HUMO карталари билан боғлиқ вазият бўйича расмий изоҳ берилди

Ижтимоий тармоқларда барча пенсия олувчиларининг HUMO карталарига ўтказилиши тўғрисидаги хабарлар фаол тарқалмоқда. Аммо айтиш жоизки, қай турдаги картани чиқариш ва уни кимга беришга оид қарорлар банк фаолияти доирасида қабул қилинади.

МБПМ карталарни фақатгина банк томонидан берилган буюртмадаги миқдорга асосланиб чиқаради.
Бугунги кунгача, Халқ банки маълумотига кўра, пенсия олувчилар учун жами 1 228 000 (бир миллион икки юз йигирма саккиз минг) карта чиқарилган, улардан фақат 391 000таси, яъни 32%и HUMO карталаридир.

7 ва 8 май кунлари, соат 11:00 дан 13:00 оралиғида POS терминаллари орқали тўловларни амалга оширишда қийинчиликлар кузатилди. Бунга - пул маблағларини пенсия карталарига ўтказиш операцияларининг шиддатли равишда ўсиши, шунингдек банк кассалари ва банкоматлари орқали пул маблағларини нақдлаштириш хизматларига талабнинг юқорилиги сабаб бўлди.

Буларнинг барчаси кескин ва қисқа муддали носозликларга, яъни натижасиз банк операциялари сонининг ўсишига сабаб бўлди. Аммо бу вазият банкоматлар ёки электрон тўлов тизимилари фаолиятига таъсир кўрсатмади.

Айни дамда, процессинг маркази қувватларини кенгайтириш ва дастурий таъминотни яхшилаш бўйича узлуксиз иш олиб борилмоқда.

Карта эгалари учун қўшимча қулайликлар яратиш учун МБПМ Халқ банки билан ҳамкорликда пенсия олувчи мижозларга хизмат кўрсатиш бўйича ишлар янада такомиллаштирилмоқда: банкоматлар ҳудудий қайта ўрнатилмоқда, қўшимча кассалар очилмоқда.

“Карта эгаларига юзага келган вазият учун узрларимизни билдирамиз. HUMO – нисбатан янги тизим, уни такомиллаштириш бўйича ишлар давом эттирилмоқда. Биз бор кучимиз билан мижозларимиз ишончини оқлашга ва бу тизимни имкон қадар қулай ва ишончли қилишга ҳаракат қиляпмиз”, - дея таъкидлади, “Миллий банклараро процессинг маркази” МЧЖ  директори Шуҳратбек Қурбонов.


