Muvaffaqiyatning "sehrli" formulasi bormi? Yoki 20 yil oldingi 1500 so'mning qadri
Bundan 20 yil oldin, 2006-yilda hayotimni butunlay oβzgartirib yuborgan birinchi qadamni tashlaganman. O'shanda men yapon tilini o'rganishni boshladim.
Siz o'rgangan birinchi yaponcha so'z nima edi? Meniki esa β "Nippon" (Yaponiya). "Iye, dunyo bu mamlakatni Japan deb bilsa, nega ular o'zlarini Nippon deyishar ekan?" deb hayron qolganman. Mana shu kichik qiziqish katta yo'lning boshlanishi edi.
O'shanda o'z oldimga qat'iy maqsad qo'ydim: yapon tilini rekord darajadagi tezlikda o'rganaman!
Akamning maslahati bilan repititorga bordim. Opam esa go'zallik salonida ishlab topgan pullarini mening o'qishimga tikdi. Haftada uch kun dars. Bir soati β 1,500 so'm. O'sha paytlar bu o'rta daraja oila uchun juda katta pul, katta investitsiya edi.
Men bu investitsiyani isrof qilishga haqqim yo'qligini tushunib yetdim. Boshqa talabalar "Minna no Nihongo" kitobining 1 ta darsini (unit) kamida 3 ta mashg'ulotda tugatishardi. Men esa o'qituvchimdan: "Yo'q, menga 1 ta darsda 1 ta unitni o'ting!" deb iltimos qildim. Ustozim: "Jurabek, shoshilma, qiyin bo'ladi," desalar ham, boshqa iloj yo'qligini tushuntirdim.
Lekin haftasiga 3 ta darsni o'zlashtirish oson emas. Kollej kutubxonasidagi CD-disklarni uyga berishmasdi, faqat 1 soat eshitishga ruxsat bor edi. Nima qildim? Akamning internet-kafesi bor tanishi yordamida u disklarni nusxalab oldik va har kuni uyda kechasi bilan eshitib chiqdim.
Ota-onam esa: "Sen faqat o'qi, uy ishlariga yordamlashishing shart emas," deb meni barcha uy yumushlaridan ozod qilishdi.
Natija nima bo'ldi? 3 oy ichida men kitobdagi 50 ta darsni to'liq tugatdim. O'sha 3 oyni umrimning oxirigacha unutmayman. Til o'rganish shunchalik zavqli ediki, hayajondan kechalari uyqum kelmasdi. Ustozimga har safar: "Qachon gaplashaman? Qachon Yaponiyaga boraman?" deb savollar yog'dirardim. Ustozim esa mening vulqondek yonayotgan ishtiyoqimni bazo'r jilovlab turardilar.
O'sha yili yozda bo'lgan JLPT testida men N3 darajasini qo'lga kiritdim.
Bugun yapon tilini yoki boshqa sohani o'rganayotgan yoshlarga aytadiganim:
Ha, bu qiyin. Juda qiyin. Lekin ayting-chi, dunyoda osongina erishiladigan muvaffaqiyat bormi? Kimdir sizga "oson yo'li bor" desa, ishonavering β u firibgar.
Sizda vaqt yoβq:
β bahona qilishga
β boshqani ayblashga
β oβzingizni aldashga
Agar xohlasangiz:
Oβrganasiz.
Agar xohlamasangiz:
100 ta sabab topasiz.
Tanlov oddiy.
Yoki bajarasiz.
Yoki gapirasiz.
Siz o'rgangan birinchi yaponcha so'z nima edi?
πTelegramπ· Instagram π΅Facebook
Ishimura sensei orgatgandila