Жавоби бўялмаган ёки барча катак бўялган саволга нима учун балл берилган?

ДТМ ушбу масалада қуйидагича изоҳ берди:

«Бўялмаган ёки барча муқобил жавоб доирачалари бўялган бўлса-да, балл берилган ҳолатда ҳеч қандай қонун бузилиши аниқланмади. Бунда абитуриент томонидан расмда кўриниб турган саволларга нисбатан эътироз билдирилган ва унга мос доирача бўялмасдан қолдирилган. Эътирозни ўрганиш натижасида абитуриентнинг эътирози асосли топилиб, унга балл берилган. Таъкидлаш керакки, шундан сўнг эътирозли деб топилган шу савол қайси тест топшириқлари китобларида тушган бўлса, барчасига балл берилган. Тегишли доирача бўялмаган ёки ўша саволнинг барча доирачалари бўялган бўлса ҳам», - дейилади ДТМ баёнотида.

Бу нима дегани?

Соддароқ тилда тушунтирадиган бўлсам, ДТМнинг саволлар китобидаги ўша саволда нуқсон бўлган. Мисол учун, савол берилгану, лекин техник хатолик сабаб жавоблар чоп этилмай қолган бўлиши мумкин. Ёки саволнинг ярми бору, ярми йўқ, ёхуд савол бошқа, унга берилган вариантлар умуман бошқа.

Хуллас, саволлар мана шунақа техник хатолик билан чоп этилган бўлса, қайсидир абитуриент шикоят қилган. Назоратчилар текшириб кўриб, ҳақиқатдан савол-жавобда техник хатолик борлиги ҳақида далолатнома тузишган.

Кейинчалик ДТМ ҳам қайта текшириб, ҳақиқатдан техник хатолиги бўлгани учун ўша саволга балл берган. Бу ижтимоий адолат жиҳатдан тўғри қарор, сабаби ДТМ хатоси учун абитуриент жавоб бермаслиги керак.

Ва энг қизиғи худди ўша савол қайси абитуриентларга тушган бўлса, ўшаларнинг барчасига балл берилган. Ҳаммасини бўяган бўлса ҳам, очиқ қолдирган бўлса ҳам, қайсидир битта вариантни белгилаган бўлса ҳам, фарқи йўқ, ўша хато саволга ҳаммага балл берилган.

‼️Ҳурматли абитуриентлар. Жавобни бўш қолдирса ёки ҳамма вариантни белгисала балл берилар экан, деган маслаҳатларга ишониб юрманг. Бунақа эмаслигини интернетда тарқаган расмлардан ҳам кўрса бўлади. 60 та бўш қолдирилган катакдан фақат биттасига, техник нуқсони бор саволгагина балл берилган. Шунинг учун бунақа қинғир усулларга эмас, ўз билимингизга ишонинг.


