди

Ижтимоий тармоқларда барча пенсия олувчиларининг HUMO карталарига ўтказилиши тўғрисидаги хабарлар фаол тарқалмоқда. Аммо айтиш жоизки, қай турдаги картани чиқариш ва уни кимга беришга оид қарорлар банк фаолияти доирасида қабул қилинади.

МБПМ карталарни фақатгина банк томонидан берилган буюртмадаги миқдорга асосланиб чиқаради.
Бугунги кунгача, Халқ банки маълумотига кўра, пенсия олувчилар учун жами 1 228 000 (бир миллион икки юз йигирма саккиз минг) карта чиқарилган, улардан фақат 391 000таси, яъни 32%и HUMO карталаридир.

7 ва 8 май кунлари, соат 11:00 дан 13:00 оралиғида POS терминаллари орқали тўловларни амалга оширишда қийинчиликлар кузатилди. Бунга - пул маблағларини пенсия карталарига ўтказиш операцияларининг шиддатли равишда ўсиши, шунингдек банк кассалари ва банкоматлари орқали пул маблағларини нақдлаштириш хизматларига талабнинг юқорилиги сабаб бўлди.

Буларнинг барчаси кескин ва қисқа муддали носозликларга, яъни натижасиз банк операциялари сонининг ўсишига сабаб бўлди. Аммо бу вазият банкоматлар ёки электрон тўлов тизимилари фаолиятига таъсир кўрсатмади.

Айни дамда, процессинг маркази қувватларини кенгайтириш ва дастурий таъминотни яхшилаш бўйича узлуксиз иш олиб борилмоқда.

Карта эгалари учун қўшимча қулайликлар яратиш учун МБПМ Халқ банки билан ҳамкорликда пенсия олувчи мижозларга хизмат кўрсатиш бўйича ишлар янада такомиллаштирилмоқда: банкоматлар ҳудудий қайта ўрнатилмоқда, қўшимча кассалар очилмоқда.

“Карта эгаларига юзага келган вазият учун узрларимизни билдирамиз. HUMO – нисбатан янги тизим, уни такомиллаштириш бўйича ишлар давом эттирилмоқда. Биз бор кучимиз билан мижозларимиз ишончини оқлашга ва бу тизимни имкон қадар қулай ва ишончли қилишга ҳаракат қиляпмиз”, - дея таъкидлади, “Миллий банклараро процессинг маркази” МЧЖ  директори Шуҳратбек Қурбонов.


