O'tgan shanba kuni Respublika Notiqlik San'ati musobaqasiga hakam sifatida qatnashdim va o'zbekistonliklarning yapon tilini qay darajada yaxshi bilishiga yana bir bor amin bo'ldim.
Bugun sizlarga Yapon tili Notiqlik san'atida g'olib bo'lishning qisqagina siri haqida aytib bermoqchiman.
Yapon tilida nutqni chiroyli, odamni yuragiga yetib boradigan qilib aytib berish juda muhim. Oxirgi vaqtlar AI rivojlangani uchun Textni chiroyli qilib yozish, uni native kabi yodlab aytish nisbatan osonlashgan degan qarash kuchaymoqda.
Aynan shu safar ham shunday qarash hakamlar ichida kuchli bo'ldi. Lekin savol javob qismida kim nima haqida gapirayotgani, va o'z nutqini qanchalik tushunishi yaqqol bilinadigan bo'lim bo'ldi.
Savolni tushunish bu bitta masala. Ikkinchisi shu savolga qanchalik chuqur, qanchalik mantiqiy va konstruktiv javob berish bu ikkinchi masala. Bu yerda nutqni qanday darajada yodlaganingiz ahamiyatini yo'qotadi.
Yana bir muhim jihat bu mavzu tanlash. Siz qanchalik chiroyli gapirmang, qanchalik savollarga yaxshi javob bermang, lekin mavzu Yapon tili, O'z hayotingiz, jamiyat muammolari haqida bo'lmasa siz yaxshi baho olishingiz qiyin. Chunki Nutq qachonki siz o'z tajribalaringiz, o'z hayotingizdan kelib chiqib gapirsangiz va bu qandaydir ma'noda Yaponiya va Yapon tiliga aloqali bo'lsa kuchli nutq hisoblanadi.
G'olib bo'lgan barcha uka-singillarimizni tabliklaymiz. Umuman olganda Respublika bosqichiga chiqishni o'zi ham hazil gap emas. Hammaga omad!
🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
ta’kidlab o’tganlaringizni hammasi to’g’ri.
Shu safargi O’zbekiston benron taikaida yutqazgan bo’lsam ham xafa emasman.
Chunki bu musobaqa menga juda katta dars va keiken bo’ldi deb o’ylayman.
musobaqada hakam bo’lib, yordam berganingiz uchun katta rahmat sensei