👉 @xushnudbek 👈

346 comments

Show 100 more comments
Nima savollar bir kunda tuzilganmi yoki DTM da har fandan 1 ta expert ishlaydimi?
MALIKA
Qóshilaman natijani qareng siz
Ha hammada qobilyat boladi nimagadir, faqat togri yo'nalishni tanlab uni yanada rivojlantirish kerak
YO'LCHIMURODOV AZIMJON
unda ayb kimda
Ayb bizlarda dtm xato qilganini topib bilib qoydik. Hechkim bilmasdan indamasdan otirishimiz kerak edi.
YO'LCHIMURODOV AZIMJON
iwqilib hammamiz oʻqishga kirib ketaylikdaa grandga bomasayam mayli budjetga kirib ketaylikdaa🤲🤲🤲🤲
dilbar
Dtm ni shunday qilganiga eng zur shpargalka qilib telifonni botinkani ichiga tiqib telifonni amallab olib testni domlani telifoniga tashlab javob yozib silardan ham olg'irlar bor ana bulmasam deb 180 ballni olib talaba bulish kerak
Ollohdan qorqadigon vijdoni bor abituriyentlaga tegiwlimas bu misol un manga kmdr 10million beraman wpargalka opkr dsayam opkrmasdm cunki bironi ornini egallawdan Ollohdan qorqaman
Oybek ism yozilganiga qanaqa qilib tugri bolishi mumkin. Bu yolgon
MALIKA
Sizga omad tilimiz unda inshaalloh talaba bo‘lish baxtiga erishing
Kattakon rahmat. Inshaolloh aytganiz kelsin.🤲🤲 Ertaga imtixoni ekan bu esa komentariyada yozishib oʻtiribdi, uni oʻrniga oʻqisa boʻmidimi deb hayol qilganlar uchun: tongdan buyon tinimsiz dars qilyapman, bosh ogʻrib ketti shunga raqobatchilarim bilan bir fikr almashay deb kirdim😁😁😁
YO'LCHIMURODOV AZIMJON
iwqilib hammamiz oʻqishga kirib ketaylikdaa grandga bomasayam mayli budjetga kirib ketaylikdaa🤲🤲🤲🤲
Ôqishga kirib ketelik demeng ketelik desez bomas ekandaa shuncun ôqishga kirib ôqib yurish nasib etsin deb duo qiling ekan men ham yaqinda bildim
Oddiy inson
Xa dtm dagilar xam xammasini ochiqchasiga qiladigan bolib qolishdi
Agar man prezident bo'lganimda, DTM da ishlaydiganlarni, DTM binosi bilan birga yoqib yuborardim( Allohning o'zi kechirsin).
DTM uchun abituriyent kim? Shunchaki, hech kim. Ular o'zlari xohlaganday ishlashadi, har qanday e'tirozga yechim emas, balki bahona topib berishadi. Har yili shu ahvol.
Xohlasa, hujjat topshirish tugashiga 1 hafta qolganda fanlar ketma - ketligini o'zgartiradi, keyin bechora abituriyent ikkinchi fani birinchi fanga o'zgarganini ko'rib, hujjatini olib boshqa joyga topshiradi. Xohlasa, 5 ta fandan imtihon bo'lishini aytadi, xohlasa hamma 5 ta fanga tayyorlanib bo'lganidan keyin, 2 ta fanga o'zgartiradi, xohlasa IELTS indicatorning sertifikati hech qayerga o'tmaydi deb jar soladi, xohlasa, hamma narsa tugagandan keyin IELTS indicatorning sertifikati o'tadi deydi. O'tgan yili ham belgilanmagan javobni to'g'ri deb hisoblashgan edi va har qanday e'tirozlarga "asosli" sabablar keltirgan edi.
Shuning uchun hurmatli abituriyentlar, faqat o'zingizning kuchingizga ishoning, DTM dan hech qachon marhamat yoki adolat kutmang! Xudo xohlasa, talaba bo'lib, yaxshi rahbarlar bo'linglar!
Sizday nohaqliklarni ko'rganlar, qiynalganlar, alamzadalargina kelajakda yaxshi kadr bo'loladi va mana shunday DTMga o'xshagan davlat tashkilotlariga DARS bera oladi.
Hammaga omad!
Mohinur Zafarjonovna
Agar man prezident bo'lganimda, DTM da ishlaydiganlarni, DTM binosi bilan birga yoqib yuborardim( Allohning o'zi kechirsin). DTM uchun abituriyent kim? Shunchaki, hech kim. Ular o'zlari xohlaganday ishlashadi, har qanday e'tirozga yechim emas, balki bahona topib berishadi. Har yili shu ahvol. Xohlasa, hujjat topshirish tugashiga 1 hafta qolganda fanlar ketma - ketligini o'zgartiradi, keyin bechora abituriyent ikkinchi fani birinchi fanga o'zgarganini ko'rib, hujjatini olib boshqa joyga topshiradi. Xohlasa, 5 ta fandan imtihon bo'lishini aytadi, xohlasa hamma 5 ta fanga tayyorlanib bo'lganidan keyin, 2 ta fanga o'zgartiradi, xohlasa IELTS indicatorning sertifikati hech qayerga o'tmaydi deb jar soladi, xohlasa, hamma narsa tugagandan keyin IELTS indicatorning sertifikati o'tadi deydi. O'tgan yili ham belgilanmagan javobni to'g'ri deb hisoblashgan edi va har qanday e'tirozlarga "asosli" sabablar keltirgan edi. Shuning uchun hurmatli abituriyentlar, faqat o'zingizning kuchingizga ishoning, DTM dan hech qachon marhamat yoki adolat kutmang! Xudo xohlasa, talaba bo'lib, yaxshi rahbarlar bo'linglar! Sizday nohaqliklarni ko'rganlar, qiynalganlar, alamzadalargina kelajakda yaxshi kadr bo'loladi va mana shunday DTMga o'xshagan davlat tashkilotlariga DARS bera oladi. Hammaga omad!
Siz prezident boʻlguningizcha kim haqu kim nohaqligini bilib olasiz. Hozirgi gapiz oddiy abituriyentni fikri.
Show next 100 comments