👉 @xushnudbek 👈

334 comments

Show 100 more comments
Bu kartada clik ham ishlamaydi paynet ham qilib bo'lmaydi. Uzcard bundan yaxshiroq edi
👎👎👎👎👎👎👎👎
Shu kartani joriy qilgan tentaklar doim ishni oyog'ini osmondan qilib bajaradi,
brinchi plastik kartalar joriy qilinganda ham terminallar hali zavoddan chiqmagan edi👎👎👎😡😡
Birorta yangilik joriy qilingandan so'ng bizning xalqimiz o'sha yangilikka o'rganishiga biroz vaqt ketadi. Ishonasizmi hozirgacha clikc xizmatlaridan pul o'tkazishga qiynaladigan fuqorolarimiz uchrab turadi. Bittasini yaxshilab hayotga tadbiq qilmasdan yana yangisini joriy qilishning nmasi yaxshi. Humo kartasi qo'limizda ichida pul bor. Na naqd pul yechib olamiz, na click orqali to'lov qlolamiz, na kredit to'lay olamiz.
Mergan
Rossiyada ishlab yurgan yillarim bundan 4, 5 yillar avval oʻz hohshim bilan plastik karta ochtirganman sababi oʻgʻirlatib qoʻyishdan choʻchiganim naqt pulni,kassada naqt pulni sanab qaytim kutib vaqtni zoe ketkazmaslik eng muhimi plastikdan savdo qilganim uchun chegirmalar mavjud edi.Istalgan bankda va markaziy joylarda bankamadlar naqt pul bir zumda taxlab berardi...BIZDAChI
Diloram Artikova
Нумо пластик карталари хеч качон яхши ишламаган. Мен бирорта операцияни амалга ошира олмадим. Охири бир амаллаб банкда пулларни ечиб, ишлатмай куйган эдим. Аввал тизимни такомиллаштириб, кейин пенсия таьминотида куллаш керак эди. Факат пенсия пулига караб колган пенсионер пулини еча олмай сарсон булади. Хар доимгидек, кош куяман деб, куз чикарилади.
Iroda
Nimaga endi faqat may oyi uchun uzr !!!!! ???? Xuddi oldindan a'lo darajada ishlab xalqni og'irini yengil qilganday. Yanvardan buyon biron marta click sms xabarnoma 50% ham ishlamadi
Monopoliyani yo'qotish maqsadida Humo kartalari chiqarilgan edi. Lekin hozirgi ishlarni kuzatsak Humoni o'zi monopoliyaga aylanyapti. Qachon ketadi bu monopoliya???
Havo xizmati - monopoliya
Temir yo'l xizmati - monopoliya
Xudoga shukur dengiz yoki okeanla xizmati yo'q. Agar bo'lgandayam u ham tochni monopoliya bo'lardi. Bizni o'zbekchiligimiz bor bo'lsin hecham birovni yuzidan o'tolmidi. Tog'ajonim (yoki amakijonim) shuni monopoliya qilish kerak bitta qaror chiqarib bering deyishsa bo'ldi #shessekundda qaror tayyor🤦‍♂️
Biz o'zbekmiz hamma narsaga ko'naveramiz👌
Bizda bu ishlar odati bo‘lib ketkan pulingni olishadi xizmat sifati esa nolga teng
Vazir akalarimiz bor bo‘sin
Ularni davrida manapolislar mazzaqilib yayrayapti.
Manapolislar vazir akalaringniyam quruq qoldirmaysizlar degan umiddaman✔️
.Odilbek .
.Odilbek .
Bugun xam ishlamayapti
.Odilbek .
Talabalarni ham shu yilning yanvar oyidan boshlab 100% HUMO kartalariga majburan o'tkazishdi. Juda ko'pchilik talabalar uylarigilaridan pul o'tkazmalarini qabul qilolmay qiynalishdi. Unga bunga sizning kartangizga tashlab tursin deb yalinib yurganlarni ham ko'rish mkn edi.
24/7 HUMO bankomatlaridagi holat ham umuman qoniqarli emas. Bankomat tizimi juda sodda - bor yo'g'i bir nechta amallarni bajara olasiz. Faqat rus va ingliz tillarida jarayon amalga oshiriladi.
Muammo nafaqat bankomatdan pul yechib olish, kartadan kartaga pul o'tkazmalari bilan, balki CLICK o'rnatishda ham yuzaga kelgan edi. Bitta CLICK o'rnatish uchun ikki kun bankka qatnashga to'g'ri keldi. Bankomatlar orqali buni amalga oshirolmaysiz. Xarid amalga oshirasiz -u lkn chekingizdan boshqa dalil yo'q qo'lingizda. Ba'zan to'lov jarayonida ham terminallarda muammolar yuzaga keladi. Sotuvchilar ham doimiy norozi.
Yaxshi jihatlarini ham sanab o'tish joiz, kartada to'lov amalga oshirish ,rosti, juda qulay - kartangizni berasiz vassalom. (CLICK bn albatta) Karta Uzkardga nisbatan sifatliroq ishlangan - kartadagi yozuvlar o'chib ketmaydi. Karta ancha mustahkam, bukilish-sinishlarga chidamli.
Vali Sanaqulov
Humoni"zagruzka" qilish qiyin bo‘layapti.Oyliklar kechikayaypti.
Faqat Xalq bankinilamas, Agrobankdagi Xumo kartalarini ham to'g'rilshsin, oylik tushdi deguncha ishlamay qoladi
Magazinlar ham savdo qilmay qo'yishdi, aytishlaricha bank pulini 2-3 xaftada tushirib berishayotganmish
. Hammayoq humo blat. Q qayam arzimidi . Shuni chiqarganni padariga lanat. Xaromxorlar
Азиз Фозилов
Murodjon Jaloldinov
Magazinlar ham savdo qilmay qo'yishdi, aytishlaricha bank pulini 2-3 xaftada tushirib berishayotganmish
Juda to'g'ri, bazida bir haftalargacha ham cho'zilib ketadi, aylanma mablag'larimiz qotib qolyapti, majburlikdan yechayapmiz humoni
Show next 35 comments