👉 @xushnudbek 👈

334 comments

Show 100 more comments
Davronbek Matkarimov
Bu yerda TROLLAR fabrikasi ishlayapti. HUMOni yomonlash uchun yonlangan odamlar guruhi!!!!
Siz yozgan gapizzi uylab gapiryapsizmi kimsiz uzi bu yerdagi barcani trol diysiz bitta sizda iwlagani un xalq jim qoliwi kkmi haqiqatni aytwyapti mana manda iwladi qolgan hammang ahmoqsan degan manodagi gappi yozyapsiz kimsiz bankirmisiz yo wu xumoni iwlab ciqqanmidiz xatosi yo 100 %mamnunmiz deb jar solasiz buldi xatosi yo busa xursand bb utiruvring , hamma fikr bildiriwga haqli aytilmasa bu kamcilikla tuzatilmay qovuradi sal uylab gapiring iltimos kim busayz ham
HUMO mi UzCARD mi xalq hayotiga yengillik olib kelsa bo'ldi edi,UMS ni MOBIUZ qilgan bilan aloqa sifati o'zgarmagandek gap bu.HUMO,UZCARD,....variantlar ko'p bo'lgani maqul,faqat yangi eskisidan ancha qulayroq bo'lishi kerak.Oddiy qishloqdagi pensionerga bu plastik 75 yoki undan ko'p davlatda ishlaganidan bir tiyinlik foyda yo'q,kerak vaqti karta ichidagi mablag'dan foydalana olmasa.
Humo kartasining Uzcarddan afzalligi nimada? Nega maosh, pensiya, nafaqalar va boshqa narsalarni noixtiyoriy ravishda Humoga o'tkazdiryapti? O'zi shu bizga kerakmi?
Raqobaddosh buladi hechkimga majburlab berilmaydi deydi Yana kuzini baxraytirib Markaziy bank boshligi bir oy oldin nega haqiqatni tan oldaydi manopoliya uvasi mb ham
Yana nimaqilyatti bankdagilar uzkart bankomatiga pulni solib humoni bankomatiga ozgina pulni solib tugasa solmaysizlarmi desa 2 soattankegin ham surasang hoz deydi etibor ham bermaydi qanday qilib but banklarga ishonadi halq birtiyin ga oldaydi insonlarni yangi beryatgandi bez foiz siz yechib beryatgandi hammasi yolgon bergan ah boroti ishonmaymiz
Shubugun Humo KARTASIDAN 120ming yuq qanidesang bilmaymiz deydi unda fuqaro qayga murojat qiladi bankdagilar bilmasa Yana halq sarson ulibket deyattida
Axmedov Baxtiyor
Humodan qanchadan qancha tadbirkorlar, oddiy fuqarolar jabr ko'rmoqmoqda va qayta-qayta rasvo ishlashi, ya'ni deyarli ishlamasligi, kamchiliklari ko'p ekanligini ta'kidlamoqda. Nega biror bir rasmiy vakil ochiq muloqotga chiqmayapti. Kim uni tepasida? Xalq bilsin kimni biznesi ekanligini buni yoki xalqni fikri 1 tiyn deb aytsin biror bir vallomat chiqib TVdan... biz shunda jimgina yuraveraylik.
Shu holat bizni asl rivojlanishdan uzoqlashtiradi.Biz o'zaro janjalga o'tib ketamiz.Har kim fikrini hohlagandek ifodalasin,Asl muammo plastik karta va undagi pulimizdan qulay va erkin,hohlagan paytimizda foydalana olsak bo'ldi.Kimdadir plastiklar bilan bog'liq muammo bo'lmasa,hursandmiz,demak qachondir bizda ham 100% ishlay boshlaydi."Yuqoridagilar" bizni troll deb muomala qilgan bilan biz shu narsaga aylanib qolmaymiz-ku.Trollmi(haqiqatda shunaqa mavjudot bo'lsa) itmi,odammi hammamizni Alloh yaratgan.Yaratganga shukur!
@xushnunbek xalqdan hattoki challeng ga aylangan uzur soʻrashmadimi?
Nega bu qarorlar halq foydasiga chiqarsa president pasdagi mansabdorlar qilmaydimi teskarisini qiladi leki uzini qaysidir vazirlik ka tegishli qarorchiqsa halqdan olinishi va bajarilishi bulgan qarorlarni bittadan bajariladi
Axmedov Baxtiyor
Yig'ishtir bu karam sho'rvangni deydigan biror bir vallomat bormi?
XXI asrning 20 yilida zaryadi 2 soatga ham bormaydigan terminallaringni, ishlamaydigan kartalaringni bir joylaringga tiqib qo'ylaring. Bank xodimlari mum tishlavolib o'tiradi Humo bo'yicha savol bersang. Bechoralar ham bilib turib ijro etadi barini. Qanchadan qancha tanbeh eshitsa-da, ishidan ayirilmaslik uchun jim turishadi.
Muhtaram zotlar har qanday islohotda xalq manfaatini 1-o'rinda qo'ymas ekan, taraqqiyot haqida tushlardagina ko'rib yuraveramiz.
Axmedov Baxtiyor
Humo degan nomga ham dog' tushirdizlar, kelinglar shu nomni ham bulg'amaylik-da, uni boshqa nomga masalan chumo nomiga o'zgartiraylik.
Shunda baxt va omad qushi ham bizdan xafa bo'lmas edi!
Humoda hoz to'lov ha Uzcardga ham mablag' o'tmayaptiku.
Yana birnarsada bu kartaga tegishli emas oma uzur aholiga undon mahsuloti yetkazishni buyicha qaror qabulqilindi yani 125ming qilib unnig narhini birjadan chiqardi lekin un umuman kelmay quydi nimaga chunki buyerda monopoliya hukumronligi kuchlik mi bilmayman qarorlardan nega 2016 yilga qadar undon mahsuloti pieoblema bulmagan tugei yangi mustaqillikda 2000 yilga qadar shunaqa bulgan hozinega bunday yo yangittan mustaqil bulyatikmi kilolab berish boshlangan yani 10kilodan bir oylaga bir oyga tushunib ham bulmaydi
Sizlardaham shunaqami uzr shundoq gapirib uzimizni ovotamiz
Show next 86 comments