Haiyt kuni ukamni moshinasini olib bir ishimni bitirib kelish uchun yo'lga chiqdim. Yarim yo'lda moshina yurmay qoldi. O't olmayapti. Akumlyatori o'tidimi desam magnitafoni ishlayapti. Benzin kam qolganligini ko'rsatuvchi belgi ishlamay qoldi shekili deb o'yladim. Benzin shaxobchasigacha esa 100 metrcha yetmay qolgan edim. Moshina yo'lning chetida tox'tab turibdi. Endi nima qilish haqida ba'zi fikrlarni tahli qilayotgandim:

1-si: Benzin shaxobchaga borib, idishda benzil olib kelish;
2-si: Tanishimga aytib benzil olib kelish;
3-si: Moshinani ozgina itarib shaxobchaga yetib olish;

Negadir menga 3-variant to'g'riqordek tuyuldi, chunki masofa oz edi. Ammo bir o'zim qanday olib boraman, hayronman, u-bu kimni esa yordam so'rab ovora qilgim kemasdi. Alloh o'zinga tavakkul o'zim asta itarib yetib olaman deyishim bilan, oldimda Lacetti moshinasi to'xtab, ichidan 2 ta bola tushib oldimga kelib, "aka, nima bo'ldi, yordam kerakmi?, moshinda sim bor, akumlyator o'tirob qolgan bo'lsa" deb qolishdi.
Men bundan hayron qoldim, chunki Moshinani avarinlkasini yoqmagan, edim, kapotni ham ochmagan edim, xatto moshinadan tushmagan ham edim. Bunday holatda haydovchiga yordam kerakligini agar Alloh ko'ngliga solmasa, tashqaridan turib bilib bo'lmasdii,

Ulardan so'radim:

- Menga yordam kerakligini qayerdan bildinglar?

- Bilmadik aka, negadir to'xtab, sizdan so'ragimiz keldi.

Taxminim to'g'ri chiqdi. Xursand bo'lib, qalbimda Allohga hamd aytdim.

Ularga vaziyatni tushuntirdim. Ular esa,"bo'ldi aka, moshinaga o'tirib oling, biz itarib oboramiz" deyishdi. Men esa hijolat bo'laman, unday qilmanglar desam, "aka qiziqmisiz, siz ham biz kabi ish qilgan bo'lardingiz, hijolat bo'lmang, Alloh bizni shu ajr bilan bugun siylabdi" dedilar. Bu gapdan juda xursand bo'ldim.
Zapravkaga yetib oldik, ularga tashakkurimni aytib kuzatib qo'ydim. Uyga qaytgach, tahajjudda haqlariga duo qilib qo'ydim.

Shu kun hayolimda "Alloh sizlarni gumoningizdadir" degan naqlni ko'p his qildim. Bu ham bir saboq bo'ldi.

2 comments

Toʻgʻri yoʻlda boʻlsangiz, olloh ham sizga toʻgʻri insonlarni yaqinlashtiradi,ushrashtiradi deyishgani bejiz emas.
Мандаям шунга охшаш вокеа боганиди факат битти фарки мошина ортада тохтаб коган